Seminar mashg’ulotlari mavzulari



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/62
tarix16.02.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#100861
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62
4 KURS MASLAXAT SEMINAR BARCHA MAVZULAR

2.
 
Ko’pchilik kasblarning mutaxassislar albatta rioya etishlari shart bo’lgan tamoyil va shartlari 
mavjud.
Misol uchun ko’pchilik mamlakatlarda professional mutaxassislar faoliyatini belgilash maqsadida 
psixologning axloqiy kodeksi (Ethical Principles of Psychologists, 1981) amal qilib kelmoqda. Kishilarga psixologik 
ta’sir ko’rsatish sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar uchun bu talablar yanada jiddiy bo’lib, mazkur 
me’yorlar amaliyotchi psixologlar zimmasiga anchagina mas’uliyat yuklaydi (Specialitu Guidelines for the Delivery 
of Services by Counseling Psychologists, 1981). Psixologik amaliyot mobaynida yo’zaga kelishi mumkin bo’lgan 
ma’naviy va axloqiy muammolar, savollarga doim bir xil qolipda javob berishning imkoni yo’q. Psixologik maslahat 
va psixoterapiyaning axloqiy tamoyillari to’g’risida ko’p va xo’b yozilgan, tom-tom kitoblar nashr qilingan bo’lib, 
ularda muayyan vaziyatlarda mutaxassis, psixolog o’zini qanday tutishi lozimligi borasida aniq tavsiyalar keltirilgan. 
Kasbiy tamoyillar va talablarga rioya qilmaslik ayrim mamlakatlar (masalan AQSh)da psixologning diplomidan 
ayrilishi, mutaxassis sifatida faoliyat ko’rsatish, psixologik amaliyot bilan shug’ullanish, o’z xizmatlarini taklif 
qilish huquqlaridan batamom mahrum bo’lishiga olib keladi. 


Mijozga nisbatan xayrixoh va beg’araz munosabat
Mazkur ta’rifda mijoz o’zini qabul vaqtida erkin va 
qulay sezishi uchun mutaxassis amalga oshirishi, namoyon etishi zarur bo’lgan kasbiy, professional xulq-atvor 
xususida so’z bormoqda. Mijozga xayrixoh munosabatda bo’lish umumqabul qilingan xulq-atvor qoidalariga rioya 
qilishnigina emas, balki diqqat bilan eshita olish, zaruriy psixologik yordam ko’rsatishni ham nazarda tutadi. Shu 
bilan birga psixolog maslahat, yordam so’rab kelgan kishini muhokama qilish emas, tushunish, unga 
ko’maklashishga harakat qilishi lozim. 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə