Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə426/452
tarix05.01.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#98221
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   ...   452
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
263 
nomlangan bobida Sohibqiron Amir Temur bobomizning siymosini har tomonlama to‘liq va 
haqqoniy aks ettirish uchun bergan tavsiyalarini alohida qayd etish mumkin. Jumladan, “1993 
yili Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga o‘rnatiladigan haykalni ilk bor muhokama 
qilganimiz esimda, - deb hotirlaydi Prezidentimiz, - Haykaltaroshlar taqdim etgan variantda 
Sohibqiron qo‘liga nayza tutgan holda tasvirlangan edi. Men bunga e’tiroz bildirib, «Sohibqiron 
bobomiz qo‘lida nayza emas, otning jilovini tutib turgani ma’qul, - degan fikrni bildirdim. 
Buning ramziy ma’nosi bor. CHunki, saltanatda nayza ko‘targan odamlar ko‘p bo‘lgan, ammo 
jilov Amir Temurning qo‘lida bo‘lgan. Bu mustahkam davlat tizimini qo‘lda mahkam tutib 
turishni anglatadi. SHu bilan birga, buyuk ajdodimizning ikkinchi ko‘lini baland ko‘tarib, 
dunyodagi barcha insonlarga tinchlik-omonlik, baxtu saodat tilayotgan asnoda aks ettirish 
maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Qolaversa, xalqimizda har bir ish bismil-loh aytib, o‘ng qo‘l, o‘ng 
oyoqdan boshlanadi. Bu haykadda esa ot nima uchundir chap oyoqdan odim 
tashlayapti».Muhokama ishtirokchilari bu fikrga qo‘shilishdi va haykaltaroshlar bildirilgan 
fikrlar asosida yangi variantni yaratishdi.” 
Ana shunday izlanish va tajribalar asosida keyinchalik Farg‘ona shahrida - Ahmad 
Farg‘oniy, Urganchda - Muhammad Muso Xorazmiy va Jaloliddin Manguberdi, Navoiy shahrida 
- Alisher Navoiy, poytaxtimizda - G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor va Zulfiya singari 
allomalarimiz, yozuvchi va shoirlarimiz haykallarini, Mustaqillik va Xotira maydonlarida 
zamonaviy monumental san’atimizning noyob namunasi sifatida tan olingan Mustaqillik va 
ezgulik monumentini, Motamsaro ona haykalini, Termiz shahrida Alpomish, Qarshi shahrida esa 
«El-yurt tayanchi» va boshqa o‘nlab monumental san’at asarlari barpo etildi. 
 
Baxshilik san’ati.
Odatda baxshilikni estetikada san’at turiga kiritish qabul qilinmagan va 
xalq og‘zaki adabiy ijodi sifatida badiiy adabiyotning xili deb hisoblab kelinadi. Aslida “bunday 
kamsitish”ning sababi o‘zbek estetikasida shu paytgacha ovro‘paga, to‘g‘rirog‘i, ruslarga 
taqlidning nihoyatda kuchli bo‘lganida. SHunday qilib, biz uni to‘laqonli san’at turi deb bilamiz 
va buni isbotlashga harakat qilamiz. 
Baxshilik san’ati asosan SHarq xalqlarida mavjud, kelib chiqishi qadimgi Hindiston bilan 
bog‘liq, 
sanskritchadagi 
“bhikshu” 
(qalandar, 
darvesh) 
so‘ziga 
borib 
taqaladi. 
Keyinchalik,”baxshi”, “baxsha”, “baxshi”, va boshqa shakllarda SHarq xalqlarining 
ko‘pchiligida ustoz, ma’rifatchi degan ma’nolarda qo‘llanilgan. G‘arbda uni faqat qadimgi 
yunonlar madaniyatida ko‘rishimiz mumkin.
Xalq dostonlaridagi tasvirlar, majoziylik ko‘p hollarda mubolag‘aga va alliteratsiyaga 
asoslanadi, natijada badiiy qiyofa afsonaviylashtirilgan, mo‘‘jizaviylashtirilgan tarzda gavdalan-
tiriladi. Masalan, “Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlaridagi bahodirlardan biri – Hasan Ko‘lbar bir 
to‘yning oshini eb to‘ymaydi, murtining ichiga kalamushlar in qurib tashlagan v.h.
Rassomlik san’ati.
Bu san’at turi ham qadimdan mavjud, uning dastlabki namunalarini 
qadimgi tosh asridagi g‘orlar devoriga ishlangan rasmlarda ko‘rish mumkin. Ularda asosan ov 
hayvonlari va inson tasviri berilgan. 
Rangtasvir voqelikning san’atkor tanlagan nuqtai nazardan mo‘yqalam va bo‘yoqlar 
vositasida muayyan tekis materialga rasm tarzida tushirishdan iborat. Unda rassomning uslubi, 
bo‘yoq tanlashdagi mahorati, nur va soyalar o‘yini yangicha kompozitsion yondashuv kabi 
san’atkor iste’dodini belgilaydigan jihatlar muhim ahamiyatga ega. 
Musiqa san’ati.
Agar rassomlik san’atida, deylik uning manzara janridagi Levitanning 
mashhur “Qarag‘ayzor” asari ko‘z oldimizda muayyan ma’noda tugallangan rangtasvir sifatida 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə