Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/452
tarix05.01.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#98221
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   452
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

TESTLAR 

13. Axloqning asosida shaxsiy manfaat yotadi - degan fikrni kim birinchi bor ilgari surgan?
a) Golbax, Gelvetsiy; 
b) Alisher Navoiy, Farobiy; 
v) Platon, Gegel; 
g) Kant, Feyerbax. 
14. Axloqiy taraqqiyot g‘oyasiga kim asos solgan?
a) Gegel; 
b) Kant; 
v) Ibn Sino; 
g) Jomiy. 
15. Burch kategoriyasi ustida kim ko‘proq ish olib borgan?
a) Kant; 
b) Spinoza; 
v) Feyerbax; 
g) Marks. 
16. Axloqning asosida sevgi va muhabbat yotadi - degan fikrning muallifini aniqlang.
a) Feyerbax; 
b) Suqrot; 
v) Platon; 
g) Sa’diy Sheroziy. 
17. Eng qadimgi axloqiy ta’limotlar qanday yozma manbada ifoda etilgan?
a) Qur’onda; 
b) Avestoda; 
v) O‘rxun-Enisey yozuvlarida; 
g) Farobiy risolalarida. 
18. Eng qadimgi xalqlarning o‘z Vatani va o‘z xalqiga muhabbat fazilatlarini ifodalaydigan 
og‘zaki ijodiyot namunalarini aniqlang.
a) Go‘ro‘g‘li dostoni; 
b) Alpomish dostoni; 
v) To‘maris va Shiroq afsonalari; 
g) Qirq qiz dostoni. 
19. «Fozil odamlar shahri», «Baxt-saodtaga erishuv yo‘llari haqida» risolalarining muallifini 
aniqlang.
a) Al Kindiy; 
b) Al Roziy; 
v) Al Farobiy; 
g) Al Beruniy. 
20. «Sevgi haqida risola» nomli kitobning muallifi kim? 
a) Beruniy; 
b) Xorazmiy. 
v) Ibn Sino. 
g) Umar Xayyom. 
“ESTETIKA” FANIDAN TESTLAR
1. Tarixda «estetika» atamasini kim tatbiq qilgan? 


TESTLAR 
10 
a) Baumgarten 
b) Bualo 
v) Bergson. 
g) Suqrot. 
2. Estetika - 
a) Go‘zallik va voqelikni estetik o‘zlashtirish qonuniyatlari haqidagi fan; 
b) Voqelikdagi estetiklikning mohiyati, estetik faoliyatning umumiy qonunlari va estetik ongning 
o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi fan; 
v) go‘zallik qonunlari va estetik ong qonunlariga doir ijod to‘g‘risidagi fan; 
g) nafosatshunoslik. 
3. Estetika tarixida kim estetik tarbiya nazariyasining dastlabki loyihasini yaratgan? 
a) Geraklit 
b) Platon 
v) Pifagor 
g) Arastu. 
4. Faylasuflardan qaysi biri san’at odamning hayvonlarga taqlid qilishi negizida vujudga kelgan, 
deb hisoblagan? 
a) Geraklit 
b) Demokrit 
v) Sokrat 
g) Epikur. 
5. Faylasuflardan qaysi biri go‘zallikni maqsadga muvofiqlik bilan bir xil narsa deb hisoblagan? 
a) Platon 
b) Aristotel 
v) Sokrat 
g) Fales. 
6. Faylasuflardan qaysi biri san’at bilishga oid qimmatga ega emas, u yolg‘on va chinakamiga 
haqiqiy dunyoni bilishga to‘sqinlik qiladi, deb hisoblagan? 
a) Platon 
b) Demokrit 
v) Geraklit 
g) Aristotel. 
7. Faylasuflardan qaysi biri ijodiy ishlash erishib bo‘lmaydigan holat deb hisoblagani uchun 
badiiy an’analarni o‘rganish, malaka va ko‘nikmalar orttirish, san’atda muayyan qobiliyatlarni 
ishlab chiqish zaruriyatini inkor qilgan? 
a) Demokrit 
b) Geraklit 
v) Platon 
g) Epikur. 
8. Estetika tarixida kim odamga maxsus tanlab olingan musiqa orqali ta’sir qilish yo‘li bilan 
uning qalbini zararli ehtiroslar (qahr-g‘azab, qo‘rquv, rashq)dan xoli qilish nazariyasini ishlab 
chiqqan? 
a) Pifagorchilar 
b) Aristotel 
v) Platon 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə