Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix11.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#126788
1   2   3   4   5   6   7
mustaqil-ishlarni-tashkil-etish-asosida-oquvchilarni-pirls-xalqaro-baholash-dasturiga-tayyorlash

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1666
O'qitish metodlarini quyidagilarga bo'lish mumkin: tafakkur, xotira, diqqat va 
xayolning alohida operatsiyalarini shakllantiradigan va faollashtiradigan metodlar; 
fikrlash faoliyatida muammoli va izlanishli vaziyatlarni vujudga keltiradigan metodlar; 
o'quvchilarning o'quv materialini o'zlashtirish bilan bog'lik kechinmalari va 
hissiyotlarini faollashtiradigan metodlar; nazorat va o'quvchilarning o'zini o'zi nazorat 
metodlari; o'qitish jarayonida o'quvchilarning jamoaviy va shaxsiy o'zaro 
munosabatlarini boshqarish metodlari. Ammo ta'lim-tarbiya mazmuniga qo'yilayotgan 
xalqaro talablar o'qitishning metodlarini yanada takomillashtirishni talab qilmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ta`lim sifatini baholovchi maktabning15 yoshli yoshlariga qaratilgan PISA 
tadqiqotidan farqli oʻlaroq, PIRLS boshlangʻich sinfni tugatgan 10 yoshli bolalarning 
o`qish va tushunish darajasini tekshiradi va xorijiy davlatlar taʼlim tizimi mazmuni
bilan taqqoslaydi. Boshqa davlatlar boshlangʻich maktabda oʻqish uchun asosiy 
koʻnikmalarni berish orqali umrbod oʻrganish uchun zamin yaratadilar.
PIRLS ning maqsadlari oʻqish qobiliyatiga ega boʻlish bilan cheklanmaydi. 
Tadqiqot oʻqish koʻnikmalari (ijtimoiy kelib chiqishi, oʻqish odatlari, oʻqitish 
strategiyasi va boshqalar) bilan bogʻliq maʼlumot toʻplaydi hamda maktab yoki sinfdagi 
individual va ijtimoiy sharoitlarni tushunishga yordam beradi. PIRLS xalqaro 
tadqiqotlariga qoʻyilgan eng muhim talablardan biri qiyosiy tahlil qilish imkonini 
beradigan topshiriqlardan foydalanish hisoblanadi. Shu sababli topshirisqlarni 
shakllantirish jarayonida oʻtgan yillarda foydalanilgan nazorat materiallari blokidan 
foydalanilgan. Shuningdek, asosiy eʼtibor tadqiqot jarayonini standartlashtirishga 
qaratiladi. Shu sababli PIRLS tadqiqoti qatʼiy belgilangan yagona instruksiya asosida 
amalga oshiriladi. Bu jarayoni xalqaro koordinatsiya markazi nazoratida amalga 
oshirilib, tadqiqotning har bir bosqichi maktablarni tanlash, instrumentlarni adaptatsiya 
qilish va tarjima qilish, test va soʻrovnomalarni oʻtkazish, natijalarni tekshirish va qayta 
ishlash jarayoni xalqaro ekspertlar tomonidan toʻliq nazorat qilinadi. Tarjimalar 
tekshirilib, maktablarda xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etadilar. Ochiq turdagi nazorat 
topshiriqlari ekspert oʻqituvchilar tomonidan tekshirilgandan soʻng, yana boshqa 
mutaxassislarni jalb etib qayta tekshirib, natijalar taqqoslab koʻrilgan. PIRLS tadqiqoti 
jarayonida ikki turdagi oʻqish baholanadi:
Adabiy oʻqish tajribasini egallashga qaratilgan oʻqish:
Maʼlumotlarni oʻzlashtirish va ulardan foydalanish maqsadiga qaratilgan oʻqish.
Tadqiqotning konseptual gʻoyalariga asosan badiiy va ilmiy-ommabop matnlarni 
oʻqish darajasini baholashda 4 turdagi oʻqish koʻnikmalari baholanadi:
-yaqqol koʻrinishda berilgan maʼlumotlarni topish;
- oʻqilgan matn asosida xulosalarni shakllantirish; - axborotlarni umumlashtirish 
va interpretatsiya qilish;



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə