Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix11.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#126788
1   2   3   4   5   6   7
mustaqil-ishlarni-tashkil-etish-asosida-oquvchilarni-pirls-xalqaro-baholash-dasturiga-tayyorlash

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1668
yechish uchun amalga oshirish; ixtirochilik vazifalarini yechish nazariyasi; tanqidiy 
fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi; guruhli texnologiyalar – guruhlarda ishlash
global axborot muhitida o'qitish texnologiyasi [3].
O'quvchilarning o'quv-bilish kompetentsiyasini shakllantirishda mahalliy va 
xorijiy ilg'or tajribalarni o'rgangan holda eng maqbul metod va texnologiyalardan 
foydalanish, metodik ta'minotni takomillashtirib borish, mashg'ulotlar jarayoniga 
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash orqali bilim berish sifatini, 
o'quvchilarda mustaqil fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishni ta'minlash lozim. Mazkur 
jarayonni yangi avlod o'quv adabiyotlari, zamonaviy jihozlar bilan ta'minlash, ularga 
bilimli o'qituvchilarni jalb etish, bilim va ko'nikmalarini tiklash, ularni yangilash 
kelajakka qaratilgan mazkur farmonlarda belgilangan vazifalarni yechishga yordam 
beradi.
Ta'lim mazmunini o'zlashtirishda o'quvchilarning bilish faolligiga munosib 
ravishda quyidagi metodlar qo'llanishi mumkin: tushuntirish-illyustrativ (axborotli 
retseptiv), reproduktiv, muammoli bayon, xususiy izlanish yoki evrestik hamda 
tadqiqot. Ta'lim faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayoni bilimni uzatish, uni 
qabul qilish, anglash, esda saqlash va amalda qo'llay olishni nazarda tutadi. Ta'limning 
og'zaki metodlari: hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqalar. Bu metodlarni qo'llashda 
o'qituvchi so'z vositasida o'quv materialini bayon qiladi, tushuntiradi, o'quvchilar esa 
tinglash, eslab qolish orqali qabul qiladilar.
Hikoya metodida o'quvchilarga beriladigan bilim mazmunini og'zaki bayon qilish 
nazarda tutiladi. Hikoyaning bir necha turi mavjud: hikoya-muqaddima, hikoya bayon 
va hikoya-xulosa. Birinchisining maqsadi: o'quvchilarni suhbat orqali yangi bilimni 
qabul qilishga tayyorlash. Hikoyaning bu turi nisbatan qisqaligi, yorqinligi, qiziqarliligi 
va hissiyotga boyligi bilan ajralib turadi, yangi bilim olishga qiziqish uni faol 
o'zlashtirishga ehtiyoj uyg'otadi, darsga befarqlik, loqaydlikni yo'qotib, bilim olish 
maqsadini hosil qiladi. Hikoya-muqaddima vaqtida o'quvchi faoliyatining vazifalari 
to'g'risida tushunarli shaklda xabar beriladi. Hikoya-bayon davrida o'qituvchi yangi 
mavzu mazmunini ochib beradi, muayyan rivojlanuvchi reja asosida bilim berib, ichidan 
muhimlarini ajratib, ko'rgazmali va ishonarli misollar bilan izchil bayon qiladi.
Hikoya-xulosa odatda, mashg'ulotning oxirida keltiriladi. O'qituvchi bu metod 
orqali asosiy fikrni yakunlaydi, xulosalaydi va umumlashtiradi, mazkur mavzu 
yuzasidan mustaqil ishlash uchun topshiriqlar beradi. Hikoya jarayonida 
o'zlashtirishning faollashishiga yordam beruvchi didaktik uslublardan foydalanish zarur. 
Suhbat metodi atroflicha o'ylangan savollar yordamida o'qituvchi bilan o'quvchi 
orasidagi aloqani ko'zda tutib, ularning mustaqil fikrlashini yangi tushunchalarni 
egallashga olib keladi. Uni qo'llashda savollarni qo'yish, o'quvchilarning javoblarini 
muhokama qilish, xulosalarni shakllantirish metodlaridan foydalaniladi. Suhbat 
davomida o'qituvchi o'quvchilarning nutq savodxonligiga alohida e'tibor qaratadi. Bu 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə