Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix11.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#126788
1   2   3   4   5   6   7
mustaqil-ishlarni-tashkil-etish-asosida-oquvchilarni-pirls-xalqaro-baholash-dasturiga-tayyorlash

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1667
-matnning strukturasi, tilga xos xususiyatlarni mazmunini baholash va tahlil 
qilish.
PIRLS doirasida bajarilgan ishlarni miqdor va sifat koʻrsatgichlari asosida 
baholash maqsadida quyidagi baholash tizimidan foydalaniladi:
-javobini tanlashga oid topshiriqlar 1 ball bilan;
-voqea va hodisalarning ketma-ketligiga oid topshiriqlar va qarorlar 1 ball bilan;
-javobi yoziladigan ochiq turdagi konstruktiv xarakterdagi topshiriqlar qiyinchilik 
darajasiga koʻra 1 baldan 3 balgacha baholanadi.
MUHOKAMA
Bizning fikrimizcha, boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilishga qiziqishlari 
avvalambor darslarda yuzaga keladi. Shuning uchun o'qituvchi o'qitishning turli 
metodlari, shakllari va turlarini qo'llagan holda darsning har bir bosqichida 
o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga, o'qishga qiziqishni oshirishga 
intilishlari lozim. O'qituvchi o'z darslarida ko'proq tayanch sxemalar, jadvallar, 
kartochkalar, tarqatma materiallar, qiziqarli mashqlardan foydalanishlari muhim 
hisoblanadi. Ular hayratlanish hissini, yangiliklarni, kutilmaganlikni keltirib chiqaradi, 
ziyraklik, tashabbuskorlikni rivojlantiradi, xayrixohlik muhitini yaratadi.
O'quvchilarda bilishga qiziqishni qaror toptirish uchun o'qituvchi quyidagi 
metodlardan foydalangani yaxshi natijalar beradi: barcha o'quvchilar uchun qo'lidan 
keladigan topshiriqlarni bajarish orqali muvaffaqiyat vaziyatini yaratish, oldingi 
bilimlarga tayangan holda yangi materialni o'rganish; ishonch va hamkorlik muhitini 
darsda yaratish orqali ijobiy emotsional kayfiyatni, o'qituvchining yorqin va emotsional 
nutqini yaratish; o'z va boshqalar faoliyatini baholash orqali refleksiya, yeo'p variantli 
javoblarni (masalan, «nima uchun qiyin bo'ldi?", “darsda nimani bildingiz va kashf 
etdingiz?" va b.q.) talab etuvchi savollarni berish bilan faoliyat natijasini baholash; 
qiziqtiradiganlik, darsning muzikali fragmentlar, o'yinli va musobaqali shakllari orqali 
o'ziga xos boshlanishi [2]. 
NATIJA
Boshlang'ich 
sinf 
o'quvchilarining 
o'quv-bilish 
kompetentsiyalarini 
shakllantirishda o'qituvchi quyidagi zamonaviy texnologiyalarni egallagan bo'lishi 
muhim: muammoli o'qitish: gipotezalarni, muammoni qo'ya olish, bilish vazifasini 
anglash; loyihali o'qitish: maqsadlarni amalga oshirish uchun predmet bilimlaridan 
foydalana olish, axborotni topish, qayta ishlash va ifodalash, tadqiqot natijalarini 
rasmiylashtirish va uni ifodalash, muhim axborotni chiqarish, uni o'quv materiallaridan 
mustaqil topish; o'yin faoliyati; ishchanlik va tashkili-fikriy o'yinlar – bilish vazifalarini 
anglash, vazifalarni yechishning har xil metodlariga orientirovka qilish; ijodiy o'yin: 
tahlil qilish, sintez, solishtirish, klassifikatsiyalash operatsiyalari o'quv vazifalarini 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə