Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə417/452
tarix05.01.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#98221
1   ...   413   414   415   416   417   418   419   420   ...   452
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
256 
O‘yinni esa – yo‘q». Boshqa bir o‘rinda to‘g‘ridan-to‘g‘ri «o‘yin erkindir, o‘yin erkinlikdir», 
degan fikrini bildiradi.
SHuni aytish kerakki, hayvonot olamidagi o‘yinning insoniyat jamiyatidagi o‘yindan farqi 
bor. Insonning o‘yini esa, ma’naviy hodisa, to‘g‘rirog‘i, ijtimoiylashgan ma’naviyat, u eng 
avvalo estetik ehtiyojni qondirishga qaratilgan.O‘yinning inson hayotidagi barcha sohalarda 
ishtirok etishini, uning rang-barangligi, qamrovligi, universalligini va erkinlik bilan bog‘liqligini 
o‘zbek tilidagi «o‘yini o‘zagidan yasalgan so‘zlarining ko‘pma’noliligida, ham ko‘rishimiz 
mumkin. SHu o‘zakdan yasalgan so‘z va iboralardan bir nechasini keltiramiz: shaxmat o‘yini; 
so‘z o‘yini; «siyosatchining» o‘yini, aktyor o‘yini; «o‘rtaga, chiqib o‘ynab ketdi», «yuragi 
o‘ynab ketdi», «ko‘zi o‘ynab ketdi»; «dorbozlar yaxshi o‘yin ko‘rsatadi»; «Salim kechagi to‘yda 
toza o‘yin ko‘rsatdi». v.h. 
Ma’lumki, hech qanday o‘yin jarayoni bir kishi ishtirokida ma’noga ega bo‘lmaydi, u o‘yin 
emas. O‘yinning, o‘yin bo‘lishi uchun kamida ikki odam kerak. CHunki unda inson o‘zini, biror 
bir sohadagi mahoratini boshqalarga ko‘rsatadi, o‘z imkoniyatlarini o‘zgalarga namoyish etadi. 
Demak, o‘yin-jamoaviylik bilan o‘yin; bir o‘zi uchun o‘ynagan odam esa, odatda aqldan ozgan 
hisoblanadi. San’at ham shunday: u yo o‘quvchiga, yo tinglovchiga, yo tomoshabinga 
mo‘ljallangan bo‘ladi, bu – san’atning yashash sharti.
O‘yin beg‘arazlikni talab qiladi, g‘arazli manfaat aralashdimi, demak, o‘yin – yo‘qqa 
chiqadi, hatto, yuzaki qaraganda, maqsadga yo‘naltirilgan sport o‘yinlarida ham muhimi hisob 
emas, o‘yin ko‘rsatish. Masalan, «Paxtakor» yutqazsa ham, lekin yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, yigitlar 
baraka topishsin!» yoki «Hisob 3 : 1 bo‘lgani bilan, afsuski, o‘yin yaxshi bo‘lmadi», degan 
tomoshabinlarning gaplariga e’tibor qiling. Unda o‘yindagi hisobdan emas, o‘yinning 
o‘yinligidan qoniqish hosil qilish, ya’ni manfaat emas, beg‘arazlik birinchi o‘rinda turganini 
ko‘ramiz.
Bundan tashqari, o‘yinning inson uchun yana bir zaruriy jihati, unda odam real hayotda 
topolmagan narsasini topadi, bir muddat bo‘lsa-da tasavvurdagi o‘zi uchun o‘ylab topgan yangi 
reallikdagidan go‘zalroq, ulug‘vorroq hayotda yashaydi. Ana shunday o‘yin – badiiy asarning 
shaklida ham, mazmunida ham erkin va beg‘araz ifoda topadi. Ijodkor o‘yin qoidalariga – badiiy 
asar talablariga bo‘ysunishi shart, uning biror-bir narsani me’yoridan ortiq asar hujayrasiga 
tiqishtirishi o‘yinni – asarni buzadi. SHunday qilib, san’at o‘yinning ijtimoiylashgan shakli – 
tasavvur o‘yini, tafakkur o‘yini, so‘z o‘yini, rang o‘yini, ohang o‘yini va tavush o‘yini. 
Unda insonning barcha a’zolari yagona hissiy-intellektual yaxlitlik sifatida o‘ynaydi. 
Mehnat san’atning estetik faoliyat ekani bilan bog‘liq, ya’ni o‘yinga tayyorgarlik va uni amalga 
oshirish jarayoni mehnatni, ijodiy mehnatni taqozo etadi, u iste’dod bilan yonma-yon faoliyat 
ko‘rsatadi. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   413   414   415   416   417   418   419   420   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə