Seminar mashg’ulotlari mavzulari


Mijoz qadriyatlari va me’yorlarini hisobga olish



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/62
tarix16.02.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#100861
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62
4 KURS MASLAXAT SEMINAR BARCHA MAVZULAR

Mijoz qadriyatlari va me’yorlarini hisobga olish
Ushbu tamoyil psixologning jamiyat tomonidan qabul 
qilingan emas, balki mijoz tomonidan o’zlashtirilgan xulq-atvor me’yorlari, ideallariga, dunyoqarashi, qadriyatlariga 
e’tibor qaratishi zarurligini bildiradi. Samarali psixologik ta’sir mutaxassisning mijoz qadriyatlarini hisobga olgan, 
tushungan vaziyatdagina amalga oshirilishi mumkin; ularga nisbatan tanqidiy munosabat qabulga kelgan kishining 
o’zini o’ng’aysiz sezishiga, “qobig’i” dan chiqmasligi, ochiq va samimiy bo’lmasligiga, shu tariqa psixologik 
maslahat jarayoni natijasining barbod etilishiga sabab bo’ladi. Qayd etish kerakki, mijoz qadriyatlari kishining 
risoladagi shaxs sifatida faoliyat yuritishiga xalal berayotgan paytdagina psixolog ularga alohida e’tibor qaratishi va 
hurmat bilan munosabatda bo’lgan holda mijozga ta’sir o’tkazishda foydalanishi mumkin. 
Maslahat bermaslik
Mijozlarga (garchi jarayon ko’pincha psixologik maslahat, maslahat deb atalsa-da) 
maslahat berish tavsiya etilmaydi. Bunga asos va sabablarni doimo yetarlicha topish mumkin. Eng avvalo
psixologning yoshi va hayotiy tajribasi qay darajada bo’lishidan qat’i nazar, birovlarga natijasi kafolatlangan 
maslahat berishning iloji yo’q: har bir insonning hayoti o’ziga xos va uni oldindan bilib bo’lmaydi. Boz ustiga
maslahat berayotib, psixolog barcha mas’uliyatni o’z zimmasiga olgan bo’lib chiqadi, bu esa mijozning shaxs 
sifatidagi rivoji va atrofdagi hamda bo’lib o’tayotgan voqea-hodisalarga nisbatan adekvat munosabatda bo’lishiga 
to’sqinlik qiladi. Mazkur vaziyatda psixolog o’zini rahnamo sifatida tutadi, bu mijozning o’z hayotini tahlil qilish va 
uni o’zgartirishga intilishidan ko’ra, voqea-hodisalarga sust va yo’zaki munosabatda bo’lishiga olib keladi. Shu bilan 
birga maslahatga amal qilingandagi har qanday muvaffaqiyatsizlik odatda psixolog chekiga yoziladi, natijada bu 
mijozning sodir bo’layotgan voqealardagi o’z rolini tushunmasligiga olib keladi. 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə