Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə419/452
tarix05.01.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#98221
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   452
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

Ijtimoiylik xususiyati.
Ijtimoiylik ham san’atning muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. 
Har bir san’at asari o‘z davrning dolzarb muammolarini, etakchi g‘oyalarini, muayyan mafkurani 
ko‘tarib chiqmasligi mumkin emas. Faqat ular go‘zallik, ulug‘vorlik, kulgililik, ezgulik, ideal 
kabi estetik va axloqiy qadriyatlar bilan uyg‘un tarzda idrok etuvchiga etkazib beriladi. Zero 
san’at asarida asosiy «voqealar» markazida turuvchi badiiy qiyofani biz asar qahramoni – 
qahramon deb atashimiz ham shundan: ijtimoiylik yo‘q joyda qahramonlikning mavjud bo‘lishi 
mumkin emas. San’atning bu xususiyati uning zamonaviylik, mafkuraviylik, hozirjavoblik, 
dolzarblik singari tamoyillari va sifatlari bilan bog‘liq. Ayni paytda san’atning 
individuallashtirish xususiyati ham mavjud. 
Tarixiylik xususiyati.
Har bir haqiqiy san’at asari, vaqt nuqtai nazaridan zamonaviy yoki 
tarixiyligidan qat’i nazar, u – tarix, badiiylashtirilgan tarix. Masalan, Abulqosim Firdavsiyning 
«SHohnoma» asari X-XI asrlarda yaratilgan, milodgacha va miloddan keyingi dastlabki 
davrlardagi Eron ijtimoiy-siyosiy hayotidan olib yozilgan tarix, faqat badiiylashtirilgan, 
umumlashtirilgan tarix. Ayni paytda «SHohnoma»ning yaratilishi bilan bog‘liq tarix ham 
mavjud. «SHohnoma» o‘z ibtidosidan tarixiy asar sifatida qabul qilinadi. Tarixiylikning yana bir 
boshqa jihati borki, unda asar dastavval zamonaviy san’at namunasi sifatida namoyon bo‘ladi va 
keyinchalik u o‘z davrining badiiy qiyofalar vositasida yaratilgan tarixiga aylanib qoladi.
Milliy va umumbashariylik xususiyati.
Bu o‘rinda biz, e’tibor qilsangiz, milliylikni 
umumbashariylik bilan birga, ajralmagan holda keltiryapmiz. Gap shundaki, ularni boshqa 
barcha sohalarda alohida-alohida olib qarash mumkin. Faqat san’atda emas, san’atda ular 
dialektik yaxlitlikda namoyon bo‘ladi. YA’ni haqiqiy milliy qadriyatga aylangan badiiy asargina 
asl umuminsoniylikni va aksincha, haqiqiy umumbashariy qadriyatga aylangan asargina tom 
ma’nodagi milliylikni o‘zida mujassam etadi. CHunki inson ravnaq topib, taraqqiy qilishi uchun 
milliylikdan umuminsoniylikka qarab borishi kerak, tarixda ham doimo shunday bo‘lib kelgan. 
Inson esa san’atning badiiy tadqiqot ob’ekti. SHu sababli milliy mahdudlikni targ‘ib etgan yoki
hech qanday milliy ildizga ega bo‘lmagan «umuman» insonni, milliy-mintaqaviy hududlardan 
tashqaridagi «muallaq» odamni tasvirlagan badiiy asar hech qachon san’at darajasiga ko‘tarila 
olmaydi.

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə