Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə44/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Tuzuvchilar:
Dosent N.B.Dilmurodov
Katta o’qituvchi G’.X.Eshmatov
Assistent G.Sh. Raxmanova


Mavzu: Teri, terini hosila organlari va nafas olish organlarini preparovka qilish.
Darsning mazmuni: Talaba dars davomidateri va teri hosila organlarini rasmdan, quruq va ho’l preparatdan o’rganish.
Terini tuzilishi, qavatlari,jun, junni qismlari, junni xillari,yelin, yelin so’rg’ichlari, yelinni joylashishi, tuyoq, tuyoq qismlari,tuyoq kapsulasi,tuyoq terisini asosi,ot va qoramol tuyog’ini tafovuti, yumshoq tovon, bilakuzuk, kaft va barmoq yumshoqlari, shox va uni qismlario’rganiladi. Yuqoridagilarni barchasi o’rganilgandan so’ng tirik hayvonda terining elastikligi, rangi, qalinligi, sezuvchanligi, harorati, junlarni holati kuzatiladi.
Darsni ikkinchi qismida nafas olish organlarini dastlab quruq va ho’l preparatda o’rganib, so’ngra barcha organla tirik hayvonda qiyoslanadi. Burun teshigi, burun lab oynasi, burun bo’shlig’ini shilliq pardasi, hiqildoq va kekirdakni topografiyasi nafas olish va chiqarishda uning harakati kuzatiladi.
Teri qoplami – integumentum commune, ya'ni teri hayvonlar tanasini tashqi tomondan o’rab turadigan, murakkab tuzilgan pardadir. Organizmning tashqi muhit bilan bog’lanishida ham teri muhim rol o’ynaydi, chunki hayvon organizmi tashqi muhit ta’sirlarini sezadi va unga tegishli javob beradi. Teri qoplami organizmni har qanday mikrob, bakteriya va boshqa yot narsalardan saqlash uchun ham katta to’siq hisoblanadi. Teri qoplamining o’zgarishidan bir qancha muhim hosilalar kelib chiqadi. Ular organizmda xilma – xil funktsiya bajaradi. Shox moddaga aylangan tuyoq, shox, tirnoq, pix, jun, tish, sut bezlari, yumshoq tovon, ter, yog’’, moy bezlari ana shunday organlarga kiradi.
Umurtqali hayvonlar terisi murakkab tuzilgan bo’lib, u 3 qatlamdan iborat: 1) ustki qatlam – epidermis; 2) asosiy qatlam; 3) teri osti qatlami.
Epidermis – epidermis - terining eng muhim va murakkab qatlami bo’lib, tana hamda asosiy terini tashqi muhitdan himoya qiladi, shu bilan birga bu qatlamdan har xil tuzilgan muguzlashgan organlar ham kelib chiqadi. Epidermis qatlami tez rivojlanishi bilan bir qatorda o’zidan shox modda hosil qiluvchi keratin ishlab chiqaradi. Epidermis qatlami doimo nobud bo’lib, yana yangilanib turadi.
Asosiy, ya'ni chin teri – derma, (s, cutis, cornea). Bunday atalishiga sabab shuki, unda har xil nerv va qon tomirlari, limfa tomirlari juda ko’p bo’ladi. Asosiy qatlamning tayanchi biriktiruvchi to’qimalar. Biriktiruvchi to’qimaning tolalari har tomonlama joylashib, bir – biriga zich o’ralgan bo’ladi. Asosiy terida bir qancha ter bezlari, jun xaltachasi, jun ildizi, yog’ bezlari bo’ladi.
Teri osti qatlami – subcutis - asosiy terining ostida joylashgan bo’lib, siyrak biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Terining harakati, cho’ziluvchanligi shu qatlamning tuzilishiga bog’liq. Bo’yin terisi serharakat, suyakka yaqin joydagi teri kam harakat, chunki bu erda teri osti qatlami juda yupqa bo’ladi. Shuning uchun bunday joylarda shilimshiq xaltachalar bo’lib, ular ishqalanishni kamaytiradi. Ko’pchilik sut emizuvchi hayvonlar terisining ostida yog’ bezlari bo’lib, ular – glandula adipose deyiladi. Bu bezlar yog’ tuplash uchun xizmat qilib, cho’chqalarda va suvda yashovchi sut emizuvchilarda yaxshi rivojlangan. To’plangan yog’ hayvonlar uchun zahira oziq hisoblanadi.









Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə