Seminar mashg’ulotlari mavzulari



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/62
tarix16.02.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#100861
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62
4 KURS MASLAXAT SEMINAR BARCHA MAVZULAR

Maxfiylik, anonimlik
Psixologik maslahat jarayonining asosiy shartlaridan biri maxfiylik, anonimlikdir. 
Bu mijoz tomonidan berilgan har qanday ma’lumot, axborot uning roziligisiz biror davlat, jamoat tashkiloti, 
jismoniy shaxs, shu jumladan, qarindoshlar yoki do’stlarga berilmasligini anglatadi. Ayrim mamlakatlarda bu 
qoidaga kiritiladigan va doimo avvaldan mijoz ogohlantiriladigan bir istisno mavjud. Misol uchun psixolog qabul 
jarayonida mijozning biror kishi yoki jamiyat hayotiga jiddiy xavf tug’diradigan xatti-harakatni amalga oshirishni 
maqsad qilganidan xabar topishi mumkin. Biroq shunday hollarda ham o’ta ehtiyotkorlik va mijoz manfaatlarini 
hisobga olgan holda harakat qilish tavsiya etiladi. 
Shaxsiy va kasbiy munosabatlarni farqlash
Amaliyotda tajribali va professional mutaxassislarning 
mijozlar bilan o’ta do’stona munosabatga o’tib, yoki qarindosh-urug’lari, do’stlariga yordam ko’rsatish maqsadida 
“tuzoqqa tushib” qolganlariga misollar ko’p. Bu yo’l mutaxassisning bashoratchi emasligi va yaqinlarga beriladigan 
tavsiyalarning tez qadrsizlanib qolishi bilangina emas, balki quyida aytib o’tiladigan boshqa sabablarga ega ekanligi 
bilan ham xavflidir. 


Psixoterapiyada bemorlar bilan ish olib borishda qo’llanadigan ikki muhim tushuncha mavjud: 
a)
“ko’chirish”.
Bu mijoz, patsientning turli kishilar bilan bo’lgan munosabati xususiyatlari, asosiy 
muammo va nizolarini psixoterapevtga ko’chirishga moyilligini anglatadi; 
b)
“aksilko’chirish”.
Bu esa psixoterapevtning har xil insonlar bilan bo’lgan muomala-munosabati 
xususiyatlari, ichki muammo va nizolarini mijozda ifodalashga intilishidir. 
Psixoanalizga Z.Freyd tomonidan kiritilgan mazkur tushunchalar
hozirgi kunda psixoterapiyaning turli 
yo’nalishlarida keng qo’llanmoqda. “Ko’chirish” va “aksilko’chirish” har qanday insoniy, hatto psixoterapiya 
doirasida mijoz va mutaxassis o’rtasidagi o’ziga xos munosabatlarning ham ichki shaxsiy ehtiyoj hamda xohishlar 
natijasida yo’zaga kelishini va ko’pincha inson ularni anglamasligini bildiradi. Bundan tashqari, hatto professional, 
tajribali psixoterapevt ham “aksilko’chirish” qarshisida ba’zan ojiz qoladi. Aynan boshlovchi psixoterapevtlar o’z 
holatlari hamda shaxsiy va shaxslararo fenomenlarni boshqarish, tushunishlari uchun dastlab muayyan tajribali 
mutaxassis (supervizor) nazorati ostida ishlagan bo’lishlari, hissiyotlari tahlili borasida muayyan ko’nikmaga ega 
bo’lishlari talab etiladi. 
Psixologik maslahat jarayonida ham mazkur fenomenlar u yoki bu darajada ishtirok etishi mumkin. Biroq 
maxsus va chuqur tayyorgarlikdan o’tmagan shaxs (mutaxassis)ning ushbu murakkab hodisalar bilan samarali ish 
olib borishini, muammolarni to’liq bartaraf etishini kutish qiyin. Mijoz psixolog to’g’risida kam ma’lumotlarga ega 
ekanligi, psixologni ayblashi, qoralashi yoxud unga qoyil qolishi borasida hozircha biror asosga ega emasligini 
bilishning o’ziyoq mutaxassisda o’z obro’sini oshirishga ma’lum darajada imkon yaratadi. Psixolog va mijoz 
o’rtasida yaqin shaxsiy munosabatlar o’rnatilishi ularning yaqin insonlar sifatida bir-birlari muayyan ehtiyoj va 
xohishlarini qondirishlarini bildiradi, bu esa mijoz muammolarini samarali hal qilish kerak bo’lgan xolisona va 
ob’ektiv pozitsiyaga putur yetkazadi. 
Bir necha o’n yillar oldin xorijda mijoz va mutaxassis psixolog- mutaxassis (psixoterapevt va patsient) 
o’rtasidagi chuqur shaxsiy, do’stona (shu bilan birga intim) munosabatlarning oqibatlari hamda ularning terapiya
maslahat jarayoni natijasiga ta’siri xususida ancha- muncha munozaralar bo’lib o’tgan edi. Bu borada turli-tuman 
nuqtai nazarlar bayon qilindi. Umumiy xulosa esa quyidagicha bo’ldi: iloji boricha mutaxassis va mijoz orasidagi 
munosabatlarning har qanday ko’rinishdagi chuqurlashuvidan qochish kerak, shunday holat yo’z bergan taqdirda esa 
o’ta ehtiyotkorlik bilan, mijoz manfaatini ko’zlagan holda ish tutish va imkon qadar tezroq psixoterapiya yoki 
psixologik maslahat jarayonini yakunlash lozim (Dahlberg C.C., 1973). 
Yuqorida qayd etilgan tamoyillar turli xorijiy davlatlararo psixologning etikivay tamoyillariga mos keluvchi 
normalar majmuasidir. Psixolog konsultant o’z faoliyati jarayonida ushbu tamoyillarga amal qilishi, birinchidan 
psixologik maslahatning samaradorligini oshirsa, ikkinchidan, uning kasbiy malakasini ham namoyon etadi. 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə