Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə45/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Teri qoplami

A-tuzulish sxemasi,1- sonderimis, II-terining asos, III-teri osti qavati, IV-sezuvchi jun, V,V-qoplovchi jun uning folikulasi, 1-jun poyachasi,2- jun ildizi,3-jun ildizi, 4-jun so’rg’ichi, 5-jun g’ilofchasi, 6-ildiz xaltachasi 7-yog’ bezi 8-ter bezi 9-junni ko’taruvchi muskul 10-jun xaltachasi bo’shlig’i 11- yangi jun 12-almashuvchi jun 13- nerv 14- terining sezuvchi nervi 15-arteriya 16-vena 17-kapilyarlar 18-limfa tomirlari 19-teri usti yog’i; B-boshdagi sezuvchi jun I-cho’chqa II-qo’y III-sigir IV-otlardagi sezuvchi jun

Teri hosilalariga quyidagilar kiradi:
Jun – pilus - qattiq shoxsimon organ bo’lib, epidermisning o’zgarishidan kelib chiqqan, cho’ziluvchi va egiluvchan tolalardan tashkil topgan bo’ladi. Jun tolalari tananing ko’pchilik qismini qoplaydi. U ba'zi joylarda juda zich, ba'zi joylarda esa siyrak bo’ladi. Jun terida joylashishiga qarab bir necha xilga bo’linadi: a) qoplovchi jun - mahsulot tayyorlash uchun foydalanilmaydi, faqat hayvonlar tanasini qoplab turadi. Otlar, qoramol va cho’chqalar juni ana shunday jundir; b) dag’al jun - tuzilishi jihatdan anchagina yo’g’on bo’ladi va tananing ayrim joylarida uchraydi. Bularga boshdagi kokil, yol, dum, oyoqdagi uzun junlar kiradi; v) mahsulot beruvchi jun - anchagina ingichka bo’ladi, bularga qo’y, echki va tuyalar juni kiradi; g) ta’sirni sezuvchi jun - juda siyrak bo’lib, og’iz, burun va ko’z atrofida joylashadi. Bunday jun ildizida juda ko’p nerv uchlari bo’lib, ular kuchsiz ta’sirni sezadi. Junning anatomik tuzilishi quyidagicha: teridan tashqariga chiqib turgan qismi – jun o’qi poyasi– scapus pili, teri ichidagi qismi jun ildizi – radix pili va piyozchasi – bulbus pili bo’ladi.


Mavzu: Siydik ayrish organlar tizimini anatomik tarkibi. Buyrak, siydik yo’li, qovuq, siydik chiqarish kanalini tuzilishi

Darsning maqsadi: siydik ayirish tizimi organlari: buyrak, siydik yo’li, siydik qovug'i, siydik chiqarish kanali va siydik jinsiy kanalini tuzilishi va topografiyasini o’rganish.


Ko’rgazmali qurollar: har xil hayvonlarning buyrak, siydik yo’li, siydik qovug'i va siydik chiqarish kanalini quruq va ho’l preparatlari, sxema va tirik hayvon.
Darsning mazmuni: siydik ayirish organlari yordamida organizmda to’plangan ba'zi zararli va zaharli moddalarni tanadan chiqarilib yuboriladi.
Buyrak – ren (nephros) - juft organ bo’lib, uy hayvonlarida asosan loviya shaklida bo’ladi. Uy hayvonlarning buyragini tashqi tuzilishi bir – biridan tubdan farq qiladi, ularni 4 tipga bo’lib o’rganiladi.
Ko’p bo’lakchali buyrak – bunday buyrakni shakli uzum mevasiga o’xshash bo’lib, bir qancha buyraklar siydik ajratgich umumiy siydik yo’liga kelib quyiladi. Bunday buyraklar ayiq va kitsimon sut emizuvchilarda uchraydi.
Usti notekis ko’p so’rg’ichli buyrak - bunday buyrakni shakli tut mevasiga o’xshash bo’lib, tashqi tomoni tekis bo’lmasdan ko’ndalang kesimida, so’rg’ichlar soni ko’p bo’lib, bunday buyraklar qoramollarda uchraydi.
Usti tekis ko’p so’rg’ichli buyrak-shakli loviyasimon bo’lib, cho’chqada uchraydi, usti tekis bo’ladi, ko’ndalang so’rg’ichlar soni ko’p bo’ladi, siydik buyrak kosasidan buyrak jomiga quyiladi.
Usti tekis bir so’rg’ichli buyrak - shakli loviya shaklda, cho’ziqroq bo’lib, bularni siydik ajratuvchi va siydik chiqaruvchi zonalari qo’shilib ketgan, umumiy buyrak so’rg’ichi – papilla communis bo’ladi. Bu tipdagi buyrak qo’y, echki, ot va itlarda bo’ladi.



Buyrak tiplari.
A-delfinning ko’p bo’lakchali buyragi B-sigirning notekis ko’p so’rg’ichli buyragi D-cho’chqaning tekis ko’p so’rg’ichli buyragi J-itning tekis bir so’rg’ichli buyragi 1-buyrakchalar 11-buyrak bo’lakchalari 2-siydik ayiruv qismi 3-chegaralovchi qism 4-siydikni olib ketuvchi qism 5-buyrak so’rg’ichlari 6-kosacha 8-siydik yo’li 9-buyrak egati 10-siydik yo’li nayi 11-buyrak jomi 15-yoysimon tomirlar 16-buyrak kapsulasi 17-buyrak chuquqrchasi 18-buyrak arteriyzsi 19-buyrak venasi
Usti tekis bir so’rg’ichli buyrak - shakli loviya shaklda, cho’ziqroq bo’lib, bularni siydik ajratuvchi va siydik chiqaruvchi zonalari qo’shilib ketgan, umumiy buyrak so’rg’ichi – papilla communis bo’ladi. Bu tipdagi buyrak qo’y, echki, ot va itlarda bo’ladi.
-Buyrak – ren ( nephros) tashqi tomondan zardob parda – capsula fibrosa bilan o’ralgan. Buyrakni medial chetida chuqur - darvoza – helus renalis joylashib, bu buyrak sinusi - sinus renalis ni hosil qiladi, bunga buyrak jomi - pelvis renalis kelib quyiladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə