Seminar mashg’ulotlari mavzulari



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/62
tarix16.02.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#100861
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62
4 KURS MASLAXAT SEMINAR BARCHA MAVZULAR

4-qoida.
Psixologik maslahat yakunida muammoni hal etish bo'yicha qo'llaniladigan amaliy 
harakatlarni mustaqil nazorat qilish amaliy vositalari bilan mijozni ta'minlash juda muhimdir. Xususan, 
ushbu holatda amalda o'zini qanday qilib nazorat qila olishi va uning xulqi to'g'riligini qaysi belgilariga 
qarab bilib olishi, amalga oshirayotgan harakatlari haqiqatda ham ijobiy natijalar berayotganini 
baholashi mumkinligini mijozga tushuntirib berish to'g'risida gap boradi. 
5-qoida.
Muammoni amaliy hal etish paytida mijozga psixolog- maslahatchi tomonidan 
kerakli maslahat va tavsiyalar olish qo' shimcha imkoniyatini berish. Bunga sabab har doim ham 
mijozga barchasi tushunarli bo'lmasligi va barchasini to'la amalga oshira omasligidir. Ko'pincha mijoz 
go'yo barchasini yaxshi tushunib olgandek, psixolog- maslahatchining tavsiyalarini qabul qilgandek 
bo'lib, ularni amaliy bajarishga kirishganida esa to'satdan ko'plab ko'zda tutilmagan vaziyatlar va darhol 
javobini talab etuvchi qo'shimcha savollar paydo bo'ladi. Bu savollar tez hal etilishi uchun mijoz 
psixolog-maslahatchi bilan doimiy aloqada bo'lishi, shu jumladan, maslahat olib bo'lganidan keyin ham 
aloqada bo'lib turish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Buning uchun esa maslahatlar yakunlangandan 
keyin mijoz bilan xayrlashayotganda unga qachon va qayerda zarur bo'lganda kerakli maslahatlar olishi 
mumkinligini aytishi kerak. 
6-qoida
. Ishni yakunlab mijozga mustaqil harakat qilish imkonini berishdan avval psixolog-
maslahatchi mijoz haqiqatda barchasini tushunib olganligi va ishonch bilan shubhalanmay, kerakli 
yo'nalishda harakat qilishga tayyor ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bunga ishonch hosil qilish 
uchun maslahatlar yakunida yana mijozga so'z b erib va masalan, quyidagi savollarga javob b erishini 
iltimos qilish zarur: Siz uchun hammasi aniq tushunarlimi? Aytingchi, siz endi nima qilmoqchisiz? 
Ba'zida mijozga qator aniq savollar berish foydali bo'ladi. Bu savollarga javoblaridan 
mijozning tushunganligi darajasi va psixolog- maslahatchidan olgan maslahatlarini qabul qilganligi 
aniqlanadi. Psixologik maslahatning yakunlovchi bosqichi quyidagi vaziyatlardan iborat: maslahatlarga 
yakun yasash va mijoz bilan xayrlashish. Yakun yasash o'z navbatida maslahat natijalarini, muammo 


mohiyatini qisqacha qaytarib o'tishi uni tushunishini va ishlab chiqilgan muammoni hal qilish bo'yicha 
tavsiyalarni takrorlashdan iborat. Mijozning istagi bo'yicha bu tavsiyalar faqat og'zaki emas, balki 
yozma ravishda ham berilishi mumkin. O'tkazilgan psixologik-maslahatga yakun yasashda mijoz bilan 
birgalikda qanday bajarilishi va qaysi muddatlarda bajarilishi zarurligini belgilab olish ham muhim. 
Iloji boricha mijoz ishlar qanday borayotganligini va uning muammosi qanday hal etilayotganligini 
psixolog-maslahatchiga vaqti-vaqti bilan xabar qilib tursa yaxshi bo'ladi. Bularning barchasi psixolog-
maslahatchi tomonidan hatto mijozning olgan tavsiyalarini amalga oshirishi jarayonida uning o'zida 
ham biror-bir alohida muammolar yo’zaga kelmagan va u psixolog maslahatchiga qo'shimcha murojaat 
etmaganida ham mijoz shaxsiy kartochkasiga yozib boriladi. Mijoz bilan xayrlashayotganida odatda, u 
olgan tavsiyalarini qanday amalga oshirayotganligini va ularni amaliy qo'llash natijalari qanday 
bo'layotganligini psixolog-maslahatchiga doim xabar qilib turishini so'raladi. Agarda u axborot berib 
borish iltimosini bajarsa, u bilan qo'shimcha bepul maslahat o'tkazishga va'da berib rag'batlantirish 
mumkin. 
Psixologik-maslahatni muvaffaqiyatli o'tkazish uchun amaliy ishlar davomida faqat mijozni 
to'g'ri tashkil etilgan holda kutib olish va u bilan yaxshi, samarali, professional ish olib borish balki 
maslahat yakunlangandan keyin yaxshi o'ylab chiqilgan xayrlashish amallari ham muhimdir. Mijoz 
psixologik-maslahatni yaxshi kayfiyat bilan va u olgan maslahatlarni amalga oshirishi natijasida 
muammosi muvaffaqiyatli hal etiladi, degan to'la ishonch bilan tark etishi juda muhim. Mijoz bilan 
xayrlashayotganda birinchi navbatda psixolog-maslahatchining o'zi so'zsiz ishonishini namoyish etishi 
kerak. U mijozni psixologikmaslahat xonasidan chiqishida koridorgacha ko’zatib qo'yishi zarur. 
Psixolog-maslahatchi xayrlashayotganida mijozga esdalik uchun biron narsa sovg'a qilsa, masalan, 
psixologik maslahatda hamkorlikdagi ishlari to'g'risida eslatib turuvchi o'z vizitkasini yoki yodgorlik 
sovg'a qilsa mijozda yaxshi yakunlovchi taassurot uyg'otadi. Psixolog- maslahatchi mijoz bilan 
xayrlashayotganda aytadigan oxirgi so'zlari juda muhim. Buning uchun mos keladigan gaplarni 
boshlashda odob qoidalarida qabul qilingan so'zlar quyidagilardan iborat: 
■ 
bu uchrashuvdan men juda xursandman; 
■ 
siz bilan vaqtimizni juda maroqli o'tkazdik; 
■ 
siz bilan suhbatlashganimdan xursandman; 
■ 
hammasini kelishib olganimiz yaxshi bo'ldi; 
■ 
mening maslahatlarimga quloq solganingiz uchun sizga katta rahmat; 
■ 
sizni boshqa vaqtingizni olmayman
■ 
xayr; 
■ 
keyingi uchrashuvgacha; 


■ 
yaxshi boring; 
■ 
salomat bo'ling; 
■ 
siz bilan yana uchrashamiz; 
■ 
bizni esdan chiqarib qo'ymang; 
■ 
kelib turing. 
Psixolog-maslahatchining mijoz bilan keyingi uchrashuvlari, agarda u kerak bo'lsa xuddi shu 
kabi oldindan o'ylab chiqilgan, rejalashtirilgan, psixolog-maslahatchi va mijoz tomonidan kelishib 
olingan holda tashkil etiladi. Shu mazmunda odatda psixolog-maslahatchining maslahatlari 
yakunlangandan keyin qayerda va qachon uchrashishlari hamda mumkin bo'lgan suhbat mavzulari 
(masalalari) belgilab olinadi. Bu suhbat albatta, yo’zma-yo’z bo'lishi shart emas. Ba'zida mijoz bilan 
telefon orqali suhbatlashish yoki uning savollariga yozma shaklda javob yo'llash ham yetarli bo'ladi. 
Maslahatlardan keyingi uchrashuvga va mijozning mumkin bo'lgan suhbatlari rejasini psixolog-
maslahatchi u bilan birgalikda belgilaydi. Ba'zida bu reja yozma ravishda ikki nusxada tayyorlanadi. Bir 
nusxasi psixolog-maslahatchida qoladi, ikkinchi nusxasi esa mijozga beriladi. 
Turli sabablarga ko'ra psixologik maslahat davomida uning samarasini pasaytiradigan, ko'zda 
tutilmagan va to’zatish qiyin bo'lgan xatolar yo’zaga kelishi mumkin. Mana shu xatolar mohiyati va 
manbalarini, ularni oldini olish va to’zatish usullarini bilish psixologik maslahatlar o'tkazish 
amaliyotida ularni umuman yo'qotish mumkin bo'lmasa ham ancha kamaytirishga imkon beradi. 
Maslahatlar jarayonida paydo bo'ladigan xatolar quyidagi asosiy turlarda bo'lishi mumkin (ko'rsatib 
o'tiladigan xatolar har bir turida ularning mumkin bo'lgan sabablari ham keltirib o'tiladi): 

Muammo mohiyati to'g'risida psixolog-maslahatchining noto'g'ri xulosasi: bu psixolog 
maslahatchi yoki mijozning haqiqiy muammosini ko'ra bilmaydi yoki unda haqiqatda bo'lmagan 
muammo bilan adashtiradi. 

Psixolog-maslahatchining mijozga taklif etadigan noto'g'ri tavsiyalari. Ushbu holatda 
psixolog-maslahatchi umuman mijoz muammosini to'g'ri tushunadi va to'g'ri baholaydi. Lekin uni hal 
etish bo'yicha noto'g'ri tavsiyalar beradi. Bunday tavsiyalarni bajarish mijozga aslida hech narsa yoki 
deyarli hech qanday foyda keltirmaydi. 

Psixolog-maslahatchidan olgan tavsiyalarini bajarishda mijozning noto'g'ri harakatlari. 
Psixologik maslahatdagi bu turdagi xatolar muammolari psixologik maslahat davomida to'g'ri 
tushunilgan va muammoni hal etish bo'yicha to'g'ri tavsiyalar berilgan mijoz o'z muammosini amaliy 
hal qilishga kirishganida noaniqliklarga yo'l qo'yishida yo’zaga keladi. 
Shuni eslatib o'tish kerakki, yuqorida aytib o'tilgan xatolar asosiy turlari har biri alohida hamda 
birgalikda uchrashi ham mumkin. Shuning uchun psixologik maslahatda yo’zaga keladigan 


muvaffaqiyatsizlikni amaliy tahlil qilishda faqat bir ikkitasini topib qoniqmasdan barcha turdagi 
xatolarni izlash kerak. Bu psixolog-maslahatchida uning faoliyatida shu kabi va boshqa xatolar yo’zaga 
kelishining oldini oladi.
Psixologik-maslahatdagi yuqorida aytib o'tilgan xatolar har bir turini guruhlarga ajratish 
mumkin. Xususan birinchi turdagi xatolar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 

 
Psixolog maslahatchining mijozdan diagnostika va dardini aytish bosqichida olgan 
ma'lumotlari yetarlicha aniq bo'lmagani sababli yo'l qo'yiladigan xatolar. Ushbu holatda psixolog-
maslahatchi mijozga to'la ishonib (mijoz esa psixologga ma'lumotlarni aytib berayotganida turli 
sabablarga ko'ra, shu jumladan esga ololmaganligi sababli ham xato qilish mumkin). Mijoz muammosi 
mohiyatiga qarab yoki unga yetkazilgan noto'g'ri axborotlar asosida uning amaliy yechimi bo'yicha 
xulosalarga kelishga majbur. Xatolarning ushbu turini psixologik maslahat amaliyotidan to'la yo'qotib 
ham bo'lmaydi yoki oldini olib ham bo'lmaydi. Bu yerda faqatgina mijozga bu har doim psixolog- 
maslahatchiga «haqiqatni va faqat haqiqatni» aytishi zarurligini eslatib turish mumkin, ya'ni o'z 
muammolari to'g'risidagi ma'lumotlar ishonchliligiga to'la ishongan ma'lumotlar va faktlarni aytishi 
zarur. Maslahatchi esa o'z navbatida mijoz bu haqida ilgari gapirganligi va psixolog-maslahatchida ba'zi 
sabablarga ko'ra gumonlar paydo bo'lganligini aytib yana takrorlashini so'rab uni vaqti-vaqti bilan 
tekshirib turishi kerak. 

 
Psixolog-maslahatchi mijozdan olgan ma'lumotlari to'la bo'lmaganligi sababli yo'l 
qo'yiladigan xatolar. Bu juda ko'p yo'l qo'yiladigan xato. Chunki mijoz xohlaydimi yoki xohlamaydimi 
biron gapni esidan chiqarib qoldirishi mumkin. Psixolog-maslahatchi esa mijoz o'z muammosi 
to'g'risida unga to'la ma'lumot bermaganligini xatto bilmaydi. Ushbu xatoni ham esdan chiqarib 
qoldirishi ixtiyoriy bo'lmaganligi sababli psixolog-maslahatchi amaliyotidan to'la yo'qotib bo'lmaydi. 
Biroq bu xatolarni quyidagi, masalan, texnik uslub yordamida, dardini aytib berayotganida mijozdan 
vaqti-vaqti bilan o'zi va o'z muammosi to'g'risida gapirib berayotib biror-bir muhim narsani esidan 
chiqarib qoldirmaganligini so'rab kamaytirishga harakat qilsa bo'ladi. 

 
Mijoz to'g'risida va mijozdan barcha kerakli ma'lumotlarni olmay turib psixolog-
maslahatchining vaqtdan ilgari xulosa chiqarishga odatlanganligi sababli uning o'zi yo'l qo'yadigan 
xatolar. Psixolog- maslahatchi - u ham oddiy inson. Ko'pchilik kabi har doim ham xarakteri ijobiy 
bo'lmagan xususiyatlarga ega. Ular orasida, masalan, o'zi to'g'risida yuqori fikrda bo'lish, chidamsizlik, 
shoshqaloqlik va shunday xatolarni yo’zaga kelishiga sabab bo'luvchi boshqa kamchiliklari bo'lishi 
mumkin. Ularni mijozning holatiga qarab sezish va oldini olish mumkin. Agarda u psixolog-
maslahatchi taklif etgan xulosalar va echimlar to'g'riligiga shubhalansa, demak maslahatchi mijoz 
aytgan, balki hali aytishga ulgurmagan gaplarini barchasini e'tiborga olmay shoshilgan bo'ladi. Agarda 
mijoz barcha gapini aytib ulgurmagan va psixolog-maslahatchi ma'lum yechimga kelib bo'lganidan 
keyin o'z gapini davom ettirsa, bu psixolog-maslahatchi shoshilganini va u o'z qarorini qabul qilishni 
to'xtatib turishi hamda mijozni tinglashni davom ettirish kerakligini anglatadi. 

 
Psixolog-maslahatchiga aytilgan faktlarni u noto'g'ri tushunishi sababli yo'l qo'yiladigan 


xatolar. Bu xatolarning asosiy sababi psixolog-maslahatchining maslahat o'tkazishda amaliy 
tajribasining yetishmasligi hamda mijoz dardini aytishi paytida uning e'tiborsizligi yoki tushunmasligi 
(ba'zan shunchaki esdan chiqarib qo'yish) dan iborat bo'ladi. Psixolog-maslahatchining unga aytilgan 
hech bir gapni esdan chiqarmay mijozni diqqat bilan tinglash odatini o'zida ishlab chiqishi shunday 
xatolar yo’zaga kelishi oldini olishning yagona usuli hisoblanadi.
Muhokama qilinayotgan xatolar guruhiga kiruvchi ba'zi odatiy xatolar turlari mavjud. Ular 
quyidagilar: 


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə