Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə421/452
tarix05.01.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#98221
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   452
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

San’atning asosiy vazifalari 
Biz imkon qadar tahlildan o‘tkazgan san’atning xususiyatlari va tamoyillari ma’lum 
ma’noda uning asosiy vazifalarini ham belgilab beradi. Endi ana shu vazifalarni qisqacha ko‘rib 
o‘tishga harakat qilamiz. 
Insoniylashtirish - san’atning dolzarb vazifasi. 
U san’atning deyarli barcha asosiy 
xususiyatlarini va o‘ziga xosligini namoyon etadi. Zero, har bir san’at asari markazida inson 
turadi. Insoniylashtirish vazifasini san’at ham bevosita, ham bilvosita amalga oshiradi. Bevosita 
deganimizda, insonning badiiy qiyofalar shaklida in’ikos ettirilishini nazarda tutamiz. YA’ni 
qahramonlarning shakli-shamoyili, fe’l-atvori va xatti-harakatlari asarda taqdim etilayotgan 
zamonaviy yoki tarixiy voqelikni insoniylashtiradi, ularda inson ishtirokini ta’minlaydi. Bilvosita 


17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
259 
insoniylashtirish esa, birinchidan, san’atkor vositasida ro‘y beradi. Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
inson qiyofasi tasvirlanmagan esa-da, asar hujayrasiga singdirilgan inson ruhi uni ichdan 
nurlantirib, ranginlantirib turadi.
San’atning insoniylashtirish vazifasi bu bilan cheklanmaydi. U yana o‘z badiiy qiyofalari, 
manzaralari, rangi, ohangi v.h. bilan idrok etuvchi qalbini yumshatadi, uni muruvvatli, shafqatli, 
diyonatli bo‘lishga da’vat etadi. YA’ni o‘zining forig‘lashtirish qudrati bilan odamdagi hayvoniy 
xislatlarni yo‘qotishga va uni insoniylashtirishga xizmat qiladi. 
Forig‘lantirish - san’atning asosiy vazifasi.
Forig‘lantirish nima ekanini, uni dastlab 
Arastu san’atga nisbatan qo‘llaganini biz avvalgi boblar orqali yaxshi bilamiz. Qo‘shimcha qilib 
shuni aytish mumkinki, san’atning bu vazifasi muayyan badiiy asarni idrok etish mobaynida ro‘y 
beradi. Uni shartli ravishda uch qismga ajratish mumkin. Dastavval haqiqiy san’at asari inson 
qalbini ochadi, kalit vazifasini o‘taydi. Keyin uni tozalaydi – poklaydigan ma’naviy modda 
vazifasini o‘taydi. Undan so‘ng, uchinchi galda, ochilgan va barcha mayda, g‘arazli, salbiy 
hislardan tozalangan qalbni yuksak tuyg‘ular, ulug‘vor intilishlar, buyuk orzular bilan to‘ldiradi, 
o‘zingiz hali yaxshi ilg‘ab etmagan, ma’naviyatga bo‘lgan ichki bir botiniy-ruhiy tashnalikni 
qondiradi. San’atning «ruh ozig‘i» deb atalishi ham shundan. Aynan ana shu vazifa san’atdagi 
boshqa barcha vazifalarning amalga oshuvini ta’minlaydi, forig‘lantirish vazifasini bajarmagan 
asar – san’at asari emas. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə