Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


To'g'ridan-to'g'ri qidirish (inglizcha



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#121584
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   186
Rekrutment Darslik

To'g'ridan-to'g'ri qidirish (inglizcha 
executive search) - bu faqat yuqori 
boshqaruv lavozimlarida ishlashga qodir 
yuqori malakali va yuqori maoshli 
mutaxassislarga, shuningdek talabi 
taklifidan oshib ketadigan faoliyatning 
noyob sohalaridagi mutaxassislarga 
qaratilgan rekrutment yo’nalishidir
 


30 
2.2.1-rasm. Nomzodlarni to‘g’ridan-to‘g’ri qidirish bosqichlari 
 
To‘g'ridan-to‘g'ri qidirish xizmatlari xedxantingni o‘z ichiga oladi. 
Xedxanting (inglizcha “headhunting”) yoki "bosh ovlash" bu to‘g'ridan-
to‘g'ri qidiruv yo‘nalishi bo‘lib, unda biznes samaradorligi va rivojlanishini 
oshirish uchun muvaffaqiyatli va professional mutaxassislarni va raqobatchi 
kompaniyalar rahbarlarini o‘z tomoniga og’dirish usullari qo‘llaniladi. 


31 
Amalda, asosiy vositalar ham, xedxantingdan foydalanish bosqichlari 
ham nomzodlarni to‘g'ridan-to‘g'ri qidirishdan juda farq qilmaydi. Bitta 
farqi shundaki, "bosh ovchilar" asosan raqobat razvedka usullaridan 
foydalangan holda faqatgina raqobatchi kompaniyalar va / yoki mutlaqo 
aniq nomzodlar bilan ishlashadi. 
O‘z navbatida, xedxanting xizmatining narxi barcha bonuslar va 
mukofotlarni hisobga olgan holda mutaxassisning yillik daromadining 20-
25 foizini tashkil etadi. To‘lov ikki bosqichda amalga oshiriladi: 
1) bitim summasining 40% mijoz tomonidan suhbatning birinchi 
bosqichi va da’vogarlar taqdimoti o‘tkazilgandan so‘ng to‘lanadi; 
2) bitim summasining 60 foizi - nomzod ishga chiqgandan keyin 5 ish 
kuni ichida. 
Xodimni bepul almashtirish uchun kafolat muddati 6 oydan ortiqni 
tashkil etadi. 
Albatta, sohadagi bozor haddan tashqari qizib ketganini hisobga olsak, 
"iste'dodlarni" sotib olish kompaniyaga juda qimmatga tushadi. 
Bunday xodimlarga oldingi martaba istiqbollaridan 30-40% ko‘proq 
ish haqi, vakolat va javobgarlik darajasi taklif qilinishi kerak. 
Shafqatsiz raqobat sharoitida, raqobatchining biznesini zaiflashtirish 
yoki uni bankrot qilish uchun ko‘plab kompaniyalar agressiv xedxanting 
buyuradilar – bu nafaqat "eng yaxshilarini" ("kadr brakonerligi", ingliz tilida 
talent poaching
) maqsadli ravishda og’dirib olish yoki yollash, balki 
ishchilarning butun guruhlar, bo‘limlar, bo‘linmalar ("kadrlar reydlari", 
inglizlarning talent raiding) xodimlariniga qaratilgan. 
Agressiv xedxanting ko‘pincha 
Kelly Services, Copers
kabi provayder 
agentliklaridan buyurtma qilishadi. 
Masalan, haqiqiy kadrlar urushini Rossiya chakana savdosida qayd 
qilinish mumkin, g'arbiy tizimlar (METRO Cash & Carry, IKEA, Auchan, 
Media Markt va boshqalar) yiliga 40-60% mutaxassislarni o‘zlariga og’dirib 
olishadi. Shu yo‘sinda, AQShdagi kompaniyalarning qariyb 25 foizi 
xodimlar "reydlar"iga duchor bo‘lmoqda. Bir vaqtlar Amazon.com darhol 
Wal-Mart kompaniyasidan 14 ta logistika mutaxassislarini yollagan. Va bu 
kabi misollar, hattoki ish beruvchi kompaniyalarning (Google, Microsoft
Toyota, Coca-Cola, Hilton va boshqalar) kuchli brendlari orasida juda ko‘p. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə