Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#121584
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   186
Rekrutment Darslik

Hududlararo qidiruv
- bu buyurtmachi kompaniyasi uchun zarur bo‘lgan 
nomzodlarni ko‘rsatilgan hududga ko‘chirishga va kompaniyaga ishga 
joylashtirishga yo‘naltirilgan rekrutment yo‘nalishidir.
Ichki rekrutment
- bu kompaniyaning tegishli mutaxassisi yoki kadrlar 
xizmati bo‘limining bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni qidirish va tanlash va 
ularni keyinchalik moslashtirish bo‘yicha faoliyati. 
Klassik yoki passiv rekrutment
- bu vakolatlar va majburiyatlarning 
standart to‘plamiga ega bo‘lgan o‘rta darajadagi mutaxassislarni (masalan, 
savdo menejeri, buxgalter, yordamchi menejer, advokat va boshqalar)
topish uchun klassik vositalardan foydalanadigan rekrutment yo‘nalishi.
Maxsus malaka savollari
- bu ma'lum bir kasb nomzodlariga beriladigan 
savollardir va ayni paytda chiziqli rahbar bilan kelishilgan savollardir. 


238 
Neyrotizm
- bu hissiy beqarorlik, tashvish, havotir, o‘zini yomon his etish 
va vegetativ kayfiyat buzulishlari bilan tavsiflanadigan ruhiy holat. 
Ommaviy yoki loyihaviy rekrutment
- buyurtmachi kompaniya bilan 
tasdiqlangan jadvalga muvofiq odatdagi lavozimlarga nomzodlarning katta 
va / yoki kelishilgan soniga yo‘naltirilgan rekrutment yo‘nalishi. 
Panelli intervyu
- bu ish beruvchi kompaniyaning bir nechta vakillari bitta 
nomzod bilan olib boradigan suhbatdan iborat. 
Personal lizingi
(ingliz tilidan personal leasing) - rekruting agentligi o‘z 
nomidan ishchilar bilan mehnat shartnomasini tuzadigan va keyin ularni 
buyurtmachi kompaniyaga 3 oy yoki undan ko‘proq muddatga ishlashga 
yo‘naltiradigan rekrutment sohasidir. 
Personal autpleysmenti 
(inglizcha Personal outplacement) – rekrutment 
yo‘nalishi bo‘lib, bunda rekruting agentligi buyurtmachi kompaniyadan 
ma’lum muddatga va ma’lum sharoitlarda bo‘shatilayotgan xodimlarning 
bandligini ta’minlash bo‘yicha maqsadli xarakatlarni amalga oshiradi. 
Rekruting
- bu kompaniya kadrlar menejmentining nomzodlarni qidirish va 
tanlash, keyinchalik ularni bo‘sh ish o‘rinlariga yollash maqsadidagi 
tashkiliy chora-tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladigan biznes jarayonidir. 
Rekrutment
- buyurtmachi-kompaniyaning bo‘sh ish joylarini uning 
professional malaka talablariga mos keladigan mutaxassislar bilan pulli 
asosda to‘ldirish uchun shart -sharoitlarni yaratishni o‘z ichiga oladigan 
iqtisodiy faoliyat turidir. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə