Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə134/152
tarix11.05.2022
ölçüsü5,73 Mb.
#86663
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   152
10-sinf-biologiya-konspekti

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni:

Hayotning ta’rifi. Hayotning mohiyati, uning xilma-xilligi, kelib chiqishi va rivojlanishini o‘rganish biologiya fanining eng murakkab muammolaridan biridir.

Hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariyalar. Hayotning paydo bo‘lishi insoniyatni juda qadim zamonlardan beri qiziqtirib kelmoqda. Hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risida bir qancha farazlar mavjud.

Hayotningo‘z-o‘zidanpaydobo‘lishihaqidagitushunchalarqadimgiXitoy, VavilonvaMisrdakengtarqalganedi. MashhurAristotelhambufarazningtarafdoribo‘lgan. Bufaraztarafdorlaritirikorganizmlaro‘z-o‘zidannotiriktabiatdanpaydobo‘ldidebhisoblaydilar. 1688-yildaItaliyaolimiF. Reditajribadahayotningo‘z-o‘zidanpaydobo‘lmasliginiisbotlabberdi. F. Redi go‘shtni yopiq idishga solib qo‘yganida pashshalar kira olmaganligi uchun unda lichinkalar paydo bo‘lmadi. Lekin hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi tarafdorlari idishga havo kirmagani uchun shunday bo‘ldi, deb uni tanqid qildilar. Shunda F. Redi go‘sht solingan idishlarning ayrimlarini ochiq qoldirib, boshqalarini doka bilan yopib qo‘ydi (50-rasm).



50-rasm. Redi tajribasi.


Doka bilan yopilgan idishlarda lichinkalar paydo bo‘lmadi, ochiq idishlardagi go‘shtda esa son-sanoqsiz lichinkalar paydo bo‘ldi. Shunday qilib, mohirlik bilan o‘tkazilgan oddiy tajriba yordamida pashshaning lichinkalari chirigan go‘shtda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligi, pashshaning tuxumlaridan chiqib ko‘payishi isbotlab berildi. F. Redi hayotning hozirgi zamonda faqat mavjud hayot shakllaridan biogenez yo‘li bilan rivojlanishi mumkinligini tajribada tasdiqladi.

XIX asr o‘rtalarida fransuz olimi Lui Paster o‘zining mohirona o‘tkazgan tajribalari yordamida mikroorganizmlarning ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini isbotladi.

Lui Paster kolbada mikroorganizmlar ko‘payadigan oziqa suyuqligini uzoq vaqt qaynatdi. Kolba ochiq qoldirilganda unda bir necha kundan keyin unga bakteriyalar va ularning sporalari tushishi natijasida mikroorganizmlar ko‘payishi kuzatildi. Keyingi tajribasida L. Paster suyuqlikka mikroorganizmlar va uning sporalari kirmasligi uchun kolbaning og‘ziga S simon shakldagi shisha naychani biriktirib qo‘ydi (120-rasm).








Mikroorganizmlar sporalari ingichka egilgan naycha devorida o‘tirib qoladi va kolba ichiga o‘ta olmaydi. Yaxshi qaynatilgan suyuqlikda mikroorganizmlar o‘lganligi, unga tashqaridan yangilarining kira olmaganligi natijasida suyuqlik steril (toza) holatda qoladi, unda mikroorganizmlar paydo bo‘lmaydi.

Shunday qilib, hayotning har xil shakllarining hozirgi zamonda o‘z-o‘zidan paydo bo‘la olmasligi F. Redi va L. Paster tadqiqotlarida uzil-kesil tasdiqlandi.

L. Pasterning tajribalari amaliyot uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Oziqa mahsulotlarini konservatsiyalash, sut mahsulotlarini pasterizatsiyalash, tibbi- yotda yaralarni va jarrohlik asboblarini sterilizatsiyalash L. Paster kashfiyot- laridan keyin keng qo‘llanila boshlandi.

Panspermiya nazariyasiga ko‘ra, hayot mangu mavjuddir va u bir sayyoradan ikkinchi sayyoraga ko‘chib yuradi. Bu nazariyaning tarafdorlari shved fizik olimi, S. Arrenius, rus olimi V. I. Vernadskiy, Amerika biofizigi va genetigi F. Krik va boshqalardir. Bu olimlarning fikriga ko‘ra, hayot Yerda paydo bo‘lmagan, boshqa sayyoralardan Yerga meteoritlar orqali yoki yorug‘lik nurlarining bosimi ta’sirida kelib qolib, qulay sharoitda, oddiy organizmlardan murakkab organizmlargacha rivojlangan.

Hayotning biokimyoviy evolutsiyasi to‘g‘risidagi nazariya XX asrning 2030-yillarida shakllana boshladi. Bu nazariyaga ko‘ra Yerning ilk rivojlanishi davrlarida undagi iqlim sharoitlari hozirgi zamondagiga nisbatan juda katta farq qilgan. Bunday sharoitda avval oddiy organik birikmalar abiogen usulda sintezlangan va asta-sekin kimyoviy evolutsiya natijasida murakkablashib, eng oddiy hayot shakllariga aylangan va undan keyin biologik evolutsiya boshlangan.

Ch. Darvin fikriga ko‘ra, hayot faqat hayot bo‘lmagan sharoitlardagina kelib chiqishi mumkin. Geterotrof mikroorganizmlar yangi hosil bo‘lgan organik moddalarni darrov parchalab tashlaydi. Shuning uchun ham hozirgi davrda hayot yangidan kelib chiqishi mumkin emas. Yerda hayotning kelib chiqishi uchun zarur bo‘lgan ikkinchi sharoit birlamchi atmosfera tarkibida kislorod bo‘lmasligidir. Chunki kislorod bo‘lsa, u yangi hosil bo‘lgan organik moddalarni parchalab tashlagan bo‘lar edi. Biokimyoviy evolutsiya nazariyasi bilan keyingi mashg‘ulotda batafsil tanishamiz.

Yangimavzunimustahkamlash:

Savol va topshiriqlar:

  1. Hayot paydo bo'lishi haqida qanday qarashlar mavjud?

  2. Hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi nazariyasi tarafdorlarining fikrlarini ayting.

  3. Hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligi qanday tajribalarda tasdiqlandi?

  4. Panspermiya nazariyasiga o‘z fikringizni bildiring.

  5. Biokimyoviy evolutsiyaning mohiyatini tushuntiring.

Uygavazifa:Mavzunio`qibo`rganibkelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
60- Mavzu: Biokimyoviy evolyutsiya nazariyasi. 52 -
Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə