−
tovarlarni tashish xarajatlari;
−
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining muomala xarajatlari;
Ma’muriy xarajatlar:
−
boshqaruv xodimlarining mehnat to’lovlari;
−
ularga sug’urta ajratmalari;
−
xizmat avtomobillarini asrash;
−
boshqaruvning texnik vositalari, aloqa, signalizasiya, hisoblash markazi va h.k.
−
boshqaruvdagi asosiy fondlar amortizasiyasi;
−
xizmat safari xarajatlari.
Boshqa operasion xarajatlar:
−
kadrlar tayyorlash;
−
qurilishdagi kamchiliklarni yo’qotish;
−
maslahatlar berish va axborotlar xizmati to’lovlari, auditlar xizmati to’lovlari va
h.k.
-moliyaviy faoliyat xarajatlari:
−
banklarning uzoq va qisqa muddatli kreditlari uchun to’lovlar;
−
uzoq muddatli ijara uchun to’lovlar;
−
valyuta kursining o’zgarishi sababli foyda va zararlar;
−
korxonaning o’z qimmatbaho qog’ozlarini chiqarish va tarqatish xarajatlari.
-favqulodda zararlar:
−
bularga kutilmagan holda yuz beradigan zararlar kiradi.
Yuqoridagilardan ko’rinib
turibdiki, yangicha sharoitda mahsulot tannarxiga
tijorat, ma’muriy, umumxo’jalik va moliyaviy xarajatlar kiritilmaydi. Balki ular
har davrning o’zida korxona foyda summasi hisobidan qoplanadi va bu holat milliy
hisoblar tizimiga mos keladi.
Davr xarajatlari – korxonalar faoliyatida yangi ko’rsatkich hisoblanadi. Bu
xarajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq emas.
Bularga ishlab chiqarishni boshqarish,
tijorat xarajatlari, umumxo’jalik xarajatlari
shu jumladan ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik xarajatlari kiradi. Ular
umumxo’jalik xarajatlari bo’lib, ularning hajmi ishlab chiqarish mahsulot hajmi
bilan bog’liq emas, balki davr, vaqt bilan bog’liq.
Mahsulot tannarxi korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq
bo’lgan, pul bilan ifodalangan xarajatlarning yig’indisidir. Mahsulot tannarxining
ma’lum darajasi juda ko’p ishlab chiqarish omillarining o’zaro ta’sir natijasidir.
Masalan, tannarxning pasayishiga
mehnat unumdorligining oshishi, xom ashyo,
elektroenergiya, yoqilg’gi materiallarning tejab tergab sarf qilinishi, asbob
uskunalardan foydalanish
darajasining oshirilishi, brak, bekor turishlarning
kamaytirilishi va h.k. ta’sir ko’rsatadi.
Tannarxning pasaytirilishi bilan korxonalarning pul jamg’armalari oshadi,
ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va takomillashtirish uchun qo’shimcha
mablag’ beradi, mahsulotlar chakana narxini pasaytirib bu bilan aholining turmush
darajasini yuksaltirishga imkon yaratadi.
Mahsulot tannarxi xarajat elementlari bo’yicha klassifikasiyalanadi.
Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat:
1.
Xom ashyo va asosiy materiallar (chiqindilar kirmaydi);
2.
Yordamchi va boshqa materiallar;
3.
Yoqilgi;
4.
Energiya;
5.
Asosiy va qo’shimcha ish haqi;
6.
Ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
7.
Asosiy fondlar amortizasiyasi;
8.
Boshqa pul xarajatlari.
Bundagi 1-4 – elementlar mehnat predmetlari uchun, 5 va 6 – elementlar kishi
mehnati uchun, 7 – element mehnat vositalari uchun sarflangan
pul xarajatlarini
ifodalaydi. 8 – element esa ishlab chiqarishni normal amalga oshirish uchun zarur
pul xarajatlaridir (yollangan transport, xodimlarni xizmat safariga yuborish,
pochta, telegraf, o’qishga yuborilganlarga to’lanadigan
stipendiya va boshqa shu
kabi xarajatlar).
Ishlab chiqarish xarajatlarini mazkur iqtisodiy elementlari bo’yicha
klassifikasiya qilish tannarxning tuzilishini o’rganish imkonini beradi. Birlik
mahsulot uchun xarajat kalkulyasiya moddalari bo’yicha mahsulot tannarxidagi
xarajatlar klassifikasiyalanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish jarayonida tutgan o’rniga qarab
asosiy va qo’shimcha xarajatlarga ajratiladi. Asosiy xarajatlar
bevosita mahsulot
ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’ladi. Qo’shimcha xarajatlar korxonani xo’jalik
jihatdan boshqarish bilan bog’liq bo’lib unga ortiqcha xarajat va nobudgarchiliklar
ham (jarima, kamomad, brak, bekor turishlar) qo’shiladi.
Mahsulot hajmi bilan bog’liqligiga qarab xarajatlar o’zgaruvchan va shartli
doimiy xarajatlarga ajratiladi. O’zgaruvchan xarajatlar mahsulot hajmi
o’zgarishiga qarab o’zgaradi (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar,
energiya, asosiy ishchilarning ish haqi va h.k). SHartli doimiy xarajatlar mahsulot
hajmi o’zgarishiga qarab o’zgarmaydi (boshqaruv xarajatlari). Mahsulot hajmining
ortishi shu xarajatlar hisobiga uning bir donasi tannarxining pasayishiga olib
keladi.
Mahsulotlarning ayrim turlari orasida taqsimlanishiga
qarab xarajatlar
bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi. Bevosita xarajatlar ayrim mahsulotlar
tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri qo’shiladi (xom ashyo yoki asosiy materiallar).
Bilvosita xarajatlar ayrim mahsulotlar turlari bo’yicha shartli ravishda qandaydir
to’g’ri xarajat (masalan, ish haqi)ga nisbatan proporsional ravishda taqsimlanadi.
Xarajatlarni bunday guruhlarga ajratish bir necha xil mahsulot ishlab chiqaradigan
korxonalarga xos bo’lib, bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga hamma
xarajatlar ham o’sha mahsulot tannarxiga kiradi.
Mahsulot tannarxining dinamikasini o’rganishning muhim shartlaridan biri
o’rganilayotgan mahsulotning albatta solishtirma tovar mahsulot bo’lishidir.
Solishtirma tovar mahsulotga solishtirilayotgan ikki davr (bazis va joriy)da
ishlab
chiqarilgan va shu bilan birga texnologiyasi, konstruksiyasi bir oz o’zgarsa ham
lekin iste’mol xususiyati o’zgarmagan mahsulotlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: