Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə5/152
tarix11.05.2022
ölçüsü5,73 Mb.
#86663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152
10-sinf-biologiya-konspekti

VI.Texnik jihoz:Kadoskop, kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v)tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangi mavzu bayoni:

Hayotning mohiyati juda keng tushunchadir. M. V. Volkenshteyn ta’rifi bo‘yicha: «Yerda mavjud bo‘lgan tirik organizmlar, biopolimerlar: oqsil va nuklein kislotalardan tuzilgan. Ular o‘z-o‘zini idora etadigan, yarata oladigan ochiq sistemalardir».

Mazkur ta’rifga ko‘ra, tirik organizmlar tashqi muhitdan kerakli oziq moddalarni qabul qiladi, keraksiz mahsulotlarni ayirib chiqaradi, nuklein kislotalarda kodlangan irsiy axborot asosida oqsillar sintezini amalga oshiradi, ekologik muhitda o‘sib rivojlanadi va ko‘payadi.

Hayotning asosiy xossalari. Har bir tirik organizm bir-biri bilan chambarchas, tartibli munosabatda bo‘lgan tuzilmalardan tashkil topgan yaxlit tizim (sistema) bo‘lib, o‘ziga xos, ya’ni anorganik tabiatdan farq qiluvchi xossa va xususiyatlarga ega.

Kimyoviy tarkibning birligi. Barcha tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlarning 90% dan ortig‘i asosan to‘rt xil: uglerod, kislorod, vodorod va azot elementlaridan tashkil topgan. Bu elementlar barcha tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi organik birikmalar, masalan, oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, uglevodlarni hosil qiladi.

Strukturaviy tuzilish birligi. Barcha tirik organizmlar hujayradan tuzilgan bo‘lib, hujayra tiriklikning tuzilish, funksional va rivojlanish birligi hisoblanadi.

Ochiq sistemaligi. Barcha tirik organizmlar muntazam ravishda tashqi muhit bilan energiya va moddalar almashinuviga ega bo‘lgan ochiq sistemadir.

Moddalar va energiya almashinuvi. Barcha tirik organizmlar va tashqi muhit o‘rtasida doim moddalar va energiya almashinuvi sodir bo‘ladi. Moddalar va energiya almashinuvi oziqlanish, nafas olish, ayirish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Moddalar va energiya almashinuvi tufayli o‘zgaruvchan tashqi muhit sharoitida tirik organizmlar kimyoviy tuzilishi va tarkibining doimiyligi ta’minlanadi.

O‘z-o‘ziniyangilash. Organizmda sodir bo‘ladigan moddalar almashinuvi jarayonida biomolekulalar, hujayra va to‘qimalarning doimiy yangilanishi sodir bo‘ladi.

O‘ziga o‘xshaganlarniyaratish — ko‘payishxossasi. Tirik organizmlarning ko‘payishi nuklein kislotalarda mujassam bo‘lgan irsiy axborot asosida sodir bo‘ladi.

O‘sish va rivojlanish. Ontogenezning ma’lum bosqichlarida tirik organizmlar genetik axborotlar asosida o‘z tuzilishini saqlagan holda miqdoriy jihatdan ortadi, ya’ni o‘sadi hamda ularda yangi belgi va xususiyatlar shakllanishi - rivojlanish kuzatiladi. Rivojlanish tirik organizmlarning ma’lum qonuniyatlar asosida o‘zgarib borishidir. Individual rivojlanish - ontogenez va tarixiy rivojlanish - filogenez kuzatiladi. Organik olamning tarixiy rivojlanishi evolutsiya deb yuritiladi.

O‘z-o‘zini idora qilish. Tashqi muhit sharoitlarining muntazam o‘zgarishiga qaramay, tirik organizmlar tashqi va ichki tuzilishi, kimyoviy tarkibi, fiziologik jarayonlarning doimiyligini saqlash, ya’ni gomeostaz xususiyatiga ega.

Ta’sirlanish.Ushbu xususiyat tirik organizmlarning tashqi muhit ta’sir- lariga javob reaksiyalari orqali amalga oshadi.

Irsiyat va o‘zgaruvchanlik.Tirik organizmlarning o‘z belgi va xususiyat- larini nasldan naslga o‘tkazish xossasi irsiyat, yangi belgi-xususiyatlarni namoyon qilishi o‘zgaruvchanlik hisoblanadi. O‘zgaruvchanlik tufayli esa tashqi muhit ta’sirlariga tirik organizmlarning moslanuvchanligi ortadi.

Hayotning biosfera darajasi. Biosfera yerdagi hayotning barcha ko‘- rinishlarini qamrab olgan, tiriklikning eng yuqori tuzilish darajasidir. Biosfera darajasini tashkil etuvchi komponentlar biogeosenozlar hisoblanadi. Hayotning bu darajasida moddalar va energiyaning global davriy aylanishi, insonning xo‘jalik va madaniy faoliyati kabi jarayonlar kuzatiladi.


Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə