Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə48/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Topshiriq va savollar:
Erkaklik jinsiy organlarini anatomik tarkibi.
Yorg’oqni tuzilishi.
Urug'don xaltasini tuzilishi va topografiyasi.
Urug'donni tuzilishi
Urug'don ortig'ini tuzilishi.
Urug'don tizmachasini tuzilishi


Mavzu: Qishloq xo’jalik va uy hayvonlarining urg’ochilik jinsiy organlarni tuzilishi

Darsning maqsadi: Har xil hayvonlarni (sigir, qo’y, echki, cho’chqa, it va baytal) urg’ochilik jinsiy organlarini( tuxumdon, tuxum yo’lini) anatomik tuzilishini o’rganish. Har xil hayvonlarni (sigir, qo’y, echki, cho’chqa, it va baytal) urg’ochilik jinsiy organlarini(bachadon, qin, siydik jinsiy dahlizini ) anatomik tuzilishini o’rganish.


Ko’rgazmali qurollar: rasm, sxema, biya, sigir, qo’y, echki, cho’chqa va itlarni urg’ochilik jinsiy organlarini ho’l preparati.
Darsning mazmuni: It va mushuklarning urg‘ochilik reproduktiv tizimi quyidagilardan tashkil topgan:- tuxumdon;- bachadon nayi, tuxum yo‘li;- bachadon – bachadon shoxi va tanasi;- bachadon bo‘yinchasi;- qin;- dahliz;
- jinsiy lablar.Ularning bachadoni ikki shoxli tuzilishga ega bo‘lib, bir homiladorlik davrida bir nechta homila saqlaydi. SHu bilan bog‘liq ravishda bachadonining tuzilishi ham boshqa hayvonlarnikidan farq qiladi.
Tuxumdon – ovarium - juft organ bo’lib, asosiy tuxum hujayrasi etishtiruvchi, o’qtiruvchi organ. Tashqi tuzilishi bo’yicha uy hayvonlarida ko’pincha ellips shaklida bo’ladi. Cho’chqalarda oqish notekis, qolgan hayvonlarda tekis bo’ladi. Tuxumdon qorin bo’shlig’ida buyrakdan keyin oraliq buyrak joyida joylashgan. Ustki tomondan tuxumdon epiteliy to’qimaqi bilan qoplangan. Ko’ndalang kesimida ikki zonaga bo'linadi: follikulyar zona – zona follicularis - tuxumdon pardasiga yaqin joylashadi va qoldiq epiteliy to’qimalaridan iborat bo’lib, ko’p follikulalardan, yangi o’sayotgan tuxum hujayralaridan iborat. Etilgan tuxum hujayralari (Graaf pufakchasi) tuxumdondan ko’rinib turadi va do’ngsimon bo’ladi; qon tomirlar zonasi - zona vascullosa - tuxumdon darvozasidan boshlanadi, bundan arteriya, vena va nerv tomirlari kiradi. Shu erda tuxumdon bel oblastiga osilib turadi.
Tuxumdonning ikki cheti, naysimon bachadon tomonga qaragan yuzasi, erkin pardaga tutashgan cheti, yon va o’rta yuzasi bo’ladi. tuxumdonning naysimon qismiga tuxum yo’lining voronkasi, bachadonga qaragan qismiga esa tuxumdon payi - lig. ovarii proprium birlashadi. Tuxumdonda ishlangan tuxum hujayralar aniq yo’l bilan emas, balki graaf pufakchalari yorilishi natijasida tuxum yo’liga tushadi.
Yetilgan follikula pufakchalari yorilishi natijasida tuxum follikulyar suyuqlik tuxum yo’liga tushadi, bu prosess ovulyasiya – ovulatio deyiladi. Yorilgan graaf pufakchasi o’rnida follikulyar epiteliy hisobidan sariq tana - corpus luteum rivojlanadi. U ichki sekresiya bezidir. U hayvon bo’g’oz vaqtida yaxshi rivojlanadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar tuxumdoni oval shaklda bo’lib, belning yonbosh suyagiga yaqinroq joyida osilib turadi. Sigirlar tuxumdoni 14 – 19 g, qorako’l qo’ylarniki 1,7 g, echkilarniki 2,5 g gacha bo’ladi. cho’chqalar tuxumdoni V – VI bel umurtqasi ro’parasida joylashadi. Uning yuzasi tut mevasi singari g’adir –budur bo’ladi, chunki ular ko’p bola tug’adi. Bir tuyoqlilarning tuxumdoni yosh vaqtida ellips shaklda bo’lib, katta yoshida loviya shakliga kiradi. Uning erkin yuzasida ovulyasiya chuqurchasi bo’ladi. tuxumdon seroz parda bilan o’ralgan. Uning uzunligi 5 – 8 sm, vazni 80 g keladi. Itlar tuxumdoni III – IV bel umurtqasi ro’parasida joylashadi.
Tuxumdonning vazifasi quyidagilardan iborat:
- urug‘ hujayrasi bilan otalanishga tayyor tuxum hujayrasini ishlab chiqish;
- estrogen va progesteron gormonlarini ishalb chiquvchi endokrin bez vazifasini bajarish;
Bir juft tuxumdon bo‘lib, ular qorin bo‘shlig‘ining yuqorigi tomonida joylashadi. Tuxumdon buyraklarga yaqin, paylarga osilgan holatda joylashadi. Bu joyda juda ko‘p silliq muskullar bo‘lib, homiladorlik davrida homilaning og‘irligini ko‘tarish uchun cho‘zilish imkonini beradi.
Tuxumdon qorin pardasining ichki tomonida osilgan bo‘lib, mezoovarium deb yuritiladi. Qorin pardasi bachadon nayi shokilasini ham qoplab oladi. Mezoovarium cho‘ntak shaklida bo‘lib, tuxumdon bursasi sifatida ma’lum bo‘lib, tuxumdonni to‘liq qoplab oladi. Uning ichida uncha katta bo‘lmagan teshik bo‘lib, tuxum hujayrasini tuxumdondan chiqishini ta’minlaydi, bu qorin bo‘shlig‘iga infeksiya kiradigan potensial joy hisoblanadi.
Tuxumdon to‘qimasi biriktiruvchi to‘qimasi, silliq muskul to‘qimalari va qon tomirlar kapillyarlari bo‘lib, unda ko‘p miqdorda murtak hujayralar va rivojlanayotgan follikulalar mavjud. Etilmagan hayvonlarda har bir tuxumdon silliq ovalsimon shaklda bo‘lib, jinsiy voyaga etgan davrda esa tuxumdon sharsimon kiradi, follikulalar kengayib, yuzaga chiqadi.
Bachadon nayi tuxum yo‘li sifatida ma’lum bo‘lib, uning vazifasi quyidagilardan iborat:
- Graaf pufakchasini yorilishi natijasida chiqqan tuxum hujayralarini yig‘ishtiradi;
- tuxum hujayralarini tuxumdondan bachadon shoxlariga o‘tkazadi;
- tuxum hujayrasi va spermatozoidlarni yashashi uchun qulay sharoitni yaratadi.
Har bir tuxum yo‘li tuxumdonga birlashib turuvchi egri-bugri tor naycha ko‘rinishida bo‘ladi. Uning ochiq uchi voronkasimon shaklda bo‘lib, voronka deb yuritiladi. U barmoqsimon tarmoqlangan bo‘lib, tuxumdonning butun yuzasiga tarqaladi va ajralib chiqqan tuxum hujayralarni tutib olish va ularni tuxum yo‘lining ichiga yo‘naltiradi. Tuxum yo‘lining ichki yuzasi silindrsimon tebranuvchi epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, ushbu kiprikchalar tuxum hujayrasini tuxum yo‘lidan bachadon shoxi tomonga haydaydi
Tuxum yo’li - tuba uterine s. oviductus egri naycha bo’lib, tuxumdon bilan bachadon shoxi o’rtasida joylashadi. U tuxumdonda yetilgan tuxum hujayralarni bachadonga o’tkazish uchun xizmat qiladi. Tuxum yo’lining oldingi, tuxumdonga yopishgan qismi voronkali o’xshash kengaygan joy - infundubulum tubae uterinae hosil qiladi. Uning kertikli joyi tuxum yo’lining shokilasi - fimbria tubae deyiladi. Shokilaning bir oz qismi tuxumdonga qo’shilib, tuxumdon shokilasi - fimbria ovarica ni hosil qiladi, unga yetilgan tuxum tushib turadi. Tuxum yo’lining devori uch qavatdan: ichki – shilimshiq, o’rta muskul va tashqi – seroz qavatlardan tuzilgan: ichki qavat tebranuvchi epiteliy hujayralari bilan qoplangan bo’lib, ular sekin harakatlanishi natijasida, tuxum hujayrani tuxumdondan bachadon tomon haydaydi. Seroz parda tuxumdon pardasining davomi bo’lib, tuxumdon burmasi (tuxumdon pardasi) - mesosalpinx deyiladi. Bu parda bachadonning keng payi - lig. latum uteri dan kelib chiqadi. Tuxum yo’lining orqa qismi bachadon teshigi - ostium uterinum tubae ni hosil qilib tugaydi. Tuxum yo’lining uzunligi sigirlarda 21 – 28 sm, kavsh qaytaruvchi mayda hayvonlarda 14 – 26 sm, biyalarda 10 – 30 sm, cho’chqalarda 15 – 30 sm, itlarda 4 – 10 sm gacha bo’ladi.
Bachadon bo‘yinchasi qisqa, qalin devorli sfinkteri mavjud bo‘lib, u bachadon tanasini qish bilan bog‘laydi. Qisqa bo‘yincha zich yopilgan holatda bo‘lib, u faqat sperma yoki emrionni o‘tishi uchun ochiladi. Homiladorlik davrida bu yo‘l mukoid modda bilan qoplangan bo‘lib, infeksiya tushishidan himoyalaydi. Homilador bo‘lmagan hayvonlarda bachadon bo‘yinchasi kichik tos bo‘shlig‘ida joylashadi, ammo homiladorlik davrida u oldingi pastki tomonga tosning yuqorigi chetiga tortiladi.
Bachadon – uteris s. metra - uy hayvonlarida homila o’sadigan joy bo’lib sanaladi. Bachadon devori 3 qavatdan iborat: a) shilimshiq qavati – endometrium - bezlari bo’lib, boshlanish vaqtida homilaga oziq moddalarni etishtirib beradi; b) muskul qavati – miometrium - rivojlangan bo’lib, bug'ozlikni oxirida bolani tashqariga chiqazishga yordam beradi; v) zardob parda – paerimitrium - tashqi tomondan o’rab turadi va bachadon erkin harakat qilishiga sharoit yaratib beradi.
Sut emizuvchi hayvonlarda bachadon 4 tipga bo’linadi: a) qo’shaloq bachadon – uteris dublex - har biri qinga o’z teshigi yordamida ochiladi. Bunday bachadon fillarda uchraydi; b) ikkiga bulingan bachadon – uteris bipartitus - ularning bo’yni qo’shilgan bo’ladi va bir teshik bilan qinga ochiladi. Bunday bachadon kemiruvchilarda uchraydi; v) ikki shoxli bachadon – uteris bicornus - tanasi, bo’yni va shoxi aniq ko’rinib turadi. Shoxiga - cornea uteris, bo’yniga - collum uteris va tanasiga - corpus uteris deyiladi. Bunday bachadonlar uy va qishloq xo’jalik hayvonlarida uchraydi; g) oddiy bachadon – uteris simplex - uning tanasi, bo’yni bo’lib, faqat tuxum yo’li juftdir.
Qin – vagina - tos bo’shlig’ining oxirida to’g’ri ichakni pastki qismida joylashadi. homilani chiqaradi va eyakulyatsiyaga sharoit yaratib beradi.
Siydik jinsiy dahlizi – vestibulum vaginae s. urogenitalae – u orqali homila va siydik tashqariga chiqib ketadi. Sindan dahliz iffat pardasi – hymen - orqali ajralib turadi. Bu erda dahlizning katta va kichik bezlari va uyat lablari bo’ladi.
Klitor – clitor – kelib chiqishiga ko’ra erkaklik jinsiy a'zosini (olotni) kovak tanalari hisoblanadi. U jinsiy aloqada sezuvchanlikni oshiradi.



Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə