Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə2/152
tarix11.05.2022
ölçüsü5,73 Mb.
#86663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152
10-sinf-biologiya-konspekti

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi

2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirishv) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangi mavzu bayoni:

BiologiyaYerdagihayotningbarchako‘rinishlarini, uningturlidarajadagi: molekula, hujayra, organizm, populatsiya (tur), biogeosenoz (ekosistema), biosferadarajasidagitizimlarningbarchaxossalarinio‘rganadi.

Biologiyaning asosiy maqsadi tirik mavjudotlarning tuzilishi, o‘ziga xos xususiyatlari, ko‘payishi, rivojlanishi, kelib chiqishi, tabiiy jamoalarda va yashash muhiti bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganishdir.

Biologiya atamasi fransuz olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Tre- viranus tomonidan fanga kiritilgan bo‘lib, «bios» - hayot, «logos» - fan degan ma’noni bildiradi.

Insonlar salomatligini saqlash, turli kasalliklarni davolash va ularning oldini olish, inson umrini uzaytirish, tabiatdagi no.yob o‘simliklar va hayvon turlarini muhofaza qilish, hosildor o‘simlik navlari, mahsuldor hayvon zotlari, yangi xususiyatli mikroorganizm shtammlarini yaratish, insoniyatni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash kabi muhim muammolarni hal etish biologiyaning rivojiga bog‘liq.

Biologiya fanining tarmoqlari. Biologiya fundamental va kompleks fan hisoblanadi. Fundamental fan deyilishiga sabab, biologiya tibbiyot, psixologiya, agronomiya, oziq-ovqat sanoati, farmokologiya uchun nazariy asos bo‘lsa, kompleks fan sifatida esa ko‘plab tarmoq fanlarni o‘z ichiga oladi.

Tekshirish obyektiga ko‘ra biologiya fani bir qancha sohalarga bo‘linadi. Botanika - o‘simliklar, zoologiya - hayvonlar, mikrobiologiya - mikroorganizmlar, mikologiya - zamburug‘lar, gidrobiologiya - suv muhitidagi organizmlar, paleontologiya - qazilma holdagi organizmlar, ekologiya esa organizm va muhit orasidagi munosabat to‘g‘risidagi fan hisoblanadi. Biologiya tirik organizmlarning ayrim jihatlarini tekshirish bo‘yicha ham turli fanlarga ajraladi. Anatomiya - organizmlar organlari tuzilishini, fiziologiya esa funksiyasini, embriologiya - murtak (embrion) rivojlanishini, sistematika - organizmlarning sistematik guruhlarini, o‘zaro qarindoshlik munosabatlarini, etologiya - hayvonot olamining xulq-atvorini tadqiq etadi.

Biologiyaning ba’zi sohalari boshqa tabiiy fanlar hamkorligida paydo bo‘lgan. Biologik sistemalarda ro‘y beradigan fizik jarayonlarni biofizika, organizmlarning kimyoviy tarkibi, ulardagi kimyoviy jarayonlarni biokimyo, tirik organizmlarning yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini biogeografiya fani o‘rganadi. Bionika organizmlar hayot faoliyatining o‘ziga xos jihatlari va tuzilishini asos qilib texnik sistemalar yaratishni, biotexnologiya esa tirik organizmlardagi biologik jarayonlarni ishlab chiqarish

Kuzatish metodi. Organizmlar va ularni o‘rab turgan atrof-muhitda ro‘y beradigan hodisalarni kuzatish, tasvirlash va tahlil qilish imkonini beradi. Bu metod qadim zamonlardan boshlab olimlar tomonidan daliliy materiallar yig‘ish va uni tavsiflash uchun keng qo‘llanilgan. XVIII asrda bu metod yordamida biolog olimlar hayvonlar va o‘simliklarni ta’riflash, tasvirlash va to‘plangan materiallarni tartibga solish bilan shug‘ullangan.

Taqqoslash metodi.Turli biologik tizimlarning tuzilishi, funksiyasi, tarkibiy qismlardagi o‘xshashlik va farqlar taqqoslash metodi yordamida o‘rganiladi.

Tarixiy metod. Mazkur metod turli sistematik guruhlarning evolutsion jarayonda paydo bo‘lishi, takomillashishini dalillar yordamida tushunish va ularni avvaldan mavjud bo‘lgan dalillar bilan qiyoslash, organizmlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ularning tuzilishi va funksiyalarining murakkablashib borish qonuniyatlarini bilib olishga imkon beradi

.Eksperimental (tajriba) metodi.Maxsus tashkil etilgan sharoitda tirik organizmlar tuzilishi, hayot jarayonlarini o‘rganish eksperimental metod orqali amalga oshiriladi.

Modellashtirishmetodi.Biologiktadqiqotlardatoborakengqo‘lla- nilayotganmodellashtirishmetodiningmohiyatitiriktabiatdagihodisalarvaularningjihatlarinimatematikbelgilargaaylantirib, modeltarzidaqaytatiklabo‘rganishdaniborat.

Insonlardagiirsiykasalliklarnio‘rganish, ularningoldiniolishchoralariniishlabchiqishvaamaliyotgatatbiqetishnihoyatdamuhimsanaladi. Bu muammoni ijobiy hal etish gen muhandisligi va biotexnologiya sohalarining rivoji bilan uzviy bog‘liq.

Hozirgivaqtdaengxavflihodisalardanbiriekologikmuhitningyomonlashayotganligihisoblanadi.Buayniqsa, insonuchunnihoyatdafoydalibo‘lgano‘simlikvahayvonturlariningyildanyilgakamayibketayotganligidayaqqolko‘zgatashlanadi.

Biologiya fanining muammolari.Biologiya fanida hali o‘z yechimini topmagan bir qancha muammolar mavjud. Hayotning, odamning paydo bo‘lishi, bosh miya faoliyati mexanizmlarini o‘rganish orqali tafakkur va xotira qonuniyatlarini anglash, embrional taraqqiyotda genetik axborot asosida to‘qima, organlar va organizm rivojlanishini o‘rganish shular jumlasidan.

Dunyo aholisining soni yildan yilga ortib bormoqda. Binobarin, biologiya fani oldida turgan muhim vazifalardan biri insonlarning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan nazariy va amaliy muammolarni hal etishdan iborat. Bu sohada seleksiyada ko‘p yillardan beri qo‘llanib kelinayotgan duragaylash, tanlash metodlaridan tashqari, gen muhandisligi - genlarni sintez qilish, ko‘chirib o‘tkazish, somatik hujayralarni duragaylash, allofen - organizmlar yetishtirish va boshqa metodlardan foydalanish nihoyatda samarali bo‘ladi.

Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə