Seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg


Yon shoxlar yoki novdalarning miqdori



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/66
tarix11.02.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#100671
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66
Meva va rezavor meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg`ulotlar. Ergashev I (1)

Yon shoxlar yoki novdalarning miqdori: 
o ‘tgan yilgi novdadan 
hosil b o ‘lgan yangi novdalar soni sanaladi. A niqlanishicha 
o'sim liklarning novda hosil qilish xususiyati bilan ularning so- 
vuqqa chidamliligi va hosilga kirish vaqti o ‘rtasida bog‘liqlik bor.
Novdalarning o ‘sish kuchi 
— kuchli, o ‘rtacha, kuchsiz bo‘lishi 
mumkin.
Novdadagi tikanlar 
— ko‘p, o ‘rtacha, kam va bo'lmasligi 
mumkin. Yow oyi o ‘simliklar uchun ko‘p tikanlilik xos.
Novdalar o ‘sishining tamom bo‘lishi 
yuqori qismidagi o‘sish 
novdalaridagi ko‘pchilik (75% dan ko‘p) uchki kurtaklar shakllanib 
bo‘lgandan keyin aniqlanadi. 0 ‘sishning boshlanishi va tamom bo‘lishi 
bilan o'simliklaming qishga chidamliligi o‘rtasida bog‘liqlik bor.
Shoxlarning rangi 
bir yillik novdalarda aniqlanadi. Bu belgi 
bilan o ‘simlikning qishga chidamliligi va mevalarning pishishi 
o ‘rtasida kamroq bog‘liqlik bor.
Novdalarning tuklanganligi 
— kuchli, o ‘rtacha, kuchsiz va 
tuklanm agan bo ‘lib, bu belgi b o ‘yicha baholashni uch m arta 
o ‘tkazish kerak. Birinchi m arta novdalarning aktiv o ‘sish vaqti- 
da, ikkinchisi o ‘sishning tam om b o ‘lishi davrida, uchinchisi esa 
kuzda o‘tkaziladi.
Novdalarning barglanganligi 
ko‘z bilan cham alab aniqlanadi 
va kuchli, o ‘rtacha, kuchsiz barglangan b o ‘lishi mumkin.
Novda yo‘g‘onligi 
ingichka, o ‘rtacha, yo‘g‘on bo ‘lishi m um ­
kin.
Bu belgilar ko‘pincha qimmatli xo‘jalik belgilari bilan bog‘liq. 
Masalan, bargning kattaligi bilan mevaning kattaligi o ‘rtasida kor- 
relyativ bog‘liqlik bor. Bundan tashqari, barglarning och yashil 
rangligi qishga chidamlilik va mevalarning pishish vaqti bilan, sariq- 
roq rangi esa mevaning rangi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, barg­
ning tishsimonligi navning madaniylashganlik belgisi hisoblanadi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə