Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə431/452
tarix05.01.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#98221
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   ...   452
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
267 
xalq amaliy san’ati namunalari bilan bezatilgan maydonchalar paydo bo‘ladi [1]. Natijada 
kishilarning badiiy-estetik didini shakllantirishga, inshootlar, ko‘p qavatli uylar, istirohat 
maskanlarini dizayn qonunlariga muvofiq badiiy bezatishga ehtiyoj tug‘iladi. SHahar kishisining 
serharakatligi, seytnot, psixologik ta’sirlarning ortib borayotgani, butun badiiy-estetik 
izlanishlarda va san’at asarlari yaratishda bo‘lgani kabi shahar dizayni oldiga ham qator talablar 
qo‘yadi. 
Birinchi talab shunda ediki, shahar dizayni mavjud inshootlar kompleksini, kishilarning ko‘zi 
tushadigan joylarni badiiy-estetik go‘zal, betakror va o‘ziga xos mohiyatli qilishi lozim. Qad 
ko‘tarayotgan inshootlar sonining oshishi bilan ularning tashqi ko‘rinishiga, badiiy-estetik 
jixatlariga talab ham ko‘paydi, ya’ni o‘tgan davrda an’anaga aylangan temir-beton inshootlarni 
qurishga badiiy-estetik ko‘rinish, bezash lozim bo‘ladi. Masalan, 60- 70 yillarda Toshkentda 
(ayniqsa Chilonzor tumanida) “xruщevka” nomini olgan temir- beton uylarda deyarli hech 
qanday badiiy- estetik mohiyat ko‘zga tashlanmaydi. Zerikarli, qo‘ng‘ir rangli beton-uylar ham 
shaharsozlikda dizayn belgilari shakllanmaganidan dalolat beradi. Mustaqillik yillarida zerikarli 
ko‘rinishdagi temir-beton inshootlarning birinchi qavatini zamonaviy shisha, mramor, plastika, 
alyubond va rang-barang vitrinalar bilan bezatish an’anaga aylandi. Bugun ushbu binolar 
dizaynida asekko (devorga rasm chizish uslubi) freska, vitraj, bakkar (xrustal bilan bezatish 
uslubi), rang-tasvir, grafika, glintika (toshga o‘yish san’ati), gobelen, izrazets, inkrustatsiya bilan 
birga o‘zbek xalq amaliy san’ati – naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, ganch o‘ymakorligi va 
boshqalardan foydalanilayotganini ko‘ramiz. 
Ikkinchi talab serharakat shahar kishisining vaqtini tejash hamda unda ma’lum bir voqealar, 
hodisalar haqida ta’surot uyg‘otish, fikr shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan [2]. O‘sha davrda 
hukmron bo‘lgan kommunistik mafkura ko‘chalar, maydonlar va binolarga turli shiorlar, 
plakatlar ilishni an’anaga aylantirgan. Ularda asosiy e’tibor shriftga, ya’ni shior mazmuniga mos 
keluvchi shriftdan foydalanishga qaratilgan. SHiorlar ko‘pincha qizil alvonga uzoqdan ko‘zga 
tashlanuvchi kesma shriftlar bilan yozilgan. 70-yillarga kelib katta ko‘chalarda, korxonalar 
maydonchalar, istirohat maskanlari va ma’muriy idoralar oldida katta plakatlar, temir 
konstruksiyalar yoki oq mramor bilan qoplangan stendlar, mozaika pannolar o‘rnatish keng 
tarqaladi. Mazkur stend va pannolarni hozirgacha Toshkent shahrida uchratish mumkin. 
Shuni qayd etishimiz kerakki, mazkur plakat, stend va pannolar asosan ideologik vazifani 
bajargan, ularda shaharning badiiy-estetik obrazini yaratish, san’at asarlarini dizayn talablariga 
muvofiq loyihalashtirish, bezatish nazarda tutilmagan. 
Uchinchi talab shahar – inson konsepsiyasi yuzaga kelgani bilan bog‘liqdir. O‘sha davrda 
o‘tkazilgan maxsus tadqiqotlar ko‘rsatadiki, shahar shunchaki makon, kishilar ishlaydigan va 
istiqomat qiladigan muhitgina emas, u insonning dunyoqarashi, badiiy-estetik didi va hayotiy 
idealini shakllantiradigan ijtimoiy-tarbiyaviy omildir. SHahar muhiti, undagi tarixiy-madaniy 
an’analar, turmush tarzi, arxitektura, ko‘chalar va istirohat maskanlari insonda ma’lum 
etnostereotiplarni shakllantiradi. Mazkur tadqiqotlarda shaharni loyihalashtirishga dizayn san’ati 
nuqtan nazaridan yondashish lozim, degan fikr ilgari suriladi. To‘g‘ri, ularda hali «shahar 
dizayni» degan ibora ishlatilmaydi, ammo tadqiqotchilar shahar muhitini badiiy-estetik g‘oyalar 
va asarlar bilan bezatish konsepsiyasini ilgari suradilar. Masalan, S.B. Bazazyansning fikriga 
ko‘ra, shahar muhiti, ko‘chalar, inshoot va maydonlar musavvirga rang-barang san’at turlaridan 
foydalanishga imkon beradi, shuning uchun «har bir ijodkor shahar muhitini badiiy-estetik ta’sir 
ob’ekti, shahar kishisini esa retsipient» sifatida qabul qilishi mumkin. 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə