Seminar mashg’ulotlari mavzulari



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/62
tarix16.02.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#100861
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62
4 KURS MASLAXAT SEMINAR BARCHA MAVZULAR

Nazorat savollari:
1.
Psixologik muammoning o’ziga xos xususiyatlarini aytib bering. 
2.
N.I. Kazlov modeliga ko’ra psixologik muammo tasnifi qanday? 
3.
Psixologik muammoni umumiy tarzda qanday guruhlarga ajratish mumkin? 
4.
erkaklar va ayollar o’rtasidagi munosabatlar natijasida yo’zaga kelishi mumkin bo’lgan psixologik 
muammolarni sanang. 
5.
Shaxslilik bilan bog’liq psixologik muammolar qatoriga qaysi muammolarni kiritish mumkin? 
6.
Pattersen va Velfel (1994-y) psixolog konsultant faoliyatining muvaffaqiyatli bo’lishida qanday 
sifatlarga ega bo’lishi kerak deb hisoblagan? 
7.
Kormier (1998-yil) muvaffaqiyatli konsultantda bor sifatlar deya qaysi xususiyatlarni talqin etgan? 
8.
Foster va Guy konsultant shaxsiga qanday talablar qo’ ygan? 
9.
Sizningcha, psixolog konsultant qanday sifatlarga ega bo’lishi kerak? 
Amaliy topshiriq
Nargiza 26 yosh. Ota-onasi yoshligida ajrashib ketgan. Ajrimning sababi xiyonat. Nargiza doim qarshi jins 
bilan munosabatlar o’rnatishga qiynaladi. O’rinsiz rashk tufayli har doim munosabatlari baxtsiz yakun topadi. 
Ushbu psixologik muammoni N.Kozlov psixologik modeli asosida tahlil eting hamda uning yechish 
yo’llariga oid takliflar bering. 
3-MAVZU. KONSULTATIV YORDAM TAMOYILLARI
Reja:
1.
Psixologik maslahatning asosiy maqsadi 
2.
 
Konsultativ yordam tamoyillari tasnifi 


3.
 
Psixologik maslahatda kasbiy-etikaviy tamoyillar 
Tayanch tushunchalar: 
maslahat bermaslik, mahfiylik, psixoterapiya, supervizor, qadriyatlar, beg’araz 
munosabat, psixologik yordam. 
1.
 
Psixologik maslahatning asosiy maqsadi 
- psixologik yordamni ko’rsatish, ya’ni psixologning kishi 
bilan suhbati mijoz muammolarini hal qilishi va shaxslararo munosabatlarini bir maromga solishi lozim.Biroq, bu 
yordam qanday shaklda, qay ko’rinishda amalga oshirilishi xususidagi savolga javob berish uchun psixolog 
konsultant faoliyati jarayonida amal qilishi lozim bo’lgan tamoyillarni yaxshi o’zlashtirgan hamda amaliyotda 
qo’llay olishi muhimdir. Psixologik maslahat muvaffaqiyati ko’pincha psixolog mijozni qanday eshitganligi va 
uning o’z hamda ayni paytdagi holati to’g’risidagi tasavvurlarini qay darajada o’zgartirganli-giga bog’liq bo’ladi. 
Ko’zatishlarimizga qaraganda, psixolog mutaxassisga yordam uchun murojaat qilayotgan ko’pchilik insonlarning 
asosiy muammosi shundaki, ular biror kishi bilan o’zlarini qiynayotgan muammolar borasida ochiqdan-ochiq 
gaplasha olmaydilar. Shuning uchun psixolog konsultantning uni diqqat bilan eshitishi va tushunishga tayyorligining 
o’ziyoq kishi uchun katta ahamiyatga ega hamda bu muayyan ijobiy o’zgarishlarni yo’zaga keltiradi. Maslahat 
jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan yana bir muhim holat bor. Bu mijozning unda sodir bo’layotgan barcha 
o’zgarishlar uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishidir. 
Maslahat jarayonida mijozning shikoyatlari asta-sekin boshqalardan o’ziga qaratilishiga erishish kerak. 
Buni amalga oshirmasdan turib, boshqa biror muhim natijani o’ylamasa ham bo’ladi. Inson atrofida bo’layotgan 
voqea-hodisalarda o’z ishtiroki va aybini his qilgan holdagina vaziyatni o’zgartirishga harakat qilishi mumkin, aks 
holda u ko’makni boshqalardan, chetdan kutib qolaveradi. 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə