Seminar mashg’ulotlari mavzulari



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/62
tarix16.02.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#100861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
4 KURS MASLAXAT SEMINAR BARCHA MAVZULAR

Ilmiy nuqtai nazar
psixologik xizmatning metodologik muammolarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu 
yo’nalish ijrochilarining asosiy funksiyasi psixologik xizmat ishida psixodiagnostik, psixokorrektsion va 
rivojlantiruvchi metodlarni ishlab chiqish va nazariy asoslashga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarni o’tkazishdan 
iborat. 
Tashviqot nuqtai nazari
odamlarning psixologik bilimlardan foydalanishini nazarda tutadi. 
Psixologik xizmatning amaliy nuqtai
nazarini psixologlarning amalga oshiradigan ishlari tashkil etadi. 
Hozirgi bosqichda psixologik xizmat faoliyatining 2 yo’nalishi: 
dolzarb va kelajak
yo’nalishlari mavjud.
Dolzarb yo’nalish
insonlar hayotidagi qiyinchiliklar, ular hulq-atvori, muloqotidagi og’ishlar, 
muammolarni hal qilishga qaratilgan. 
Kelajak yo’nalishi
esa har bir insonning individuallgini rivojlantirishga, jamiyatda yaratuvchanlik hayotiga 
psixologik tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan. Ikki yo’nalish ham bir-biri bilan bog’liq. 
Psixologik xizmatning maqsadi
- shaxsning har tomonlama shakllanishi, rivojlanishi, samarali 
ijtimoiylashuvi va moslashuvi, rivojlanishining barcha yosh davrlarida psixologik salomatligini muxofaza qilish 
uchun psixologik-pedagogik shart-sharoit yaratishdan iborat. 
Psixologik xizmatning vazifalari:

har bir shaxsning individual xususiyatlari, qiziqishlari, layoqat va qobiliyatlariga muvofiq 
rivojlanishida uning psixologik imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish

shaxsning intelektual, shaxsiy, ijtimoiy rivojlanishidagi og’ishlami o’z vaqtida aniqlash, to’zatish va 
oldini olish; 

odamlarning shaxsiy qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlari, salomatligini inobatga olgan holda 
psixologik yordam ko’rsatish; 

oilalarda sog’lom psixologik iqlimni saqlash, kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarning eng maqbul 
yechimlarini topish; 

shaxsning oilada va jamiyatda moslashuvi, ijtimoiylashuvi muammolari bo’yicha ota-onalar yoki 
qonuniy vakillarning samarali hamkorligini ta’minlash; 

shaxsni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish, ularning huquq va 
manfaatlarini ximoya qilish; 

joylarda sog’lom psixologik muhitni tarkib toptirish maksadida psixologik ko’zatish va qo’llab-
quvvatlash. 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə