Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


Darsning texnologik xaritasi



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə121/152
tarix11.05.2022
ölçüsü5,73 Mb.
#86663
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   152
10-sinf-biologiya-konspekti

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni:

Evolutsiya juda ham uzoq muddatli tarixiy jarayon bo‘lganligi sababli, bu jarayonni qisqa vaqt davomida kuzatishning imkoni yo‘q. Ayniqsa, yirik sistematik birliklarning hosil bo‘lishi uchun million yillar kerak bo‘ladi. Tur doirasida kechadigan evolutsion jarayonlar mikroevolutsiya deyiladi. Turdan yuqori bo‘lgan sistematik guruhlarning paydo bo‘lish jarayoni makroevolutsiya deyiladi. Mikroevolutsiya qisqa muddatda yuz berishi mumkinligi sababli bu jarayonni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘rganish mumkin. Makroevolutsiya, ya’ni turdan yuqori bo‘lgan sistematik birliklar: avlod, oila, turkum, sinf, tiplardagi evolutsion jarayonlar million yillar davomida amalga oshgani sababli uni bevosita kuzatib bo‘lmaydi. Shu bois makroevolutsiya bilvosita dalillar, ya’ni qadimgi davrlarda yashab o‘lib ketgan mavjudotlarning hozirgi paytda yashab turganlari bilan, shuningdek, keyingilarining tashqi, ichki tuzilishi, rivojlanishi, ularning hayotiy jarayonlarini o‘zaro taqqoslash orqali aniqlanadi. Makroevolutsiya mikroevolutsiyaning uzviy davomi hisoblanadi. Chunki mikroevolutsiyadagi mutatsion va kombinativ o‘zgaruvchanlik, populatsiyaning genetik va ekologik jihatdan xilma-xil bo‘lishi, evolutsiyani harakatlantiruvchi omillari makroevolutsiyaga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.Makroevolutsiyani isbotlashda bir qancha fan dalillaridan foydalaniladi.

Molekular biologiya. Hujayra tuzilishida, unda kechadigan jarayonlarni energiya bilan ta’minlashda oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, uglevodlar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular orasida oqsillar va nuklein kislotalar hujayra hayotida muhim o‘rin tutadigan makromolekulalardir.

Kelibchiqishiyaqinvauzoqbo‘lganturlarningma’lumbirtarixiytaraqqiyotdavridamakromolekulalardagio‘zgarishlarnianiqlashuchunmakromolekulalar (DNK)niduragaylash, oqsil (gemoglobin, mioglobin, sitoxrom) molekulatarkibidagiaminokislotalarningjoylashishtartibinibelgilashvaboshqausullarqo‘llaniladi. MolekularbiologiyarivojlanishininghozirgiholatiharxilturlargamansuborganizmlarDNKsidaginukleotidlar, oqsilmolekulasidagiaminokislotalarjoylashishidagio‘zgarishlarnitahlilqilishvaoqibatdaularorasidagio‘xshashlikvafarqlardarajasinianiqlashmumkinliginiko‘rsatmoqda. Har bir aminokislotani oqsil molekulasidagi almashinuvi bir, ikki, uch nukleotidlarning o‘zgarishi bilan aloqador. Shu bois u yoki bu oqsil molekulasidagi aminokislotalar almashinuvini e’tiborga olib, ana shu oqsil molekulasi sintezida qatnashgan gen tarkibidagi nukleotidlar almashinuv miqdorining maksimum va minimumini kompyuter yordamida hisoblash mumkin. Olingan ma’lumotlarga asoslanib ma’lum vaqt mobaynida oqsil molekulasida o‘rtacha qancha aminokislota almashinilganligi, gen tarkibidagi nukleotidlar joylanishida qanday o‘zgarishlar ro‘y berganligi to‘g‘risida hukm chiqarish mumkin

Odam eritrotsitlaridagi gemoglobin oqsili o‘zaro o‘xshash ikkita a va ikkita P zanjirdan tashkil topgan. a zanjirning har bir 141 tadan, p zanjirning har bir zanjiri 146 tadan aminokislota qoldig‘idan iborat. Gemoglobinning a va P zanjirlari o‘zaro farq qilsa ham, ulardagi aminokislotalarning joylanish izchilligi bir-biriga o‘xshash. Bu holat gemoglobin a va P zanjirlari tarixiy jarayonda yagona polipeptid zanjir divergensiyasi natijasida paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. Organik olamning tarixiy taraqqiyotida turli hayvon guruhlarida mutatsion o‘zgaruvchanlik tufayli a va P zanjirda ham aminokislotalar almashinuvi sodir bo‘lgan.

Evolutsiyaning molekular soatlari. Odatda bir qancha turlarda oqsillar divergensiyasini aniqlash orqali ularning bir-biridan ajralish muddati haqida mulohaza yuritiladi. Oqsil tarkibidagi aminokislotalar almashinuviga qarab u yoki bu avlod oila, turkum, sinf, tiplarning divergensiya muddati aniqlanadi. Masalan, P- globin oqsili shajarasini o‘rganish natijasida uning tuzilishi bundan 400 mln yil oldin odam bilan karp balig‘i, 225 mln yil oldin yexidnalar bilan odam, 70 mln yil oldin it bilan odam ajdodlarida o‘xshash bo‘lgan degan xulosaga kelindi.

Sitologiya. O‘simlik, hayvon, odam tanasi hujayralardan tashkil topgan. Barcha tirik mavjudot tana tuzilishidagi bunday o‘xshashlik ular bir tarmoqdan kelib chiqqanligini isbotlovchi dalil hisoblanadi. O‘simlik, hayvon, odam hujayralarida membrana, sitoplazma, yadro, sitoplazmatik organoidlar: endoplazmatik tur, ribosoma, mitoxondriyalar, Golji apparatining borligi, barcha tirik mavjudotlarda genetik kodning bir xilligi ham organik olam turli xil vakillarining kelib chiqishi birligidan dalolat beradi.

Embriologiya. Barcha ko‘p hujayrali hayvonlar o‘z shaxsiy rivojlanishini urug‘langan tuxum hujayra - zigotadan boshlaydi. Zigotaning bo‘linishi, murtakning ikki, uch qatlamli holati, uning varaqlaridan turli organlarning hosil bo‘lishi kuzatiladi. Embrionning rivojlanishdagi o‘zaro o‘xshashlik, ayniqsa, bir tip yoki sinfga mansub hayvonlarni o‘zaro taqqoslaganda ko‘zga yaqqol tashlanadi. Masalan, umurtqali hayvonlar sinfi: baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar embrional rivojlanishining boshlang‘ich davrlarida bir-biriga juda o‘xshash bo‘lib, ularning bosh, tana, dum, tomoqlari yonida jabra yoriqlari bo‘ladi. Embrion rivojlangan sari turli sinfga kiruvchi hayvonlar orasidagi o‘xshashlik kamaya boradi. Ularda shu hayvon sinfi, turkumi, oilasi, avlodi va turiga xos belgi-xossalar paydo bo‘la boshlaydi. Chunonchi, gorilla bilan odam embrioni dastlab o‘xshash bo‘lsa-da, embrional rivojlanishning keyingi davrlarida odam embrionida peshona, gorilla embrionida esa jag‘ oldinga bo‘rtib chiqqanligini ko‘rish mumkin.

Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə