Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Nomzodlar qanday malaka, ko‘nikma va sifatlarga ega bo‘lishi



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#121584
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   186
Rekrutment Darslik

Nomzodlar qanday malaka, ko‘nikma va sifatlarga ega bo‘lishi 
kerak? 
O‘tkazilgan tadqiqotlarda nomzodlarning eng ko‘p e’tibor 
qaratiladigan muhim malaka va ko‘nikmalari ham aniqlandi. Jamoada 
ishlay olish, “kommunikabellik” (kirishimlilik), fikrlash qobiliyati, 
professionalizm va texnik malaka shular jumlasidandir.
 
So‘rovda ishtirok etgan kompaniyalarning qariyb yarmi (49 foiz) 
yangi xodimlarga turli stajirovkalar taklif etadi, 32 foizi esa yangi 
xodimlarni o‘qitishdan manfaatdor emas. 
Mazkur tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kadrlarni o‘qitish (tayyorlash, 
qayta tayyorlash), bilimlarni almashish hamda turli tadbirlarni o‘tkazish 


233 
xususiy sektor va oliy o‘quv muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy 
usullaridan sanaladi. 
Seminarlar va treninglarda nimalar o‘rgatiladi? 
«Raqiblardan ko‘ra 
tezroq o‘qib-o‘rganish qobiliyatingiz qo‘llab-quvvatlanishi kerak bo‘lgan 
yagona raqobat afzalligi bo‘lsa ajab emas”, degan edi Global Business 
Network asoschisi Are de Geuz (Arie de Geus, Gollandiya)[1]. U 1981 yilda 
tuzilgan va ssenariy bo‘yicha rejalashtirish, yirik korporatsiyalarda qarorlar 
qabul qilish va o‘zgarishlarni boshqarish xususiyatlari va jarayonlari 
bo‘yicha yetakchi guruhga rahbarlik qilgan. Mazkur guruh ayni sohaning 
yetakchilaridan edi.
 
Trening xodimlarni o‘qitishning interaktiv usuli bo‘lib, u qisqa 
muddatda nazariy bilimlarni berish hamda ularni amaliyotda qo‘llash 
usullarini qamrab oladi. Hozir u qisqa muddat ichida malaka oshirish va 
amaliy ishlanmalarni almashishning eng yaxshi usuliga aylandi. 
Ishtirokchilar trening davomida nafaqat yangi bilimlar, qolaversa, ularni 
amalda qo‘llash imkoniga ham ega bo‘ladi. Albatta, treninglar asosiy o‘rta-
maxsus va oliy ta’lim o‘rnini bosa olmaydi. Ular ishtirokchilar malakasini 
qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalar bilan boyitadi. 
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘rtacha olganda, bir yil 
davomida so‘rovda ishtirok etgan kompaniyalarning 74 foizi xodimlari 
ichki va tashqi treninglarda qatnashgan. O‘zbekiston Respublikasi 
qonunchiligida ko‘zda tutilgan malaka oshirish kurslari bundan mustasno. 
Xodimlarni o‘qitish treninglari uchun sarflangan xarajatlarni tashkilotlar 
butunlay yoki qisman to‘lab bergan. 
Ushbu tadqiqotlar kompaniyalarning amaldagi trening dasturlariga 
qo‘shimcha ravishda boshqa turdagi treninglarga ehtiyoji borligini 
ko‘rsatdi. 
Kompaniyalar 
xodimlari 
uchun 
yetakchilik 
sifatlarini 
shakllantirishda va ish vaqtini optimal tashkillashtirishda yordam beradigan 
hamda tahliliy fikrlashga o‘rgatadigan dasturlar zarurligi ma’lum bo‘ldi. 
So‘rovga ko‘ra, kutilgan natijaning samarasizligi, moliyaviy 
cheklovlar va naf beradigan dasturlarni tanlashdagi qiyinchiliklar bu 
yo‘ldagi asosiy to‘siqlardan hisoblanadi. 
ERGO Research and Advisory O‘zbekiston va Yevroosiyoda 
iqtisodiy, institutsional va ijtimoiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanadigan 
mustaqil tahliliy kompaniyadir. 
HRC kompaniyasi 2006 yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonda 
inson 
resurslari 
bo‘yicha 
dastlabki 
professional 
konsalting 
kompaniyalaridan biridir. Kompaniya ko‘rsatadigan asosiy xizmatlar o‘rta 


234 
va oliy boshqaruvidagi xodimlarni saralab olish, autstaffing[2], xodimlarni 
baholash va kadrlar bo‘yicha konsalting hisoblanadi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə