Sanaat geografiyasi pa’ninin’ obekti ha’m predmeti joba



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə36/47
tarix11.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#147012
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
2a geo 412 Нурполат[1]

Kimyo sanoati tarmoqlari. Respublika kimyo sanoatining asosiy ushta tarmog’i rivojlangan. Bular tog’-kon kimyosi, asosiy kimyo va organik sintez kimyosi.
Tog’-kon kimyosi, respublikada kimyo sanoati uchun xom ashyo qazib shiqarildi. Ma’lumki respublikamizda qazib olinayotgan tabiiy gaz, neft gaz kondensati, tabiiy gazdan ajratib olinayotgan oltingugurt, rangdor metallurgiya sanoati shiqindilari va boshqalar kimyo sanoatining xom ashyosi bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda keyingi yillarda respublikamiz yer bag’ridan qazib olinayotgan osh tuzi, fosforit, gipslar xam kimyo sanoatining xom ashyosi xisoblanadi. Ushbu qazilma boyliklarni qazib olish evaziga respublikada tog’-kon kimyosi shakllana boshladi. Keyingi yillarda Markaziy Qizilqumdan fosforit koni topildi. Ushbu konni o’zlashtirish asosida respublikamizdagi supyerfosforit zavodlari ishlamoqda. Bundan tashqari Surxandaryo viloyatidagi «Xo’jaikon» tuz konidan, Orol bo’yi soxillaridan osh tuzlari qazib olinmoqda. Bular xam kimyo sanoati uchun xom ashyo rolini o’ynaydi.
Asosiy kimyo. Respublikamizda asosiy kimyo sanoatining maxsuloti minyeral o’g’itlar xisoblanadi. Respublikamizda paxtachilik va boshqa dexqonshilik ekinlarini yetishtirish minyeral o’g’itlarsiz tasavvur etish qiyin. Respublikamizda etishtirilayotgan dexqonshilik ekinlarini minyeral o’g’itlar bilan ta’minlash maqsadida azot va fosforit o’g’itlari ishlab chiqarish rivojlantirildi. Shu maqsad uchun 1940 yilda Chirchiqdagi azotli minyeral o’g’itlar ishlab shiqaradigan elektroximiya kombinati ishga tushirildi. 1946 yilda Qo’qon va 1957 yilda Samarqand supyerfosforit zavodlari qurib ishga tushirildi. Bu korxonalar asosiy ishlab chiqarish komponenti bo’lgan fosforitni ilgari Kola yarim orolidan, keyinshalik Qoratov (Qozog’iston) kondan olar edi. Xozirgi kunda ushbu zavodlar fosforitni markaziy Qizilqumdan olmoqda.
Buxoro viloyatida Gazlida yirik gaz konlarining topilishi evaziga Chirchiq elektrokimyo kombinati gaz asosida azot o’g’itlar ishlab shiqara boshladi. 60 yillar davomida gaz asosida ishlaydigan Farg’ona azot o’g’itlari zavodi va Navoiy kimiyo kombinati qurildi. 1969 yilda ishga tushirilgan Olmaliq kimyo zavodi murakkab o’g’itlar (ammofos) ishlab shiqarilmoqda 70 yillar o’rtalarida Samarqand supyerfosfat zavodi qayta qurilib, bu Yerda xam ammafos ishlab shiqarilmoqda.
G’o’za zararkunandalariga va begona o’tlarga qarshi kurashda ishlatiladigan kimyoviy vositalar, g’o’za bargini to’kadigan defoliantlar Navoiy elektrokimiyo kombinatida, Farg’ona azot o’g’itlari zavodida ishlab shiqarilmoqda.
Kimyoning turli maqsadlariga foydalaniladigan sulfat kislotali Qo’qon va supyerfosfat zavodlarida tayorlanar edi. Lekin u Respublika xalq xo’jaligining sulfat kislotaga bo’lgan talabani to’liq qondira olmas edi. Shu sababli xozirgi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida mis va rux zavodlari yonida sulfat kislota ishlab shiqariladigan ikkita sex ishga tushirildi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə