Seminar mashg’ulotlari mavzulari



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/62
tarix16.02.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#100861
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62
4 KURS MASLAXAT SEMINAR BARCHA MAVZULAR

 

 
Nazorat va faollik darajasini rejalashtirish:
Konsultatsiyani samarali yakunlanishida psixologning 
nazorati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ba’zan patsientlar psixologik muammolarini ayta turib boshqa 
mavzularga og’ib ketishi, yoki oraga kerakmas gaplarni qo’shib konsulatsiya jarayonini cho’zib yuborish mumkin. 


Shunday noqulay holatlarni oldini olish uchun ham psixolog nazorat qilib turishi lozim bo’ladi.
 

 
Konsultatsiyaning o’rtasi
:Ushbu qisim konsultatsiya jarayonining kulminatsion nuqtasi bo’lib, 
bunda psixolog quyidagilarga amal qilishi lozim:To’g’ridan-to’g’ri oydinlashtirish;Bunda psixolog mijozni to’g’ri 
tushunganini tekshirish uchun u aytayotgan axborotlarni to’gridan to’g’ri oydinlashtirib olishi zarur bo’ladi. 
Konsultatsiyaning oxirida esa psixolog patsientga yopiq savollar bilan murojaat qilib, unda to’g’ri qarash 
shakllanganini tekshirishi kerak. 

 
Konsultatsiyaning yakuni
:Konsultatsiya yakunida suhbatni umumiylashtirish talab etiladi. Bundan 
tashqari konsultatsiya so’ngida patsientdan psixolog maslahati uni qoniqtirganini so’rash, joiz bo’lsa, amaliy 
professional tavsiyalar berish, shu bilan birga ehtiyoj bo’lsa, keying konsultatsiya vaqtini belgilab olish darkor. 
Umuman olganda, psixologik maslahat jarayonini yaxlit holda, psixolog maslahatchi o’z malakasini 
namoyon qiluvchi, mijozga kerakli maslahat va ko’makni beruvchi murakkab jarayon deyish mumkin. Chunki 
psixolog maslahatchi tomonidan mijozga nisbatan ozgina noto’g’ri yondashuv ham uning samaradorligini tushirib 
yuborishi mumkin. Bu esa kelajakda mijoz shaxsiy hayotida ham salbiy oqibatlarga olib kelishi muqarrar. Shunday 
ekan, psixolog konsultatsiyaning har bir bosqichida ham sezgirlikni yo’qotmay, o’z mahoratini namoyon qilishi 
maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə