Sanaat geografiyasi pa’ninin’ obekti ha’m predmeti joba



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə35/47
tarix11.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#147012
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
2a geo 412 Нурполат[1]

Qadagalaw ushin sorawlar
1. Shuwash (oblitsovıchnıy) tsementtin’ shiyki zatı ne
2. Krovel qurılıs materialları qaysılar
3. Metlax plitası ne ha’m isletiliwi
4.Tsement sanaatı peshi haqqında sıpatlama
5. Selikat gerbishi haqqında tu’sinik
6. Cherepitsa islep shıg’arıw sanaatı haqqında tu’sinik
7. Saban qurılıs materialları retinde isletiliwdin’ sebepleri keler.


KIMYO SANOATI
Reja:
1. Umumiy ma’lumot
2. Uning xalq xo’jaligidagi o’rni
3. Kimyo smanoatining o’ziga xos xususiyatlari
4. Kimyo sanoati zavodlarini kurishdagi shartlari
5. O`zbеkistоnning kimyo sаnоаti.
Kimyo sanoati xalq xo’jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri xisoblanadi. Uning joylashishi mashinasozlik sanoatining joylashini eslatadi.
Kimyo sanoati o’ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchi xususiyati, tabiiy matyeriallardan ustun turuvchi yangi matyeriallar ishlab chiqarishidir. Bu matyeriallar arzonligi va mustaxkamligi bilan ajralib turadi. Masalan, kapron ishlab chiqarish uchun tabiiy ipak tayyorlashga nisbatan 20 barobar kam mexnat sarflanadi.
Ikkinchi xususiyati, ishlab chiqarishni kombinatlashtirishda katta imkoniyatlarga ega ekanligi. Chunki, ko’mir, neft, gaz, slanets, torfdan bir vaqtning o’zida xam enyergiya, xam qimmatli kimyo maxsulotlari olish uchun foydalanish enyergetika-kimyo kombinatlarini qurishga olib keldi. Kimyo sanoatini boshqa sanoat tarmoqlari bilan kombinatlashtirish natijasida maxsus ishlab chiqarishlar — koks-kimyo, neft-kimyo, slanets-kimyo sanoat tarmoqlari vujudga keldi.
Uchinchi xususiyati, kimyo sanoatining keng xom ashyo manbalariga egaligidir. Turli xil foydali qazilmalar, yog’och, suv, xavo, ishlab chiqarish chiqindilari ushbu sanoat uchun xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Ammo uning asosiy xom ashyosi maxsus tayyorlangan xom ashyo (neftni qayta ishlash, ko’mirni kokslash chiqindilari) bo’lib xisoblanadi.
Kimyo sanoati bir qancha tarmoqlardan iborat, ularning asosiylari quyidagilar: tog’ kimyosi, asosiy kimyo, polimyerlar kimyosi.
Tog’ kimyosi minyeral xom ashyoni qazib olish bilan shug’illanadi, shuning uchun bu tarmoq korxonalari xom ashyo manbalariga yaqin bo’lgan joylarda joylashtiriladi.
Asosiy kimyo tarmog’i minyeral o’gitlar va turli xil kislotalar, tuzlar ishlab chiqaradi. Sulfat kislotasini tashib yurish qiyin, uni tashish uchun kislotaga chidamli matyeriallardan yasalgan maxsus sistyernalar kerak bo’ladi. Ammo uning xom ashyosini tashish osonroq. Shu sababli sulfat kislotasi ishlab chiqaradigan zavodlar, kislota ishlatiladigan xududlarda, ya’ni iste’molchiga yaqin quriladi. Sulfat kislotasi metallurgiya kombinatlarida xam ishlab chiqariladi. Bularda sulfat kislotasi rangli metallarni eritganda chiqadigan oltingugurt gazidan olinadi.
Superfosfat zavodlari o’gitlar iste’mol qilinadigan joylarda qiriladi. Chunki 1 t xom ashyodan 2 t o’git tayyorlanadi, ammo o’git ishlab chiqarish uchun juda ko’p sulfat kislotasi ishatiladi. Tarkibida fosfor ko’p bo’lgan o’gitlar ishlab chiqaruvchi yangi supyerfosfat zavodlari ko’proq xom ashyo manbalariga yaqin qurilmoqda, chunki xom ashyoga nisbatan tayyor maxsulotni tashish qulayroq.
Azotli va kaliyli o’gitlar zavodlari xam xom ashyo manbalariga yaqin quriladi. Azotli o’gitlar zavodlarida tabiiy va yo’ldosh gazlardan foydalaniladi. Shu sababli, bunday zavodlar neft qazib chiqariladigan rayonlarda, magistralx gaz quvurlari o’tgan Yerlarda, metallurgiya kombinatlari yonida quriladi.
Polimyerlar kimyosida maxsulot birligini olish uchun ko’p miqdorda issiqlik va elektr enyergiyasi, suv va maxsus tayyorlangan xom ashyo sarflanadi. Shu sababli, polimyerlar ishlab chiqarish neft maxsulotlari ishlab chiqaradigan, ko’mir kokslanadigan joylarda, arzon enyergiya, yoqilg’i va suv bor xududlarda barpo qilinadi. Tayyor maxsulot (plastmassa buyumlar) ishlab chiqaradigan korxonalar iste’molchini xisobga olib quriladi.
Jahonda kimyo sanoati rivojlanishi bo’yicha AQSH, Yaponiya, Gyermaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Ispaniya, Nidyerlandiya, Rossiya, Xitoy yetakchi xisoblanadi. Rivojlanayotgan davlatlarda yaqin vaqtlargacha tog’ kimyosi yetakchi edi. 70-yillardan boshlab neft qazib olinadigan davlatlarda (Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo, Lotin Amyerikasi davlatlarida) neft kimyosi sanoati rivojlanmoqda.
Kimyo sanoati maxsulotlarini mashinasozlik (plastmassa, oyna, rezina), to’qimachilik sanoati (tola, bo’yoqlar), qishloq xo’jaligi (o’gitlar, zaxarli moddalar), transport (motor yoqilg’isi, surtish moyi, sintetik yoqilg’i), qurilish (yopishqoq matyerial, plyonka, oyna, plastik) oladi.
O’zbekistonda minyeral o’gitlar, sulfat kislotalar, sun’iy tola, rezina, lok-bo’yoq, plastmassa buyumlar ishlab chiqaradigan tarmoqlar rivojlangan.
Respublikamiz kimyo sanoati uchun kerakli xom ashyo va mexnat resurslariga ega. Respublikada kimyo sanoatining xom ashyosi bo’lib arzon tabiiy gaz, neft bilan birga ushraydigan yo’ldosh gaz, gaz kondensatrlar, elektr quvvati, turli xil minyerallar xizmat qiladi. Kimyo sanoati ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish uchun respublikada mexnat resurslari xam yetarli. Respublika tabiiy gaz va neftdan tashqari, osh tuzi, kaliy tuzi, fosforit, gips, oltingugurt va boshqa konlar xam topilgan. Rangdor metalurgiya va paxta tozalash sanoati shiqindilari, g’o’zapoya xam kimyo sanoati uchun qimmatli xom ashyo xisoblanadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə