Sanoatda ishlab chiqarish xarajatlari va ularni kamaytirish


Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari



Yüklə 206,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix26.10.2023
ölçüsü206,2 Kb.
#132344
1   2   3   4   5
SANOATDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA ULARNI KAMAYTIRISH YO’LLARI

 
Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari 
Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg’i va 
elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish 
sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat 
mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi. 
Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini 
va ishlab chiqarishni o’stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish 
orqali har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko’paytirish 
kerak bo’ladi. Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, 
ammo ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish 
haqiga nisbatan jadal o’sgandagina tannarx pasayadi. 
Mehnat unumdorligining o’sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot 
ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan 
mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi 
qisqaradi. 
Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni 
tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan 
almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo’lgan 
sarflarni qisqartirish kerak bo’ladi. 
Xizmat ko’rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga 
esa tarmoq va korxonalardagi ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini 
kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun 
ketadigan mablag’’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi. 
Unumsiz xarajatlarni (jarima to’lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot 
tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini 
takomillashtirishning, ishlab chiqarishni rasional joylashtirish, ishlab chiqarish va 
mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini 


pasaytirishning ta’minlovchi omillari bo’lib hisoblanadi. Masalan, texnika 
taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir 
ko’rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizasiyalash hamda 
kompleks avtomatlashtirish, ximiyalash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan 
solishtirma xarajatlarni kamaytiradi. 
Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun 
eng avvalo undagi rezervlarni, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash 
kerak. Ular ko’zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko’z ilg’amaydigan 
bo’lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin 
ularni aniqlash, topish mumkin bo’ladi. 
Rezervlar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular eng 
avvalo to’planish joyiga qarab ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi. 
Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo’yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-
ekologik rezervlar kiradi. 
Rezervlar safarbar etilishi muddati bo’yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi. 
Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo’yicha ham guruhlarga 
bo’lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy fondlardan 
foydalanish rezervlari kiradi. 
Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo’lib ko’rish 
mumkin: 
- tashkiliy-texnikaviy rezervlar; 
- ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar. 
Mana shu yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya’ni foydalanilmayotgan 
imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin 
pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish 
kerak. U ishning metodikasi, usulini “Korxonalar faoliyatini tashkil etish, 
rejalashtirish va boshqarish” fanidan o’qiladigan ma’ruzalarda, amaliy 
mashg’ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi. 
Mahsulot 
tannarxini 
rejalashtirish 
mehnat, 
moddiy 
va 
moliyaviy 
mablag’’lardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori 
samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo’limlarni o’z 
ichiga oladi: 
1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi; 
2. Mahsulot tannarxini kalkulyasiya etish; 
3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi; 
4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi. 
Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng 
avvalo, hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini 
pasaytirish, foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan 


rezervlardan foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. 
Ikkinchi bosqichda esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja 
topshiriqlari korxona bo’limlariga etkaziladi. 
Mahsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida 
yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning o’zida hisob qilinadigan 
ko’rsatkich hisoblanadi. SHunga qaramay, mahsulot tannarxi sanoat 
ko’rsatkichlaridan biri bo’lib qolaveradi. CHunki sanoat mahsuloti tannarxini 
pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri 
hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bo’lsa, albatta, boshqa shart-
sharoitlar bir xil bo’lgan holda (masalan, xuddi o’sha mahsulotning narxi barqaror 
bo’lganda) uni sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko’p bo’ladi.
Narx bozor kategoriyasi bo’lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan 
munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi 
ifodasi, qiymatining bozordagi ko’rinishidir. 
Narx nimaga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy 
funksiyani bajaradi: 
1.
bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi 
2.
hisob-kitob, ulchov funksiyasi 
3.
iqtisodiy regulyator funksiyasi 
4.
raqobat vositasi funksiyasi 
5.
ijtimoiy himoya funksiyasi 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud: 
1.
demping narx 
2.
nufuzli narx 
3.
milliy narx 
4.
arzonlashtirilgan narx 
5.
jahon narxi 
6.
yashirin narx 
7.
erkin narx 
8.
standart narx 
9.
kontrakt (ulgurji) narx 
10.
chakana narx 
11.
o’zgaruvchan narx 
12.
limit narx 
13.
muvozanat narx 
Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o’zgarishlardan ham 
darak beradi. 
Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni 
rag’batlantirishdir. 


Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko’paytirishgina 
emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham 
rag’batlantiradi. 
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog’liq. Bu 
daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo’jalik faoliyati 
ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o’z shaxsiy yoki ishlab chiqarish 
iste’mollarini ko’plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning 
narxlariga bevosita bog’liq bo’ladi. 
Narxlarning to’rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo’jalik sohalariga ishlab 
chiqarish omillarini taqsimlashdir. 

Yüklə 206,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə