Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə149/152
tarix11.05.2022
ölçüsü5,73 Mb.
#86663
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   152
10-sinf-biologiya-konspekti

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni:
Odamning paydo bo‘lishida biologik omillar katta ahamiyatga ega bo‘lsa- da, biroq ularning o‘zi antropogenezni tushuntirish uchun yetarli emas. Bu jarayonda biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar ham muhim rol o‘ynagan. Organik olamning evolutsiyasining biologik omillari irsiy o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, populatsiya to‘lqini, genlar dreyfi, alohidalanish va tabiiy tanlanish odam evolutsiyasiga ham tegishli ekanligini Ch. Darvin ko‘rsatib bergan edi. Odam evolutsiyasining ilk bosqichida atrof- muhitning o‘zgaruvchan sharoitiga yaxshi moslashishga qaratilgan tanlanish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Biologik omillar tufayli odam ajdodlari organizmida bir qancha morfofiziologik o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Mutatsion o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli mehnat operatsiyalari uchun foydali bo‘lgan qo‘llari o‘zgargan individlar saqlanib borgan.

Antropogenez uchun ijtimoiy omillar: mehnat faoliyati, jamoa bo‘lib yashash, nutq va tafakkur xarakterlidir.

Odam evolutsiyasida qomatning tiklanishi bilan qo‘lning mehnat vositasiga aylanishi muhim omil bo‘lgan. Mehnat qurollarini yasash odam qo‘lining tobora o‘zgarib borishiga sabab bo‘lgan.

Odam evolutsiyasida jamoa bo‘lib yashash ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ular birgalashib, yirtqich hayvonlardan himoyalanganlar, ov qilishgan va bolalarini tarbiyalashgan. Jamoa bo‘lib yashash, qadimgi odamlarni bir-birlari bilan tovush, imo-ishora va mimika orqali munosabatda bo‘lishga ehtiyoj tug‘dirgan. Irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish natijasida hiqildoq o‘zgarib odamning nutq organiga aylangan. Bosh miya va tafakkurning rivojlanishi mehnat va nutqning takomillashuviga olib kelgan. Yuksak hayvonlardan farqli ravishda odamda ikkinchi signal sistemasi rivojlangan. Ovchilik bilan shug‘ullanish, baliq ovlash faqat o‘simliklar bilangina emas, balki aralash ovqatlanishga ham imkon bergan. Bu esa o‘z-o‘zidan ichaklarning qisqarishiga sababchi bo‘lgan. Olovda pishirilgan oziqni ming yillar mobaynida iste’mol qilish bora-bora chaynash apparatiga bo‘lgan og‘irlikni yengillashtirgan. Oqibatda baquvvat chaynash muskullari birikadigan tepa suyagining qirrasi o‘zining biologik ahamiyatini yo‘qotgan.

Xulosa qilib aytganda, tik yurishga o‘tish, qo‘lning yurishdan ozod bo‘lishi, mehnat qurollarini yasash, go‘sht iste’mol qilish, olovdan foydalanish, jamoa bo‘lib yashash, ong va nutqning rivojlanishi odam evolutsiyasida katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

Odam irqlari. Zamonaviy odamlarning hammasi bitta «homo sapiens» turiga mansub. Insoniyatning birligi, uning kelib chiqishining umumiyligi, tuzilishining o‘xshashligi turli xalqlar orasidagi nikohdan sog‘lom avlod tug‘ilishi bilan tasdiqlanadi. Homo sapiens sapiens turining ichida yirik sistematik guruhlar - irqlar mavjud. Irqlar bir-birlaridan, terisining rangi, ko‘zining, burnining, labining shakli, tanasining proporsiyasi, ba’zi biokimyoviy ko‘rsatkichlari, ekologik, xulq-atvor va boshqa biologik xususiyatlari bilan farq qiladilar. Hozirda odamlarning 3 ta katta irqlari farqlanadi.

Yevropoid irqqa mansub odamlar terisi och rangda (oq tanli), sochlari tekis yoki to‘lqinsimon, rangi sarg‘ish yoki qo‘ng‘ir, ko‘zlari ko‘k yoki kulrang-yashil, lablari yupqa, burni ingichka, erkaklarida soqol-mo‘ylovlari yaxshi o‘sadi.

Mongoloidirqqamansubodamlarningterisiqoramag‘iz, sarg‘ish, ko‘zlariqo‘yko‘z, sochlaritekis, qattiqvaqora, yuqorigiqovog‘iosilgan. Mongoloid irq vakillari asosan Osiyoda tarqalgan, lekin migratsiya natijasida ular Yer shari bo‘ylab tarqalib ketganlar.

Negroid irq - terisi qora, sochlari jingalak, qora, burni keng va yassi, qo‘y ko‘z. Ko‘pchilik vakillarida qalin lablari bo‘rtib chiqqan bo‘ladi.

Olimlar fikriga ko‘ra, hozirgi zamon odami shakllanish jarayonida uning dastlabki vatani hisoblangan Janubiy-Sharqiy Osiyo va unga qo‘shni Shimoliy Afrikada ikki irq - janubi-g‘arbiy va shimoliy-sharqiy irqlar paydo bo‘lgan. Birinchi tarmoq keyinchalik yevropeoid va negroid irqlari, ikkinchisi esa mongoloid irqining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

Irqlarning kelib chiqishi, tabiiy tanlanish, mutatsiya, alohidalanish, populatsiyalarning aralashib ketishi kabi omillarga bog‘liq. Irqlar shakllanishining ilk bosqichida tabiiy tanlanish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Tabiiy tanlanish, muayyan sharoitda hayot faoliyatini yuksaltiradigan, adaptiv belgilarning populatsiyada saqlanishi va ko‘payishiga sabab bo‘lgan.


Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə