Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


-rasm. «Materiklar dreyfi» nazariyasiga ko‘ra tarixiy jarayonda qit’alarning paydo bo‘lishi



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə127/152
tarix11.05.2022
ölçüsü5,73 Mb.
#86663
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   152
10-sinf-biologiya-konspekti

47-rasm. «Materiklar dreyfi» nazariyasiga ko‘ra tarixiy jarayonda qit’alarning paydo bo‘lishi.




Gondvana quruqligining bir qismi janubga tomon siljigan. Keyinchalik yer ostki kuchlarining ta’siri tufayli Gondvana o‘z navbatida bo‘laklarga ajragan. Natijada Antarktida, Avstraliya, Afrika, Janubiy Amerika qit’alari paydo bo‘lgan. Lavraziyaning bo‘linishi tufayli Yevrosiyo, Shimoliy Amerika qit’alari kelib chiqqan. Yevrosiyo bilan Shimoliy Amerikaning yagona qit’a sifatida bo‘lishi kaynozoy erasigacha davom etgan. Yagona quruqlik Pangeyaning qit’alarga ajralishi tabiiy ravishda o‘simlik va hayvonlar evolutsiyasiga ta’sir etmay qolmagan. Chunonchi, Avstraliya, Gondvanadan ajragan davrda triasning o‘rtalarida sutemizuvchilarning faqat tuxum qo‘yib ko‘payuvchi turlari hamda xaltalililar tarqalgan. Hali sutemizuvchi hayvonlarning yo‘ldoshlilar kenja sinfi vakillari paydo bo‘lmagan edi. Shu sababli tuxum qo‘yuvchi sutemizuvchilar Avstraliya, xaltali sutemizuvchilar Avstraliya va Neotropik (masalan, opossum) biogeografik viloyatida saqlanib hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Boshqa qit’alarda tuxum bilan ko‘payuvchilar, xaltalilar yashash uchun kurashda ularga nisbatan murakkab tuzilishga, ko‘payishga ega bo‘lgan yo‘ldoshlilar kenja sinf vakillari tomonidan siqib chiqarilgan.


Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə