Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


Yangimavzunimustahkamlash



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə122/152
tarix11.05.2022
ölçüsü5,73 Mb.
#86663
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   152
10-sinf-biologiya-konspekti

Yangimavzunimustahkamlash:

Savol va topshiriqlar:

  1. Makroevolutsiyaning mohiyatini ochib bering.

  2. Evolutsiyani isbotlashda molekular biologiya fan dalillari nimalardan iborat?

  3. Genlarning o‘zgarishiga nima sabab bo‘ladi?

A. N. Seversovning filoembriogenez nazariyasini qanday izohlaysiz?

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:1-topshiriq. Jadvalni to‘ldiring.


Biologik qonunlar

Kim kashf etgan

Qonunning mohiyati

Biogenetik qonun







Embrionlarning o‘xshashlik qonuni







Filoembriogenez nazariyasi








2-topshiriq. Quyidagi jadvalni to‘ldiring.

Fan dalillari

Ta’rifi

Misollar

Rudiment organlar







Atavizmlar








Uygavazifa:Mavzunio`qibo`rganibkelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
55- Mavzu: Evolyutsiyani isbotlashda solishtirma anatomiya,

paleontologiya fanlari dalillari.47 -§
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy tushunchalarni berish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni:

Solishtirma anatomiya. Makroevolutsiyani isbotlashda gomologik, ana- logik, rudiment organlar, shuningdek, atavizm hodisasining ahamiyati benihoya katta.

Gomologikorganlar.Bajaradiganfunksiyasidanqat’inazartuzilishivakelibchiqishijihatidanbir-birigao‘xshashorganlargomologikorganlardebataladi. Umurtqalihayvonlarningquruqlikda, suvda, havodatarqalganvakillaridaoldingioyoqyurish, yerqazish, uchish, suzishvazifasinibajaradi. Lekin ularning hammasida oldingi oyoq yelka, bilak, tirsak, kaft usti, kaft va barmoq suyaklaridan iborat (44-rasm). Gomo­logik organlar o‘simliklarda ham uchraydi. Chunonchi, no‘xat gajaklari, zirk va kaktus tikanlari shakli o‘zgargan bargdir.

Analogik organlar deyilganda bajaradigan funksiyasi jihatidan o‘xshash, ammo kelib chi­qishi jihatidan har xil organlar tushuniladi. Kak- tusning tikanlari barg, do‘lananing tikanlari poya, atirgul, malinaning tikanlari esa epidermis o‘simtalarining o‘zgarishidan hosil bo‘lgan (45-rasm). Boshoyoqli molluskalar ko‘zi bilan umurtqali hayvonlarning ko‘zi ham analogik organlarga misoldir. Boshoyoqli molluskalarda ko‘z ektoderma qavatining cho‘zilishidan, umurt- qalilarda bosh miya yon o‘simtasidan rivojlanadi.




44-45-rasm.Gomologik va analogik organlar.
Rudiment va atavizmlar. Evolutsion ja­rayonda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan organlar ru­diment organlar deb ataladi. Rudiment organ­lar qadimgi ajdodlarda normal rivojlangan va ma’lum funksiyani bajargan. Evolutsion jarayon­da ular o‘zining biologik ahamiyatini yo‘qotib, qoldiq shaklida saqlanib qolgan (46-rasm).

O‘simliklar ildiz poyasidagi qobiqlar rudi­ment holdagi barg hisoblanadi. Rudiment or­ganlar o‘simliklarda ham, hayvonlarda ham uchraydi. Otning ikkinchi va to‘rtinchi bar- moqlari, kitning dumg‘aza va orqa oyoq suyaklari, pashshalarda bir juft kichik qanotlar ham rudiment organlardir. O‘simlik, hayvon va odamlardagi rudiment organlar muhim evolutsion dalil hisoblanadi.

Paleontologiya. Paleontologik ma’lu- motlar qadimgi o‘simlik va hayvonot dun- yosini bilib olishga, tashqi qiyofasini tik- lashga, fauna va floraning qadimgi va hozirgi vakillari orasidagi aloqani ko‘rsatib berishga imkon beradi. Biologiya fanida to‘plangan ma’lumotlar organik olam hozirgi ko‘rinishda birdaniga paydo bo‘lmay, balki uzoq davom etgan tarixiy rivojlanish natijasi ekanligidan guvohlik beradi. O‘simliklar va hayvonlar o‘zgarib organik olamning hozirgi vakillarini hosil etgan bo‘lsalar, aksariyat ko‘pchiligi yashash uchun kurash, tabiiy tanlanishda qirilib ketgan va qazilma holda Yerning turli qatlamlarida saqlanmoqda. Qattiq skeletga ega bo‘lmagan ko‘pchilik umurtqasizlar, tuban o‘simliklar, zamburug‘lar mikroorganizmlar tomonidan parchalanib yuborilgan va o‘zlaridan keyin nom- nishon qoldirmagan. Organizmlarning qattiq qismlari ancha sekin parchalanib, ular ichiga kirgan mineral moddalar kremnezem bilan o‘rin almashgan. Bunday hollarda toshga aylanish hodisasi ro‘y bergan. Yer qatlamlarida qadim zamonlarda o‘lib ketgan hayvon, o‘simlik ildizlari, skelet, suyaklar, jag‘lar, tishlar, shoxlar, tangachalar, chig‘anoqlar, o‘simlik poyalari birmuncha to‘liq holda hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan. Cho‘kindi jinslarni tekshirish uchun yupqa, shaffof shliflarni mikroskop ostida kuzatib bakteriyalar va boshqa mayda organizmlar qoldig‘ini ko‘rish mumkin.

P


46-rasm. 1 - uchmaydiganqush- kiviningqanotskeletisuyaklariqoldigi; 2 - kitningdumgazavaorqaoyoqskeletiqoldiqlari.
aleontolog olimlar hayvonlarning qazilma holdagi qoldiqlariga qarab organizmlar hayot davrida qanday bo‘lsa, xuddi shunday tashqi qiyofasini va tuzilishini tiklamoqdalar. Tiklashda mashhur fransuz biologi Jorj Kyuvening korrelatsiya qonuniga muvofiq kashf etgan rekonstruksiya (lotincha
rekonstruktio - qayta tiklash) metodidan foydalaniladi. Rekonstruksiya metodi kalla, qo‘l, oyoq va tanadagi boshqa suyaklar, muskullarni o‘zaro taqqoslab, nisbatini aniqlashga asoslanadi. Rekonstruksiya metodi yordamida qadimgi davrlarda yashagan bir qancha umurtqali hayvonlar, odam ajdodlarining tashqi qiyofasini tiklashga muvaffaq bo‘lindi. Ch. Darvin o‘z vaqtida paleontologik solnoma chala deb ko‘rsatib o‘tgan edi. Lekin shunga qaramay fan sohasida to‘plangan paleontologik dalillar qadim vaqtlarda hayvonot va o‘simliklar olami qanday bo‘lganligi to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga imkon beradi.

Yangimavzunimustahkamlash:
1.Evolutsiyani isbotlashda solishtirma anatomiya fan dalillarini keltiring.

2.Evolutsiyani isbotlashda embriologiya fan dalillarini keltiring.

3.Evolutsiyani isbotlashda paleontologiya fan dalillarini keltiring.
Uygavazifa:Mavzunio`qibo`rganibkelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
56- Mavzu: Evolyutsiyani isbotlashda biogeografiya fani dalillari.48 -
Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə