Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə432/452
tarix05.01.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#98221
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   452
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
268 
Shu bilan birga shahar muhitini etnomadaniy belgilarsiz tasavvur etish ham yuqoridagi 
izlanishlarda ko‘zga tashlanadi. SHaharni badiiy-estetik bezatishda o‘ziga xoslik, betakrorlik, 
etnomadaniy an’analarga muvofiqlikni izlash emas, balki nasl- nasabsiz, milliy belgisiz 
«sotsialistik shaxs» va «sotsialistik san’at» yaratishga intilish ustun turadi. 
SHubhasiz, yuqoridagi uchta fundamental ahamiyatga ega talab shahar dizayni haqida 
tasavvurlar uyg‘otdi, shahar-inson aloqalarini badiiy-estetik mohiyat bilan boyitishga etakladi. 
Toshkentda Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn institutining ochilishi 
O‘zbekistonda dizayn san’atini alohida ilm-fan, ijodiy faoliyat sifatida o‘rganish imkonini berdi. 
Respublikamizda dizayn haqidagi qarashlar endi shakllanmoqda, «shahar dizayni» tushunchasi 
ham endi qo‘llanilmoqda. Bu borada olib borayotgan ilmiy izlanishlarimiz bizni quyidagi 
fikrlarni bildirishga undaydi. 
Shahar dizayni shaharsozlik, arxitektura, shahar infrastrukturasi va landshaftining tarkibiy kismi 
sifatida qaralishi, quriladigan har bir inshoot, shakllantiriladigan infrastruktura esa badiiy-estetik 
mohiyatga betakror, rang-barang, qiziqarli ko‘rinishiga ega bo‘lishi lozim. Buning, uchun 
shaharsozlar, arxitektorlar dizaynerlar bilan ijodiy hamkorlik o‘rnatishi darkor. 
Shahar dizayni rang-barang sohalar bilan bog‘liq ijodiy faoliyat turidir. U arxitektura, yo‘l 
transporti, 
savdo-sotiq, 
madaniy- 
maishiy 
xizmatlar 
uyushtirish, 
kommunikatsiya, 
mebelshunoslik, ijtimoiy boshqarish va tabiiy ravishda, san’atning barcha janrlarini, turlarini 
bilishni talab etadi. Shuning uchun «SHahar dizayni» kursini ishlab chiqish va mutaxassislar 
tayyorlash jarayoniga joriy etish maqsadga muvofiqdir. Shahar dizayni atrof-muhitga shahar 
dizayn inson triadasi sifatida yondashishga undaydi. Mazkur konsepsiya markazida shahar va 
inson manfaatlarini o‘zining ijodiy faoliyatida uyg‘unlashtiruvchi mutaxassis – dizayner turadi. 
Aynan ushbu mutaxassis insonda ijtimoiy muhitdan, undagi badiiy-estetik va etnomadaniy 
qadriyatlardan to‘la qoniqish hissini uyg‘otadi, o‘z shahrini sevib, uni yanada go‘zal qilib, 
yaratib yashashga undaydi.SHahar dizaynida zamonaviy, g‘arbona va an’anaviy, sharqona san’at 
janrlarini, turlarini uyg‘unlashtirish imkoni kattadir. Ushbu janrlarni, turlarni sintezlashtirish 
mutaxassisni erkin, keng izlanishlarga undaydi va uning asarlarini ommalashtiradi, hayotiy 
qiladi. Demak, shahar dizayni badiiy-estetik ijodni ijtimoiy hayotga, amaliyotga yaqinlashtiradi, 
izlanishlarga pragmatik yo‘nalish beradi. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə