Seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg


D.A.Tarankovskiy usulida chang donachalarini nam kamera-



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/66
tarix11.02.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#100671
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66
Meva va rezavor meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg`ulotlar. Ergashev I (1)

D.A.Tarankovskiy usulida chang donachalarini nam kamera-
larda o ‘stirish. 
Predmet oynachaga 3—4 tomchi eritma quyilib chang 
sepiladi. Ularning namligini saqlash uchun bakteriologik chashka- 
larga filtr qog‘ozlar solinib, ular namlanadi va unga oynachalar 
solinadi. Hisob-kitob ishlari oldingi usuldek.
Atsetokarmin eritmasida chang donachalarining ranglanishi:
predm et oynachaga 3—5 tom chi atsetokarmin eritmasi quyilib
chang sepiladi, tomchilar qoplama oynacha bilan sekin yopiladi va 
30 daqiqadan bir soatgacha qo ‘yiladi. Keyin chang donachasi si- 
fati aniqlanadi. Agar oynacha 2—3 marta yoqilgan spirtovka ustidan 
olib o'tilsa, bu vaqtni biroz kamaytirish mumkin. N orm al chang 
donalari asetokarmin eritmasida qizil rangga bo‘yaladi.
Chang donachalarini urug‘chi tumshuqchasida o ‘stirib ko‘rish.
Oldin changlanadigan g‘unchalar bichiladi va izolyatsiya qilinadi. 
1—2 kundan keyin changlanadi. Yetarli natijalar olish uchun urug‘li 
o ‘simliklarda 20—30 ta, danakli o ‘simliklarda 15—25 ta, rezavor 
mevalarda 8—10 ta gulni changlatish yetarli bo‘ladi. 12, 24, 36, 48, 
60, 72 soatdan keyin gullar uzib olinadi. Ular kapron xaltachalarga 
etiketkalar bilan solinib, formalin yoki etil spirtining glitserin 
(7/3) eritmasida to tekshirilguncha saqlanadi. Predmet oynachaga 
ko‘k metilen eritmasidan (1/1000 — 1/10000) quyib, uning usti­
dan urug‘chi qo‘yilib, so‘ng qoplama oynacha qo‘yib eziladi. Agar 
urug‘chilar katta bo‘lsa, ular maydalanadi. Bunda chang donalari
35


va naychasi moviy yoki ko‘k rangga bo‘yaladi, urug‘chi to ‘qimalari 
esa ranglanmaydi. Shunga asoslanib o‘sgan va o‘smagan chang dona- 
lari sanalib, foizlari hisoblanadi. Changning urug‘chida o ‘sishini 
kuzatish uchun M L—2 mikroskopi yordamida (changlatilgandan 
keyin 12, 24, 36 soatdan keyin) urug‘chi Karnua eritmasi bilan 
ishlanadi. Bunda faqat chang naychasi och sariq — yashil rangga 
kiradi. Bu esa changning o ‘sishi davomida kuzatish imkonini beradi. 
0 ‘sgan chang donalarining flauoroxrom akridin eritmasida malla- 
rangga kirishi, generativ hujayra va sporalarni ko‘rish imkonini 
beradi. Ba’zi oddiy usullarda yashovchanligini yo‘qotgandek ko‘ringan 
chang donachalari boshqa nozikroq usullarda changlash qobiliyati- 
ni yo‘qotmaganligini ko‘rsatadi. Chang donachalarining bo ‘yalishi 
yoki uning o‘sa olish qobiliyati ularning sifat belgisidir.
Topshiriq: 
chang donachalari sifatini aniqlash usullari bilan 
tanishish. Yangi va konservatsiya qilingan urug‘chilarda o‘sgan chang 
donalarini aniqlash va ko‘rish.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə