Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə145/152
tarix11.05.2022
ölçüsü5,73 Mb.
#86663
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   152
10-sinf-biologiya-konspekti

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:
Odam - biologik evolutsiyaning eng yuqori bosqichi sanalib, ijtimoiy mavjudot sifatida fikrlash qobiliyati va ma’noli nutqqa ega bo‘lganligi sababli, avlodlardan qolgan tarixiy-ma’naviy manbalarni o‘rganish, fikr yuritish, ularni baholash, kelajakni rejalashtirish imkoniyatiga ega. Inson har qanday axborotni kelgusi avlodga yozma yoki og‘zaki tarzda yetkazishi, jamiyat taraqqiyoti uchun barcha sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi mumkin.

Antropologiya - fanlararo sintetik fan bo‘lib, odamning ijtimoiy-biologik mavjudot sifatida tarixiy rivojlanishi va evolutsiyasini o‘rganadi.

Odamning tarixiy rivojlanishi haqidagi zamonaviy fikrlar asosan molekular biologiya, sitologiya, solishtirma anatomiya, fiziologiya, embriologiya va paleontologiya dalillariga asoslanadi. Barcha tirik mavjudot tana tuzilishidagi bunday o‘xshashlik, ular bir tarmoqdan kelib chiqqanligini isbotlovchi dalil hisoblanadi. Odamning ilk embrional taraqqiyoti bosqichida hamma xordalilar kabi asosiy o‘zak organlar: nerv nayi, xorda va ichak nayi hosil bo‘ladi. Odamda boshqa sutemizuvchilarga xos bo‘lgan quyidagi belgilar mavjud:

  1. taboyinumurtqasi, qolvaoyoqskeletiqismlari, ter, yogvasutbezlari, alveolalar, diafragma, 4 kameraliyurak, ikkitaqonaylanishdoirasi, chapaortayoyi, ortaquloqdagi 3 taeshitishsuyakchasi.





51-rasm. Odamdagi rudiment organlar. I - uchinchi qovoq: 1 - odamniki; 2 - qushniki.

II - quloq suprasi: 1 - olti oylik embrionniki; 2 - katta odamniki; 3 - maymunniki.

III - ko‘richak va uning chuvalchangsimon o‘simtasi: 1 - odamniki; 2 - tuyoqli hayvonniki.

Odamda bir qancha rudiment organlar uchraydi. Ularga ko‘richakning chuvalchangsimon o‘simtasi, dum umurtqalari, qisqarish faoliyatini yo‘qotgan dum muskullari va uning bir juft nervi, quloq suprasini harakatlantiruvchi muskullar, tanadagi tuklar, uchinchi qovoq, quloq suprasidagi Darvin do‘mboqchasi va boshqalar kiradi.(51-rasm)
Odamlarda ba’zan atavizm hodisasih am uchraydi (52-rasm).Odamsimon maymunlar bilan odamskeleti va ichki organlar tuzilishidao‘xshashliklar nihoyatda ko‘p. Qoziq, jag‘tishlarining soni ham bir xil. Odamsimon maymunlarda va odamda dum bo‘lmaydi.

52-rasm. Odamdagi atavizm hodisasi.

Odam uchun xos to rtta qon guruhi gorilla,1 - sherbashara odam; 2 – kopemchakli bola; 3 - dumli bola.

Xromosomalarni maxsus usul bilan bo yash orqali odam va shimpanze xromosomalarining nihoyatda nozik ko‘ndalang chiziqlari ham o‘xshashligi ma’lum bo‘ldi. Odamsimon maymunlarda 48 ta xromosoma bor. Maymunlarning ikki juft xromosomasi odamda qo‘shilib ketganligi tufayli uning kariotipi 46 ta xromosomadan iborat.

Ko‘pgina parazitlar (bosh biti) va kasalliklar (gripp, chechak, vabo, qorin tifi va boshqalar)ning bo‘lishi umumiydir. Odamsimon maymunlarda ham mimika muskullari yaxshi rivojlangan.

Odam skeletining tuzilishida tik yurishga bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos bir qator o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Uning umurtqa pog‘onasida tabiiy egilmalar, tovonida gumbaz paydo bo‘lgan, oyoq panjasining bosh barmog‘i boshqa barmoqlarga yaqinlashib, tayanch vazifasini bajaradi, chanoq suyaklari ancha kengaygan.
Yangi mavzuni mustahkamlash:

Savol va topshiriqlar:

1.Odamning biologik individ sifatida sistematikada tutgan o‘rnini ko‘rsating. Odam evolutsiyasini isbotlashdagi embriologiya, solishtirma anatomiya fan dalillarining mohiyatini yoritib bering.

2.Odamdagi rudiment organlarga nimalar kiradi. Ularning bo‘lishi nimani isbotlaydi?

3.Odamdagi atavizm hodisasiga misollar keltiring. Atavizm hodisasi nimadan dalolat beradi?

4.Odam embrional rivojlanishining qaysi bosqichida hayvonlarga o‘xshash bo‘ladi?


Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
65- Mavzu: Odam evolyutsiyasining asosiy bosqichlari. 57 -
Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə