Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə429/452
tarix05.01.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#98221
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   452
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

Zamonaviy san’at turlari. 
Texnikaviy yutuqlar asosida vujudga kelgan zamonaviy san’at 
turlari insonning har qanday qulay sharoitdan yangi san’at turi yoki asarlarini yaratish uchun 
foydalanishini ko‘rsatadi, insondagi san’atga bo‘lgan azaliy va abadiy intilishidan dalolat beradi. 
Bir paytlar, o‘ta ratsional, san’at bilan sig‘ishmaydigan, qo‘pol deb hisoblangan texnikadan 
hozirgi paytda inson ildizi noratsionallikka borib taqaladigan badiiy qiyofa yaratish uchun 
foydalanmoqda. SHuning natijasi o‘laroq, keyingi bir yarim asr ichida bir necha zamonaviy 
(texnikaviy) san’at turlari paydo bo‘ldi va rivojlandi.
Fotosan’at.
 
XIX asrning 20-30-yillarida fransuzlar J.Nens, L.Dager, ingliz U.Tolbot 
tomonidan shahar manzaralari, mevalarning rassomlik san’atidagi ko‘rinishlarini optika va 
kimyo yordamida suratga ko‘chirish amalga oshiriladi. Uni dastlab «fotogeniya», «fotogenik 
san’at» deb, keyinroq esa, uni rassomlik san’atidagi rangtasvir va grafikaga yaqinligi nazarda 
tutib, «fotografiya» degan nom bilan atashdi. Muhimi shundaki, suratga tushirishni 
badiylashtirish, fototexnika asosida san’at asari yaratish boshlandi. Ayni paytda, endi 
rangtasvirning kuni bitdi, degan, shoshib aytilgan fikrlar ham o‘rtaga tashlandi. 
Badiiy suratkashlikning, ya’ni nurtasvirning rangtasvirdan farqi va eng muhim belgisi – bu 
uning hujjatlilik xususiyati, undagi har bir suratga olingan hodisa real asosga ega. Rassom o‘zi 
tanlagan syujet tasvirida tasavvur va xayolotga keng o‘rin beradi, fotosan’atkorda bu imkoniyat 
yo‘q, u tasvir ob’ektini real, hayotdagi holatida qanday bo‘lsa, shunday suratga tushiradi. Lekin u 
ob’ektning «yalt» etgan jonli ko‘rinishini topa bilishi va o‘sha jonlilikni saqlab qoladigan 
nuqtadan turib ijod qilishi, ba’zan ob’ektning ishiga aralashishi, uni muayyan ruhiy yoki 
manzaraviy holatga kelishi uchun ko‘maklashishi kerak bo‘ladi. Biroq u rassomning erkin 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə