Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə143/152
tarix11.05.2022
ölçüsü5,73 Mb.
#86663
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   152
10-sinf-biologiya-konspekti

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:

Mezozoy erasi 175 mln yil davom etgan. Trias davrida iqlim quruq kelgan. O‘rmonlar ignabargli o‘simliklar, sagovniklar, sporali o‘simliklardan iborat bo‘lgan. Quruqlikda sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi oshgan. Ularning keyingi oyoqlari oldingisiga nisbatan kuchli rivojlangan. Hozirgi vaqtda yashab turgan kaltakesak, toshbaqalarning ajdodlari ham shu davrda paydo bo‘lgan. Yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish natijasida ba’zi bir yirtqich sudralib yuruvchilar tarixiy jarayonda o‘zgarish tufayli tanasi kalamushdek dastlabki sutemizuvchi hayvonlar kelib chiqqan. Taxmin qilinishicha, ular hozirgi o‘rdakburun va yexidnalar singari tuxum qo‘yib, ko‘paygan.

Yura davrida o‘rmonlarda ochiq urug‘lilar hukmronlik qilgan. Ularning ba’zilari, ya’ni sekvoyalar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Dastlabki gulli o‘sim- liklarning tuzilishi ibtidoiy bo‘lgan. Sporali va ochiq urug‘li o‘simliklarning gurkirab rivojlanishi natijasida o‘txo‘r sudralib yuruvchi hayvonlar tanasi nihoyatda yiriklashgan. Ba’zilarining tanasi 20-25 m ga yetgan. Sudralib yuruvchi hayvonlar faqat quruqlikda emas, balki suv, havo muhitiga ham tarqalgan. Arxeopterikslar shu davrda paydo bo‘lgan.

Bo‘r davrida iqlim keskin o‘zgargan. Osmonni qoplagan bulutlar juda kamayib, atmosfera quruq va shaffof bo‘lgan. Quyosh nurlari to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘simlik barglariga tusha boshlagan. Iqlimning bunday o‘zgarishi ko‘pgina qirqquloqlar va ochiq urug‘lilar uchun noqulay bo‘lgan va ular kamaygan. Yopiq urug‘li o‘simliklar esa, aksincha, ko‘paya boshlagan. Bo‘r davrining o‘rtalariga kelib yopiq urug‘li o‘simliklarning bir urug‘ pallali, ikki urug‘ pallali sinflarining ko‘p oilalari rivojlangan. Ularning xilma-xilligi, tashqi qiyofasi ko‘p jihatdan hozirgi zamon florasiga yaqinlashgan.

Bo‘rning ikkinchi yarmida sutemizuvchilarning xaltali va yo‘ldoshli kenja sinf vakillari paydo bo‘lgan.

Kaynozoy erasi 70 mln yil davom etgan. Iqlim iliq, mo‘tadil bo‘lgan. Kaynozoy erasida gulli o‘simliklar, hasharotlar, qushlar, sutemizuvchi hayvonlar avj olib rivojlangan Uchlamchi davr o‘rtalarida iqlim quruq va mo‘tadil, oxirida esa keskin sovigan. Iqlimdagi bunday o‘zgarishlar o‘rmonlarning kamayishiga, o‘tsimon o‘simliklarning keng tarqalishiga olib kelgan. Hasharotlar avj olib rivojlangan.

Quruqlikda, havoda qushlar, sutemizuvchilar, suvda esa baliqlar, ikkinchi marta suv muhitida yashashga moslashgan sutemizuvchilar ko‘paygan.

Yo‘ldoshli sutemizuvchi hayvonlarning qadimgisi hasharotxo‘rlar turkumi bo‘lib, ularning tuzilishi nisbatan sodda bo‘lgan, ulardan dastlabki yirtqichlar va primatlar kelib chiqqan. Davrning oxiriga kelib odamsimon maymunlar rivojlandi. O‘rmonlarning qisqarishi bilan ba’zi odamsimon maymunlar ochiq yerlarda yashashga majbur bo‘ldi. Natijada janubiy «maymunlar» - avstralopiteklar kelib chiqqan.

Kaynozoy erasining to‘rtlamchi davrida Yerning katta qismi muz bilan qoplangan. Issiqsevar o‘simlik qoplami janubda saqlanib qolgan, ko‘p o‘simlik turlari yo‘qolgan. To‘rtlamchi davrda odam ajdodlari evolutsiyasi tezlashadi. Odamlarning son jihatdan orta borishi va keng tarqalishi o‘simliklar va hayvonot olamiga ta’sir eta boshlaydi. Dastlabki ovchilar faoliyati tufayli o‘txo‘r yovvoyi hayvonlar soni asta-sekin kamaya boradi. Yevropa va Osiyoda mamontlar, qalin yungli karkidonlar, Amerikada mastodontlar, ot ajdodlari, bahaybat yalqov, dengiz sigiri degan hayvonlar dastlabki ovchilar tomonidan qirib yuborildi. Yirik o‘txo‘r hayvonlarning qirilishi ular bilan oziqlanuvchi g‘or arsloni, ayig‘i va boshqa yirtqich hayvonlarning qirilishiga sabab bo‘ldi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:

Savol va topshiriqlar:

  1. Mezozoy erasida o‘simliklar yashash uchun kurashda qanday moslanishlar hosil qilgan?

  2. Yura davrida o‘txo‘r hayvonlar tanasining yiriklashuviga nima sabab bo‘lgan?

  3. Odam evolutsiyasi qaysi davrda tezlashgan?

  4. Yer yuzida odamlar populatsiyalarining ortishi dastlab qaysi hayvonlarning qirilib ketishiga sabab bo‘lgan?


Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.


Fan o`qituvchisi_____________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
64- Mavzu: Odam biologiyasi.Antropoplgiya –odam evolyutsiyasi haqidagi fan. Odam va organik olam.56 -
Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə