Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix11.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#126788
1   2   3   4   5   6   7
mustaqil-ishlarni-tashkil-etish-asosida-oquvchilarni-pirls-xalqaro-baholash-dasturiga-tayyorlash

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1669
turli tushuntirishlar bilan olib boriladi hamda ularning qabul qilishi aniqlashtirilib 
boriladi. O'quvchilar katta bo'lgan sari ularga beriladigan muammoli savollar ham 
kattalashib boradi. Muammoli vaziyatning yuzaga kelishida fakt va natija o'rtasidagi 
aloqa birdaniga ochilmaydi, asta-sekin bo'ladi. Bunda savol tug'iladi: Bu nima? 
(masalan, turli predmetlarni suvga tushiramiz: bittasi cho'kadi, boshqasi cho'kmaydi); 
materialning ayrim qismlarini bayon qilgandan keyin o'quvchi taxmin qilishi kerak 
(masalan, muz erishi, issiq suv bilan tajriba qilish, masalani yechish); ba'zan, ayrimlari, 
faqat ayrim hollarda kabi so'zlardan foydalanish o'ziga xos bilish belgilari bo'lib xizmat 
qiladi; faktni tushunish uchun uni boshqa faktlar bilan solishtirib ko'rish, ayrim aqliy 
operatsiyalarni amalga oshirish lozim (masalan, turli o'lchovlarni qilish, guruh bilan 
hisoblash).
Suhbat o'tkazilgandan keyin bajarilgan ishlarga ushbu maqsadga yo'nalgan 
savollar yordamida yakun chiqarish kerak. Masalan, Tut ipak qurti qanday rivojlanadi? 
Uning tashqi ko'rinishi qanday? Qurtning tanasi qanday shaklda? U qanday harakat 
qiladi? Nima bilan ovqatlanadi?
Pilla o'rash qancha vaqt davom etadi? Pilla ichida nima bo'ladi? Kapalak qanday 
hosil bo'ladi? Kapalak pilladan qanday chiqadi? U qancha vaqt yashaydi? va boshqalar. 
Bunday savollar o'quvchilarning mustaqil aqliy faoliyatini rivojlantiradi, chunki 
savollarga javoblar ishlab chiqarish kuzatishlari bilan quvvatlangan bo'ladi.
Suhbatning o'quv jarayonida qanday o'rin egallashi va qanday didaktik maqsadni 
mo'ljallanganligiga qarab quyidagi: kirish suhbati, takrorlovchi suhbat, bayon qiluvchi 
suhbat va yakunlovchi suhbat turlari farq qilinadi. Kirish suhbati yangi bo'lim yoki 
yangi mavzuni o'rganish oldidan foydalaniladi. Uning maqsadi o'quvchilardagi darsda 
o'rganiladigan masala bo'yicha tasavvurlarni aniqlash yoki tiklashdir. Masalan, «Dala 
mavzusini o'rganishga kirisha turib, kirish suhbatn vaqtida o'quvchilarga ushbu 
savollarni berish kerak. Kim dalada bo'lgan?
Dalalarda nimalar o'sadi? Siz qanday madaniy o'simliklarni bilasiz? Siz qanday 
texnika o'simliklarini bilasiz? Sizga qaysi g'alla o'simliklari ma'lum? Faqat shundan 
keyingina o'qituvchi yangi materialni tushuntirishga kirishadi [5]. 
Takrorlovchi suhbat o'rganilgan materialni mustahkamlash va anglab olishga 
yordam beradi. U yangi materialni o'rganilgandan keyin shu darsning o'zida yoki mavzu 
yoki bo'lim o'rganilgandan keyin o'tkaziladi va 5 daqiqadan 10-15 daqiqagacha vaqt 
olishi mumkin. Bunday suhbat vaqtida ham mavzuni o'rganishdagi o'sha ko'rgazmali 
qurol va tarqatma materiallardan foydalaniladi.
Bayon qiluvchi suhbat o'quvchilarning o'zlari tomonidan jism va hodisalarni 
kuzatishini nazarda tutadi. O'qituvchi tomonidan yo'naltirilgan o'quvchilar o'zlari uchun 
yangi ob'ekt va hodisalar bilan tanishadilar. Ob'ekt va tajribalarni kuzatish natijasida 
o'quvchilarda shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan 
tadqiqiy yondashish shakllanadi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə