Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/452
tarix05.01.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#98221
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   452
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

«ETIKA» FANIDAN TESTLAR
1. Axloq deganda nimani tushunasiz? 
a) Axloq xudoning insonga bergan in’omi; 
b) Axloq kishining turli xil kayfiyatlari;
v) Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri, insonning yurishturish qoidalari va hulq-atvori 
normalari; 
g) Axloq yaxshilik va yomonlikning o‘lchov mezoni. 
2. Axloq ko‘proq qaysi fanlar bilan bog‘liq?
a) Tarix va siyosatshunoslik fanlari bilan; 
b) Pedogogika va huquqshunoslik fanlari bilan; 
v) Sotsial - psixologiya va iqtisodiyot fanlari bilan; 
g) San’at va adabiyot fanlari bilan. 
3. Axloqning ijtimoiy hayotdagi roli nimadan iborat?
a) Odamga omad va baxt-saodat keltiradi; 
b) Kishini hato qilmaslikka undaydi; 
v) Insonni ma’naviy kamolatga etkazadi, jamiyatni ma’lum muvozanatda saqlab turishga imkon 
beradi; 
g) Kishining o‘z nafsini tiya bilishini va insofli bo‘lishini ta’minlaydi. 
4. Axloqning tarkibiy tuzilishini izohlang?
a) Kishining kechinmalari, his-tuyg‘ularning yig‘indisi; 
b) Axloqiy amaliyot va psixologik xususiyatlarni o‘z ichiga oladi; 
v) Axloqiy ong, axloqiy normalar, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlar; 
g) Axloqiy baho va axloqiy mezon. 


TESTLAR 

5. Axloqning tabiiy manbaalari nimalardan iborat? 
a) Axloq tug‘ma xarakterga ega, inson tug‘ilishi bilan unga in’om etiladi; 
b) Axloqning negizida shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar yotadi; 
v) Axloq kishining aql-zakovatiga bog‘liq; 
g) Axloq ota-onadan o‘tadigan genetik meros. 
6. Axloqning ijtimoiy manbalari nimalardan iborat?
a) Axloq siyosiy ustqurmaning mahsuli; 
b) Axloq jamiyatning tuzumi orqali belgilanadi; 
v) Axloq sotsial muhit va jamoatchilik fikri orqali shakllanadi; 
g) Axloq tarbiya xarakteriga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. 
7. Axloqning ma’naviy manbalari nimadan iborat?
a) Axloq xudoning irodasiga bog‘liq; 
b) Axloq hayotiy tajribalar davomida takomillashadi; 
v) Axloq ilm-ma’rifat orqali shakllanadi, kishining hayot mazmuni va hayot maqsadini qanday 
tushunishiga bog‘liq; 
g) Axloq kishining ijtimoiy faolligi, intilishlari va epchilligining mahsulidir. 
8. Axloqiy norma -qoidalar qachon paydo bo‘lgan?
a) Odamzod urug‘ining paydo bo‘lishi bilan; 
b) Inson jamiyati yuzaga kelishi bilan; 
v) Iqtisodiy tuzum inqirozi davrida; 
g) Quldorlik tuzumi shakllangandan keyin. 
9. Eng qadimgi axloqiy ta’limotlar qaerda yuzaga kelgan?
a) Misrda, Hindiston va Xitoy mamlakatlarida; 
b) Qadimgi Yunonistonda va Rimda; 
v) Evropa mamlakatlaridan Angliya va Fransiyada; 
g) Amerika Qo‘shma Shtatlarida. 
10. Eng qadimgi taniqli axloqshunos mutafakkirlarni aniqlang.
a) Fales, Anaxsimandr, Geraklit; 
b) Aristotel, Suqrot, Epikur; 
v) Demokrit, Amaksimen, Lukretsiy; 
g) Gelvetsiy, Spinoza, Kant. 
11. Axloqshunoslik bo‘yicha birinchi darslikni kim yozgan?
a) Geraklit; 
b) Aristotel; 
v) Demokrit; 
g) Epikur. 
12. «Axloq - bu baxt-saodatga erishish yo‘llarini o‘rgatuvchi fandir» degan fikrning muallifini 
aniqlang? 
a) Geraklit; 
b) Demokrit; 
v) Aristotel; 
g) Epikur. 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə