Seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/66
tarix11.02.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#100671
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66
Meva va rezavor meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg`ulotlar. Ergashev I (1)

Muhokama uchun savollar
1. C hang donach alarin in g sifati deganda nim ani tushunasiz?
2. C hang d o n ach alarin in g sifatini aniqlashning m aqsadi va ah a m iy a ti ni- 
m a d an iborat?
3.C hang donach alarin in g sifatini aniqlash usullarini sanab o ‘ting.
8-M ASH G ‘ULOT. DURAGAY URUG‘LARNI AJRATIB
OLISH, STRATIFIKATSIYALASH VA EKISH
Darsning maqsadi: 
mevalardan urug‘ni ajratib olish, strati- 
fik a tsiy a lash , d u ra g a y u ru g ‘la rn i ek ish , p ik iro v k ala sh va 
ko ‘chatlarni o ‘tqazish usullari bilan tanishish.
Mashg‘ulot uchun kerakli jihozlar: 
darsliklar, meva, urug‘lar 
va ko‘chatlar nam unalari.
Asosiy tushunchalar: 
duragay urug‘larni olishning ahamiyati. 
UrugMarni ajratib olish vaqti, urug‘larni stratifikatsiyalashdan 
maqsad, urug‘larni ekish vaqti, tartibi, ko‘chatlarni pikirovka­
lash, o ‘tqazish tartibi, ko'chatlarni o ‘stirishdagi agrotexnik tad- 
birlar yig‘indisi to ‘g‘risida tushuncha berish.
H ar bir kombinatsiyadan pishib yetilishi bilan mevalar yig‘ib 
olinadi, sanalib natijalar jurnalga yozib boriladi. Laboratoriya sha-
36


roitida meva belgilari yoziladi: pishish vaqti, kattaligi, massasi, shakli, 
rangi va boshqa morfologik va degustatsion belgilari qayd etilib, nav- 
ning tipik belgilariga changlovchi navning ta’siri o‘rganiladi.
Yig'ib olingan mevalar xona sharoitida yoki om borlarda to ‘la 
pishib yetilguncha saqlanadi, keyin urug‘lari olinib soyada biroz 
quritiladi (judayam qurib ketmasligi kerak). Olingan urug‘lar pa- 
ketlarga solinib saqlanadi yoki bog‘da maxsus yashiklarga solib 
qo‘yi!adi. Rezavor meva ekinlarining mevalari oldindan tayyorlab 
qo ‘yilgan, paxtadan tayyorlangan material, qog‘oz yoki dokaga 
ezib, soyada quritiladi (mog'orlatmasdan). Qulupnay mevasini tash- 
qi yupqa qavati kesib olib, yupqa holatda qog‘ozga qo‘yib quritiladi. 
Quritib elakdan o ‘tkaziladi. Urug‘lar paketlarga solinib stratifikat- 
siyagacha saqlanadi. N atijalar bo‘yicha urug‘ chiqishi quyidagicha 
aniqlanadi:
XU
K = ------- x 100
N
Bu yerda:
X — bitta mevadan nazariy urug‘ chiqish miqdori;
U — olingan urug‘lar soni;
N — changlatilgan gullar miqdori.
ko‘chatlar unib chiqishi (%)
K o‘chatlar chiqishi: 
M = --------------------------------------------
100
Chatishtirish mahsuldorligi: R — К x M
Meva va rezavor meva ekinlari urug‘larining tinim davri har 
bir tu r va nav ichida ham turli xil bo'lib, ularga ta ’sir etuvchi 
s h a ro it ham h a r xil b o ‘ladi. K o ‘pgina selek sio n erlarn in g
m a’lumotlariga ko‘ra u ru g ia r kuzda yerga yoki yashiklarga sepilib 
q o ‘yilsa, yaxshi natijalar beradi.
Qulupnay va sm orodinaning urug‘ini esa yozda to ‘liq yig‘ib 
olgandan keyin ekish mumkin.
Danakli meva ekinlarining urug‘larini yig£ib olish bilan birga 
tozalab stratifikatsiya qilish mumkin.
Stratifikatsiya qilishdan oldin urug'lar suvga solinadi, hamma 
ustiga chiqib qolgan urug‘lar olib tashlanadi. Danakli meva ekin­
larining urug‘larini stratifikatsiyadan oldin, nam sharoitda 20— 
25° Sda ushlab turish maqsadga muvofiq. Olcha, gilos, o'riklarni
37


polietilen xaltachalarga qum , ezilgan mox yoki boshqa narsalar 
solingan holda h o ‘llab yerto'la yoki muzlatgichda saqlab, strati- 
fikatsiya qilinadi. Stratifikatsiya uchun gulning tuvaklari, kapron 
xaltachalardan ham foydalanish mumkin. Ularga chatishtirish kom- 
binatsiyasi yozilgan etiketkalar taqiladi.
Stratifikatsiyalash texnikasi quyidagicha: urug‘lar 3 - 4 qism 
qum, torf va boshqa materiallar (masalan, qipiq) solinib ho‘llanadi 
va qorong‘i joyda, olm a uchun 3—5 °S, nok uchun 1—3 °S haro- 
ratga qo‘yiladi. Urug‘larning stratifikatsiya davomiyligi (toMiq o ‘tish 
uchun) quyidagicha:
olma - 90-1 3 0 kun 
yong‘oq - 45-1 0 0
nok — 90—130 kun 
oblepixa(chakanda) — 10—15
shaftoli — 100—120 kun olcha, gilos, olxo‘ri — 150—180 kun.
UrugMar stratifikatsiyaga ekish muddatlariga qarab qo ‘yiladi. 
H ar 10 kunda, bahorda esa tezroq qum ning namligi tekshirib 
turiladi. Agar urug‘lar tez una boshlasa (m uddatidan ilgari), ular 
sovuqroq sharoitga chiqarib qo ‘yiladi. Ba’zan danakli meva ekin- 
lari murtaklari danagining po‘stini yora olmaslik hollari uchraydi. 
Shuning uchun ularning danagi asta chaqilib mag‘zi faqat tuvak- 
larga ekiladi.
Urug‘lar stratifikatsiyadan keyin bahorda maxsus tayyorlan- 
gan maydonlarga ochiq gruntda, parnik, issiqxona va tuvaklarga 
ekiladi. Urug‘lar ekilgan yerning ustki qavati tez qurib qolishi- 
ning oldini olish uchun ularning usti m o ‘lchalanadi.
Duragay urug‘lar birinchi yil seleksion maktablarga ekiladi. 
K o‘ch atlar ikkinchi yilning oxirida seleksion pitom nikka 
o ‘tkaziladi. 3—4-yili — seleksion bog‘ga o ‘tkaziladi.
Ya’ni duragay urugMar ikki marta ko‘chirib o‘tkaziladi. Tajriba- 
dan ko‘rinadiki, ko‘chatlarni ko'chirib o'tkazish soni qancha kam 
bo ‘lsa, ular shuncha tez hosilga kiradi. Shuning uchun duragay 
urug'larni birdaniga doimiy joydan seleksion bog‘ga yoki hech 
bo ‘lmasa seleksion pitomnikka sepish mumkin.
Urug‘larni to rf bilan chirindi aralashmasi solingan tuvaklarga 
ekib, keyin ularni dalaga o ‘tkazish ham yaxshi natija beradi. 
UrugMarni tayyorlash va ko‘chatlarni yetishtirish agrotexnikasi 
shu zona uchun umumiy. UrugMarni va ko‘chatlarni ekish qalin­
ligi o ‘simlik turiga qarab har xil bo ‘ladi (9-jadval).
38



Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə