Seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/66
tarix11.02.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#100671
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66
Meva va rezavor meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg`ulotlar. Ergashev I (1)

IKKINCHI BO‘LIM.
0 ‘ZBEKIST0NDA YETISHTIRILADIGAN MEVA
VA REZAVOR MEVA EKINLARI SELEKSIYASI
ASOSIY NAVLARINING BOTANIK TA’RIFI
HAMDA BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
11-M ASHG‘ULOT. URUG‘LI MEVA EKINLARI SELEK­
SIYASI VA NAVSHUNOSLIGI
U rug‘li meva ekinlari Rosaceae oilasiga mansub b o ‘lib, ularga 
olm a, nok, behi, do ‘lana, irgay, chetan mushmula va boshqa 
ekinlar kiradi. Ular orasida olma yetakchi o ‘rinni egallaydi. Olma 
daraxtlari respublikaning «hamma zonalarida ham yaxshi o ‘sadi va 
m o ‘l hosil berish xususiyatiga ega. Dengiz sathidan 200 m etrdan 
1100—1200 m etr va undan ham baland joylarda olm aning ko‘p 
yovvoyi formalari, madaniy olmaning ertagi, o ‘rtacha va kech 
pishadigan navlari tarqalgan bo‘lib, ular har xil ob-havo va tup- 
roq sharoitlariga ham moslashib, ko‘p yil yashaydi.
Olmaning eng yaxshi biologik va xo‘jalik xususiyatlaridan biri 
daraxtning boshqa meva turlari va xillariga nisbatan sovuqqa va sho‘iga 
chidamliligidir.
Kuchli payvandtaglarga payvand qilingan navlar 6—10 m, kuch- 
sizlarida 2—4 m balandlikkacha yetadi. Nav va payvandtagga qarab olma 
3—15 yillar hosil bera boshlaydi. Hosildorligi 100—500 kg, ba’zan 
bir daraxtdan 1000 kg va undan ziyod hosil berishi mumkin.
Nav, payvandtag, tashqi muhit va agrotexnikaga bog‘liq ra- 
vishda olma o‘rtacha 25—50 yil, ba’zan qulay sharoitlarda 70—100 
yil yashaydi. Erta hosil beradigan navlarga Oq olm a, Renet, 
Simirenko, Boyken va Chellinilar kiradi. Bu navlar ekilgandan 
keyin 6—7-yili bog‘lar barpo etish uchun qilingan xarajatlarni 
qoplaydi. Kech hosilga kiradigan Kandil Sinap, Rozm arin navlari 
birinchi o ‘n yillikda kam hosil berib, keyin hosili orta boradi. Ol­
m aning seleksiyada foydalanishi m umkin b o ‘lgan quyidagi asosiy 
turlari mavjud:
0 ‘rmon olmasi (Malus silvestrus) 
Yevropada keng tarqalgan. 
Sovuqqa eng chidam li, payvandtag uchun mos.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə