Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix11.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#126788
1   2   3   4   5   6   7
mustaqil-ishlarni-tashkil-etish-asosida-oquvchilarni-pirls-xalqaro-baholash-dasturiga-tayyorlash

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1670
Yakunlovchi suhbat. Bu suhbat o'quvchilar o'rganilgan mavzu bo'yicha xulosa 
chiqara olishlari uchun o'tkaziladi. Masalan, «Granit» mavzusi o'rganilgandan keyin 
quyidagi savollar bo'yicha yakunlovchi suhbat o'tkaziladi: Biz qanday mavzu bilan 
tanishdik? Qanday yangiliklarni bildik? Granit qanday tuzilishga ega? Granit rangi 
nimaga bog'lik? Muammo qo'yilishi va uni mustaqil hal qilinishi o'quvchilarning 
bilishga qiziqishini, ya'ni ularning bi¬limlarni egallashga va masalalar yechishni 
o'rganishga bo'lgan intilishlarini rivojlantirish uchun rag'batlantirish bo'lib xizmat qiladi 
[2]. Muammoni hal qilishda asosiy vaqtni amaliy ish egallaydi. Chunonchi, «Kuz», 
«Qish», «Bahor» mavzularini o'rganishda o'quvchilar oldiga quyidagi muammoli 
savollarni qo'yish mumkin: Nima uchun kuzda qushlar issiq o'lkalarga uchib ketadilar? 
Nima uchun ba'zi hayvonlar qishda uxlaydi? Nima uchun kuzda sovuq tushadi? . 
O'quvchilar oldiga u yoki bu muammoni qo'yishda ularning har biri qanchalik dars 
mazmunidan kelib chiqayotganini, didaktik va tarbiya maqsadlarga xizmat qilishini 
puxta hisoblab chiqish kerak. Bu talablarga javob bermaydigan muammolarni qo'yish 
faqat darsda qarab chiqilayotgan masalalarning mohiyatini aniqlashga xalaqit beradi. 
Shuningdek, o'quvchilar oldiga ular zarur bilimlarga ega bo'lmasalar, ongli hal qilinishi 
uchun muammo qo'yish mumkin emas. Bu muammoni mustaqil hal qilish maqsadida 
darsda o'quvchilarga muammoli vaziyatlar yaratishni taqozo etadi. Muammoli vaziyat 
o'quvchilarning ma'lum topshiriqlarni bajarish (masalani yechish, savolga javob topish) 
jarayonida yuzaga kelgan ziddiyatni anglashi bilan bog'liq ruhiy holati bo'lib, u hal 
etilayotgan masala bilan bog'liq yangi bilimlarni izlashni taqozo etadi. Muammoli 
vaziyatlar o'quvchilarning mustaqil ishlarini takomillashtirishga asoslangan bo'lib, 
ularda ilmiy tushunchalarni, amaliy ko'nikmalar va malakalarni shakllantirish, boshqa 
materiallarni mantiqiy tahlil qilishga asoslangan.
XULOSA
Mazkur vaziyatlar o'zida o'quvchining muammoni aniq anglashini ifodalaydi va 
uni bartaraf etish yangi bilim, metod va harakatlarni izlab topishni talab etadi. Agar 
o'quvchida boshlang'ich bilimlar yetishmasa, u muammoli vaziyatlarni qabul qila 
olmaydi. Muammoli vaziyat nimanidir anglash uchun o'quvchiga mavjud bilimlar 
yetarli bo'lmasa; yangi talablar bilan o'quvchilarda mavjud bilimlar o'rtasida 
nomuvofiqlik aniqlansa (eski bilimlar bilan yangi faktlar o'rtasida, past va yuqori bilim 
darajalari o'rtasida, turmush va ilmiy bilimlar o'rtasida);
ilgari o'zlashtirilgan bilimlarni yangi amaliy sharoitlarda foydalanish zaruriyati, 
vazifalarni yechishning nazariy imkoniyatlari bilan tanlangan metodni amaliy amalga 
oshirish mumkin bo'lmasligi o'rtasida ziddiyatlar hamda o'quv topshiriqlarini bajarishda 
amaliy erishilgan natijalar bilan o'quvchilarda uni nazariy asoslashga bilimlar 
yetishmasligi o'rtasida ziddiyatlar bo'lgan holatlarda yuzaga keladi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə