Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/452
tarix05.01.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#98221
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   452
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

 “Mantiq” fanidan testlar
1. Formal mantiq nimani o‘rganadi? 
a) tafakkurning vujudga kelishini; 
b) tafakkur taraqqiyotini; 
v) to‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini* 
g) fikrning konkret mazmuni; 
2. Tafakkur shakli nima? 
a) fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish usuli* 
b) firkning yaqqol iqodalanishi; 
v) fikrning tilda gavdalanishi; 
g) til va tafakkurning bir - biriga to‘la mos kelishi; 
3. Fikr qachon to‘g‘ri qurilgan deb hisoblanadi? 
a) aniq ma’nasiga ega bo‘lsa; 
b) izchil bo‘lsa; 
v) etarli asosga ega bo‘lsa; 
g) b, v, g hollari mavjud bo‘lsa 


TESTLAR 

4. Tafakkur qonuni nima? 
a) fikr yuritish qoidalari yig‘indisi; 
b) fikr yuritish usuli; 
v) fikrlash elementlari o‘rtasidagi ichki zaruriy aloqadorlik* 
g) fikrlash shakli; 
5. Sinonim va omonimlardan noto‘g‘ri foydalanish, masalan, “Vatan”, “o‘lka” so‘zlari ifoda 
qiluvchi tushunchalarning mazmunini barcha hollarda bir - biriga tenglashtirish yoki “xukm” 
so‘zi ifoda qiluvchi tushunchalarning (xukm - sud chiqargan qaror, hukm - tafakkur shakl) 
mazmunini farq qilmaslik muhokama yuritishda fikrning aniq ifoda qilinmasligiga olib keladi. 
Bunday hollarda tafakkurning qaysi qonuni talablari buzilgan bo‘ladi?
a) ayniyat qonunining talabi buzilgan* 
b) ziddiyat qonunining talabi buzilgan; 
v) uchinchi mustasno qonunining talabi buzilgan; 
g) etarli asos qonunining talabi buzilgan; 
6. Amaliy mashg‘ulotlarda talaba o‘qituvchidan, - “Qilmagan ish uchun jazolab bo‘ladimi?”, - 
deb so‘radi. O‘qituvchi, - “Yo‘q, jazolab bo‘lmaydi”, deb javob beradi. Talaba, - “Unday bo‘lsa 
meni jazolamang, uyga vazifani qilmadim”, - deydi. YUritilgan muhokamada tafakkurning qaysi 
qonun talablari buziladi?
a) ayniyat qonunining* 
b) ziddiyat qonunining; 
v) uchinchi mustasno qonunining; 
g) etarli asos qonunining; 
7. “Mazmunsiz fikr” tushunchasida ziddiyat qonuni talabiga rioya qilinganmi?
a) rioya qilingan; 
b) rioya qilinmagan* 
v) ba’zida rioya qilinishi mumkin; 
g) ba’zida rioya qilinmaydi; 
8. Afandi xotiniga “Qatiq keltir! Yozning issig‘ida oshqozon uchun qattiqdan foydaliroq narsa 
yo‘q!”, - dedi. Xotini - “Uyda qattiq yo‘q edi”, - deb javob beradi. Shunda Afandi, - “Bo‘lmagani 
ham yaxshi; aslida u zararli”, - debdi. Afandining xotini shunda, - “Qiziq odam ekansiz, qattiq 
dam foydali, dam foydasiz deysiz. Qaysi biriga ishonsa bo‘ladi?” - deb so‘radi. Afandi, - “Agar 
uyda qattiq bo‘lsa birinchisi, bo‘lmasa ikkinchasi to‘g‘ri”, - deb javob beribdi.
Mazkur latifada tafakkurning qaysi qonuni talabi buzilgan? 
a) ayniyat qonunining talabi; 
b) ziddiyat qonunining talabi* 
v) uchinchi mustasno qonunining talabi; 
g) etarli asos qonunining talabi; 
9. Afndining chap yon qo‘shnisi Afandining o‘ng yon qo‘shnisi bilan bo‘lib o‘tgan munozarani 
gapirib berib, Afandidan kim haq ekanligini so‘rabdi. Afandi shunda, - “Albatta siz haqsiz”, - 
deb javob beribdi. Birpasdan keyin o‘ng yon qo‘shnisi kelib u ham chap yon qo‘shnisi bilan 
bo‘lib o‘tgan baxsining tafsilotini gapirib berib kim haqligini so‘rabdi. SHunda Afandi unga 
ham - “Albatta siz haqsiz” - deb javob beribdi. Bu hangomani kuzatib turgan xotini, “Juda qiziq 
odatingiz borda, axir u qo‘shniga ham, bu qo‘shniga ham “Siz haqsiz” deb javob berdingiz
tutirig‘ingiz qolmabdi-ku, umuman”, - debdi. SHunda Afandi xotiniga qarab, - “Xotin, sen ham 
haqsan”, - degan ekan. 
Bu erda Afandi mantiqning qaysi qonuni talabiga amal qilmadi?
a) ayniyat qonunining talablari; 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə