Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


-rasm. Personal lizingi xizmatining umumiy ko‘rinishi



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#121584
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   186
Rekrutment Darslik

2.5.1-rasm. Personal lizingi xizmatining umumiy ko‘rinishi
Ta'kidlash joizki, xorijiy rekruting agentliklari, mahalliy kompaniyalardan 
farqli o‘laroq, nafaqat lizing mutaxassislarini izlash va saralash bilan 


37 
cheklanib qolmay, balki ayni vaqtda aniq buyurtma mavjud bo‘lishidan qat'i 
nazar, bozor ehtiyojlariga muvofiq o‘z lizing salohiyatini shakllantiradilar. 
Provayder agentliklar iqtidorli yosh mutaxassislarni tanlab olishadi va 
ularga keyinchalik yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj sezadigan 
kompaniyalar bilan ijara munosabatlarini o‘rnatish uchun sarmoya kiritadi. 
Personal lizingi uchta turdagi shartnomalarni tuzishni nazarda tutadi: 
agentlik-provayder tomonidan personal lizingi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish 
shartnomasi (fuqarolik huquqiy tabiat); lizing beruvchining lizing bo‘yicha 
mutaxassis bilan tuzgan mehnat shartnomasi; moliyaviy javobgar shaxslar 
bo‘lgan lizing mutaxassislari bilan javobgarlik shartnomasi. 
Shu bilan birga, esda tutish kerakki, Fuqarolik Kodeksda personal 
lizingi shartnomasini tuzish imkoniyati to‘g'risida to‘g'ridan-to‘g'ri 
ko‘rsatmalar mavjud emas. Bundan tashqari, yuridik nuqtai nazardan, 
"personal lizingi" atamasi noto‘g'ri, chunki O‘zbekiston qonunchiligida 
fuqarolik huquqi ob'ektlari ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli 
qog’ozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, 
ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, san’at 
asarlari va intellectual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy 
nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy o‘z ichiga oladi 
(O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 81-moddasi). Shunga 
ko‘ra, personal fuqarolik ob’ekti bo‘lishi mumkin emas. O‘z navbatida, bu 
O‘zbekistonda personal lizingi xizmati noqonuniy degani emas. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 354-moddasi 3-
bandlariga muvofiq taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan 
shartnomani ham tuzishlari mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga qo‘shimcha ravishda, 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining matnida xodimlarni taqdim 
etish xizmatlari haqida bilvosita eslatma mavjud. Masalan, 145-modda 1-
bandiga binoan boshqa xarajatlarga ishlab chiqarish jarayonida ishtirok 
etish uchun yoki soliq to‘lovchining faoliyati bilan bog’liq boshqa 
vazifalarni bajarish uchun o‘zga yuridik shaxslar tomonidan xodimlarni 
(texnik personalni) taqdim etishga doir xizmatlar xarajarlari kirishi 
belgilangan. 
Xodimlarni ijaraga berish muddati bo‘yicha uzoq muddatli va qisqa 
muddatli lizingga ajratiladi. 


38 
Uzoq muddatli personal lizingi 
- rekruting agentligi lavozim 
jadvalida bir necha oydan bir 
necha yilgacha ishlaydigan 
xodimlarning 
buyurtmachi 
kompaniya tomonidan ijaraga 
olinishi. Ushbu turdagi lizing 
asosan 
mamlakatda 
o‘z 
vakolatxonalarini tez ochishni 
va 
o‘z 
faoliyatini 
boshlamoqchi bo‘lgan xorijiy 
kompaniyalar yoki mintaqaviy 
filiallar tarmog'ini yaratadigan 
mahalliy 
kompaniyalar 
tomonidan qo‘llaniladi. 
Qisqa muddatli personal 
lizingi 
yoki 
vaqtinchalik 
xodimlarni saralash (inglizcha 
temporary staffing
) - rekruting 
agentligi lavozim jadvalida bu 
bir kundan ikki-uch oylargacha ishlaydigan xodimlarning buyurtmachi 
kompaniya tomonidan ijaraga olinishi. Qoida tariqasida, ma'muriy va 
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ish hajmining vaqtincha yoki mavsumiy 
o‘sishi munosabati bilan, shuningdek ko‘rgazmalar, konferentsiyalar, 
aktsiyalar paytida kasallik / ta'til tufayli bo‘lmagan xodimlarni vaqtincha 
almashtirish uchun talab mavjud. 
Xodimlarni ijaraga berish narxi ko‘plab omillarga bog'liq (ish 
sharoitlari, mijozlarning joylashuvi, xodimlar soni, vaqtinchalik xodimlarga 
bo‘lgan talablar, ish smenalari soni va ularning davomiyligi, bajarilgan 
ishlarning turi) va har bir aniq buyurtma uchun individual ravishda 
belgilanadi. 
Xizmatlar uchun to‘lov tasdiqlangan tariflar va soatlik stavkalar 
asosida amalga oshiriladi. 
Masalan, “
Dockers Staff
” DKning vaqtincha ishlaydigan xodimlar 
uchun narxlari: 
- yuk ortuvchilar, turli xil ishchilar, merchendayzeri, promoterlar 
soatiga 120 rubldan; 

butlovchilar, 
qadoqlovchilar, 
skanerlovchilat, 
stikerlar 
yopishtiruvchilar soatiga 110 rubldan; 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə