Seminar mashg’ulotlari mavzulari


E’tibor qaratish.O’tmish - hozir – kelajak



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/62
tarix16.02.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#100861
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62
4 KURS MASLAXAT SEMINAR BARCHA MAVZULAR

E’tibor qaratish.O’tmish - hozir – kelajak
.Ya’ni psixolog konsultant mijoz muammosi 
qachonga qaratilganiga e’tibor qaratishi lozim ekan. O’tmishgami, bugungi kungami yoki mijoz 
kelajakda yo’zlashishi mumkin bo’lgan masalalarni o’ylab g’am chekayotganini tahlil qila olishi kerak. 
Psixologik muammoning qay zamonga qaratilganini aniqlash uni hal qilish jarayonini osonlashtiradi. 


2.
 
Strukturalashganlik. 
Bunda psixolog konsultatsiya jarayonida barqarorlik hamda o’zaro 
uyg’unlikka eriasha olishi muhim. Ya’ni psixologik masalahat chog’ida mijoz boshqa mavzularga o’tib 
ketmasligi hamda psixolog bilan o’zaro uyg’unlikda ish olib borilishini ta’moinlay olishi 
darkor.Barqaror ( uyg’unlik) 
3.
 
Refleksivlik (tasdiqlash).
Psixologik maslahatning eng muhim hamda mas’uliyatli 
shartlaridan sanaladi. Bunda psixolog konsultatnt mijoz muammosini mustaqil anglashi hamda o’zi hal 
qila olish darajasiga olib chiqa olishiga erishishi talab etiladi. Psixologik maslahatlar texnikasi deganda, 
psixolog maslahatchi maslahatning u yoki bu amallari doirasida harakat qilib, psixologik maslahat har 
bir bosqichlarida mana shu amallarni bajarish uchun foydalanadigan maxsus uslublari tushuniladi. Bu 
texnika psixologik maslahatlar barcha bosqichlarida bir hilda muvaffaqiyat bilan qo'llaniladigan 
universal, psixologik maslahatning u yoki bu, xususan bir bosqichi uchun mos keladigan o'ziga xos 
texnikasi bo'lishi mumkin. 
Psixolog-maslahatchi taklif etayotgan maslahat va tavsiyalari mijozga to'la tushunarli bo'lishi 
hamda mijoz ulardan muvaffaqiyatli foydalanishi, istalgan natijaga erishishi uchun maslahat va 
tavsiyalarni ifoda etishda psixolog-maslahatchi quyidagi qoidalarga amal qilishi kerak: 
1-qoida
Mijozning muammosini amaliy hal etish bo'yicha maslahat va tavsiyalarni ifoda 
etishda dardini tushuntirishda bo'lgani kabi unga yagona bir emas, balki iloji boricha turli maslahat va 
tavsiyalar berishi kerak. Bu bir muammoni hal etish turli usullari, shartlarni bajarish va har xil 
harakatlarni amalga oshirishni talab etishi bilan bog'liqdir. Ulardan ba'zilari turli sabablarga ko'ra mijoz 
bajara olmaydigan bo'lishi mumkin. Bu esa kerakli tavsiyalarning amaliy ta'siri samarasini ancha 
pasaytiradi. Misol uchun psixolog-maslahatchi mijozga katta iroda kuchi va boshqa qator shaxsiy 
sifatlarni talab etuvchi xulq usulini tavsiya etishi mumkin. Bu sifatlar esa ushbu mijozda nisbatan bo'sh 
rivojlangan bo'lishi mumkin. Shunday holatda unga berilgan maslahat tavsiyalar amaliy foyda keltirishi 
va yetarlicha samara keltirishi qiyin bo'ladi. Yoki boshqa bir misol. Psixolog-maslahatchining mijozga 
bergan maslahati unda ko'p bo'sh vaqt bo'lishini talab etadi. Mijozda esa bo'sh vaqt bo'lmaydi. Umumiy 
holatda mijozga taklif etilayotgan, uning muammosini hal etish turli usullari soni ikki yoki uchta 
bo'lishi va bu barcha usullar mijozning mavjud hayot sharoitlarini, uning imkoniyatlarini hamda 
individual psixologik xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Muammoni hal etish taklif etilayotgan 
usullari soni mijoz ulardan o'zini qoniqtirmaydigan va unga to'la mos k eladiganini tanlay oladigan 
bo'lishi kerak. Mana shu sababli psixolog-maslahatchi mijozga tavsiyalarni taklif etishni boshlashidan 
oldin, shaxs sifatida mijozni yaxshi bilib olishi lozim. Mana shu holatlar uchun ham mijoz bilan amaliy 
ishlar olib borish jarayonida psixolog-maslahatchiga mijoz shaxsini umumiy psixologik diagnostika 
qilishga yordam beradigan qo'shimcha maslahatlarni berib o'tamiz.
Mijozning shaxsi va uning psixologik holati to'g'risida quyidagi belgilari bo'yicha fikr yuritish 
mumkin: 


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə