Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə425/452
tarix05.01.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#98221
1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   452
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

Arxaik san’at turlari. 
Bu san’at turlariga asosan badihago‘ylik va xattotlikni kiritish 
mumkin.
Badihago‘ylik.
Bu san’at turi asosan lirik yoki didaktik she’rlarni o‘z ichiga oladi. 
Badihago‘ylarni ba’zan maddohlar deb ham atashgan. U asosan SHarqda vujudga kelgan va 
taraqqiy topgan. Uni g‘arb adabiyotidagi imporovizatsiya yoki ekspromt san’atkorlar bilan 
chalkashtirish kerak emas. CHunki ular muayyan san’at turi ichidagi hozirjavoblik, xolos. 
Badihago‘ylik – og‘zaki ijod qiluvchi san’atkor.
Xattotlik.
YOzma adbiyotning keng yoyilishi bir tomondan, badihago‘ylik ravnaqiga chek 
qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchi tomondan yangi san’at turi xattotlikni vujudga keltirdi. Xattotlik Xitoy, 
YAponiya, Suriya va musulmon mintaqasida va Ovro‘pada keng yoyildi, dastlab unga 


17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
262 
qimmatbaho kitoblarni chiroyli yozuv bilan ko‘chirib ko‘paytirish xunari sifatida qaralgan. 
Keyinchalik u mustaqil san’at turiga aylandi. Xattotlik quroli sifatida musulmon SHarqida 
qamish qalam, Budha SHarqida - mo‘yqalam, Ovro‘pada - patqalam qo‘llanilgan.
An’anaviy san’at turlari. 
Avval aytganimizdek, barcha san’at turlari dastlab vujudga 
kelganida, ularda bevosita manfaatdorlik, fidoyilik jihatlari ustuvor bo‘lgan, hunar sifatida qabul 
qilingan: yuqoridagi badihago‘ylik ham, xattotlik ham tekinga bajarilmagan. Keyichalik ularda 
estetik xususiyatlar, xususan, go‘zallik asosiy maqsadga aylangan. An’anaviy san’at turlarining 
ba’zilarida ana shu ikki tomon baravar, bevosita tarzda saqlanib qolgan. Bunday san’at turlari 
sirasiga me’morlik va ko‘rgazmali san’at kiradi. 
Me’morlik.
Bu san’at turining paydo bo‘lishi insonning turar joyga bo‘lgan ehtiyojidan 
kelib chiqqan va odamning estetik tabiati uni tobora go‘zallashtirib borishni talab etgan. 
Keyinchalik bu talab o‘limdan keyingi “turar joyga” maqbaralarga tadbiq etilgan. Undan so‘ng 
hukumdorlar saroyilari, devonxonalar turli rasmiy va norasmiy xizmat binolari, ibodatxonalar 
ham ana shu go‘zallik qonuniga binoan qurilgan. Ispaniyadagi Al-Humro masjidi, Olmoniyadagi 
Kyoln jomesi, Xivadagi Nurillavoy saroyi va boshqalar shular jumlasidan. 
Me’morlik – mavjudligi makon bilan shartlangan san’at turi. Unda hajm, makonni egallash 
xususiyati birinchi o‘rinda turadi, deyishadi, aslida “xajm” emas, mahobat atamasini qo‘llash 
maqsadga muvofiq, zero mahobat ulug‘vorlik ifoda topgan hajmdir. Me’morlikning san’at 
sifatidagi estetik mohiyati uning kulgililik xususiyatini inkor qilishi va ulug‘vorlik xususiyatini 
barqaror etishi bilan bog‘liq, hech bir san’at turida ulug‘vorlik bu qadar o‘zini yaqqol namoyon 
qilmaydi.
Ko‘rgazmali-amaliy san’at.
 
Ko‘rgazmali-amaliy san’at qadimdan, mehnat qurollari, 
hunarmandchilikning rivojlanib borishi bilan kundalik turmush ehtiyoji uchun qo‘llaniladigan 
ash’yolarni bezash, me’morlik inshootlarini turli naqshlar va koshinlar vositasida go‘zallashtirish 
orqali estetik telablarga javob berib keladi. Aynan ana shu san’at turida hunarmandchilikning 
san’atga aylanishi ro‘y beradi. M., aytib o‘tganimizdek, XVIII-XIX asrlardagi Buxoro-Qo‘qon 
uslubida naqshlangan go‘zal mis qumg‘onlar dastlab faqat o‘zining muayyan maqsadga xizmat 
qilishi bilan diqqatga sazovor edi. Lekin hozirgi paytda ular har biri betakror san’at namunasi, 
misgar ustaning san’atkorlik mahorati tajassum topgan ma’naviy qadriyat tarzida idrok etiladi. 
YOki yog‘och o‘ymakorligini olaylik, uni biz hozirgi paytda hunar emas, san’at mahsuli tarzida 
qabul qilamiz. 
Haykaltaroshlik-monumental san’at.
 
Eng qadimgi, ibtidoiy davrlardan boshlab hozirgacha 
haykaltaroshlik o‘z maqeini yo‘qotmay kelayotgan san’at turlaridan biri. Bu san’atning asosida 
faqat oniy, bir lahzalik san’at tasviri yotadi. Haykaltarosh tomonidan ana shu eng muhim 
harakatini topish hamda unga mos nur va soyani tanlash yuksak isde’dodni talab qiladi.
Haykaltaroshlik monumental san’at deyiladi. CHunki ko‘pincha u katta hajmli haykallar 
yoki majmularni o‘z ichiga oladi. Ayni paytda uning kichik hajmdagi va har biri o‘ziga xos 
bo‘lgan holda muayyan yuzalikda shakllar uyg‘unligini tashkil etadigan ko‘rinishlari ham 
mavjud. Haykaltaroshlikning birinchi hiliga alohida makonni egallagan va har hil rakkursda 
tomosha qilish mumkin bulgan asarlar kiradi.
Istiqloldan so‘ng mamlakatimizda monumental san’atning milliy g‘urur va iftixor 
tuyg‘usini shakllantirishdagi ahamiyati, uning ma’naviyatimizning yuksalishidagi o‘rni 
masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimovning “YUksak 
ma’naviyat - engilmas kuch” asarining “Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori” deb 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   421   422   423   424   425   426   427   428   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə