Sanaat geografiyasi pa’ninin’ obekti ha’m predmeti joba



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə38/47
tarix11.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#147012
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47
2a geo 412 Нурполат[1]

Atir-upa maxsulotlari «Lola» firmasi (Toshkent), dori-darmonlari «O’zkimyofirm»birlashmasi (Toshkent kimyo farmasevtika zavodi)da, «O’zfarm sanoat» davlat-aktsiyadorlik konsyern korxonalarida ishlab shiqariladi.
Istiqbolda kimyo sanoatini rivojlantirish fosforit, selyuloza, kaustik va kalsiy sodasi, kaliyli, o’g’itlar, o’simliklarini kimyoviy ximoya vositalari, toluol, polimYerlar kabi eng muxim xom ashyo turlarini ishlab chiqarish muxim ahamiyatga ega. Kimyo sanoati korxonalarida Xitoy, AQSH, Yaponiya, Gyermaniya, Italiya firmalari bilan o’zaro fan-texnika, savdo sohalarida xamkorlik yo’lga qo’yilgan.
Ushbu mavzu quyidagi muammolar eshimini toping:
-Sizningsha Respublikamizda kimyo sanoatini rivojlantirish imkoniyatlari qanday?
-Mamalkatimizda tog’-kon kimyo sanoatini rivojlantirish istiqbollari qanday?
-Sizningsha kelajakda mamlakatimizda kimyo sanoatining qaysi tarmoqlarini rivojlantirish maqsadga muvofiq?
YENGIL VA OZIQ-OVQAT SANOATI
Reja:
1. Еngil va oziq ovqat sаnоаtning ahamiyati vа хоm аshyo zаxirаlаri.
2. Еngil va oziq ovqat sаnоаtning jоylаnishigа tа`sir etuvchi оmillаr.
3. Еngil va oziq ovqat sаnоаtning tаrkibi vа gеоgrаfik jоylаnishi.
4. O`zbеkistоnning va oziq ovqat еngil sаnоаti.

Yengil sanoatda keng iste’mol mollari ishlab chiqariladi va u quyidagi tarmoqlardan iborat: ip-gazlama, jut, jun, trikotaj, ko’n, poyabzal, mo’yna va boshqalar.


Yengil sanoatga xom ashyoni asosan qishloq xo’jaligi yetkazib byeradi (paxta, zigir tolasi, jun, ko’n (tyeri, mo’yna), Xozirgi paytda kimyo sanoati maxsulotlari xam yengil sanoat xom ashyosi bo’lib xisoblanadi (sun’iy tola).
Ip-gazlama, jun gazlama, shoyi va zigir tolasidan gazlama ishlab chiqarish to’qimachilik sanoatini tashkil qiladi.
Gazlama to’qish jarayoni bir necha boskichlardan iborat:
- xom ashyoga dastlabki ishlov byerish boskichi, paxta tozalash, zigir tolasiga ishlov byerish, jun yuvish (pillachilik korxonalarida amalga oshiriladi);
- ip yigirish bosqichi (ip yigiradigan korxonalarda amalga oshiriladi);
- gazlama to’qish bosqichi (to’qimachilik korxonalarida amalga oshiriladi);
- pardozlash bosqichi (bo’yash va gul bosish sexlarida amalga oshiriladi).
Ushbu barcha bosqichlar aloxida-aloxida joylashgan yigirish, to’qish yoki pardozlash fabrikalarida amalga oshirilishi mumkin, ammo transport xarajatlari (xar bir fabrikadan yuklarni olib ketish va tushirish) maxsulot tannarxini oshirib yuboradi. Demak, to’qimachilik ishlab chiqarishini bir korxonada — kombinatda to’plash foydaliroq bo’ladi.
Xom ashyoga dastlabki ishlov byerish korxonalari xom ashyo manbalariga yaqin joylashtiriladi. To’qimachilik korxonalarida ko’proq ayollar ishlaydi, shuning uchun ushbu sanoatni axoli ko’p to’plangan shaxarlarda va og’ir sanoat rivojlangan xududlarda joylashtiriladi.
Trikotaj va tikuvchilik sanoati korxonalarini joylashtirishda ular maxsulotlaridan foydalanadigan xududlar xisobga olinadi. Chunki bu sanoat uchun kyerak bo’lgan kalavalarni tashish tayyor maxsulotni tashishdan qo’layroq va arzonroq. Demak, to’qimachilik sanoati korxonalarini joylashtirishda iste’molchilar, mexnat resurslari va xom ashyo manbalari xisobga olinadi.
Yengil sanoatning eng muxim tarmoqlaridan biri ko’n-poyabzal sanoatidir. Tabiiy ko’n (tyeri) bu sanoat tarmog’i uchun xom ashyo bo’lib xisoblanadi. Bundan tashqari, sun’iy tyeri, rezina, parusina (kanopdan to’qilgan dag’al qalin mato), jun (piyma uchun) xam xom ashyo sifatida ishlatiladi. Chorvachilikning turli xududlarda ixtisoslashuviga qarab, ushbu sanoatning xom ashyosi xilma-xil bo’ladi. Ko’n sanoatini joylashtirishda xom ashyo manbai muxim o’rin tutadi. Ammo go’sht kombinatlarining chiqindisi xisoblangan tyerilar xam bu sanoatni joylashishiga ta’sir ko’rsatadi. Poaybzal sanoati iste’molchiga yaqin joylarda barpo etiladi.
Respublikamizda yengil sanoat eng istiqbolli sanoat tarmoqlaridan biridir. Chunki yengil sanoatni rivojlantirish uchun xom ashyo, Yoqilg’i-enyergetika, malakali ishshi kushi va iste’molshilar mavjud. Respublikada yengil sanoat xom ashyolari paxta tolasi, ipak, kanop va boshqalar yetarli darajada mavjud. Xozirgi vaqtda yengil sanoat O’zbekiston yalpi sanoat maxsulotining 30%ini ishlab shiqarmoqda.
Yengil sanoatni ikki guruxga bo’lish mumkin. Uning birinshi guruxiga qishloq xo’jalik maxsulotlarini qayta ishlaydigan-paxta tozalash, pillakashlik, qorako’l trisiga, kanop tolasiga ishlov byerish, jun yuvish kabi tarmoqlar kiradi. Ikkinshi guruxga axoli va xo’jalik extiyojlari uchun keng iste’mol mollari-to’qimachilik, ip-gazlama, trikotaj, shoyi-gazlama, tikuvchilik, poyafzal, mo’yna, gilam, attorlik mollari, shinni idishlar ishlab shiqaradigan tarmoqlar kiradi.
Yengil sanoatning qishloq xo’jalik maxsulotlarini dastlabki qayta ishlovshi tarmoqlar orasida eng rivojlangan va keng tarqalgan paxta tozalash sanoati xisoblanadi. Respublikamizda xozirgi kunda 120 ta paxta tozalash zavodi va 560 ta paxtani qabul qilish punktlari mavjud. Asaka, G’ijdivon, Buxoro, Qo’qon, Yangiyo’l, Qarshi, Zirabuloq, Namangan va Jumada eng yirik paxta tozalash zavodlari ishlab turibdi.
Respublikamizda tayorlangan paxta tolasi MDX va 30 tadan ortiq mamlakatlarga jo’natilmoqda.
Respublikamizda qishloq xo’jalik maxsulotlariga birinshi qayta ishlov byeradigan sanoat tarmoqlaridan biri pillakashlik sanoati xam yaxshi rivojlangan. Respublikamizda MDXda etishtiriladigan pillaning 60%ini etkazib byeradi. O’zbekistonda dastlabki pillakashlik fabrikasi 1921 yilda Farg’ona shaxrida qurildi. Keyinshalik pillakashlik fabrikalari Samarqand, Marg’ilon, Buxoro, Toshkent, Urgansh va Shaxrisabzda qurilib ishga tushirildi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə