Seminar mashg’ulotlari mavzulari



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/62
tarix16.02.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#100861
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
4 KURS MASLAXAT SEMINAR BARCHA MAVZULAR

4
 
.Tavsiya bosqichi:
Mazkur bosqichda psixolog, psixoterapevt avvalgi bosqichlardagi patsient va 
uning muammosi haqidagi ma’lumotni to’plash asosida u bilan hamkorlikda muammoning yechimiga taalluqli 
amaliy tavsiya ishlab chiqadi. Ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalarni qo’llash yo’zasidan barcha detallar qadam 
baqadam aniqlanadi, tushuntiriladi. Bu bosqichda o’rtacha 40 daqiqadan bir soatgacha vaqt sarflanadi. 
5
 
.Nazorat bosqichi:
Ushbu bosqichda klientga taqdim etilgan tavsiyalar va amaliy ko’rsatmalarga 
qanday amal qilayotganligi nazorat qilinadi. Psixolog/ psixoterapevt va patsient natijalarning tahlil qilib, kelgusi 
uchrashuv haqida (agar keying seansga ehtiyoj bo’lsa) kelishib olinadi. Bu bosqich uchun o’rtacha 20-30 minut 
sarflanishi mumkin. 


Konsultatsiya bosqichining mazmuniy jihatlari
Konsultant-psixolog uchun konsultatsiya jarayoni majoziy ma’noda uning kasbiy mahoratini namoyish 
qiladigan sahna deyish mumkin. Konsulatsiya oldiga qo’yilgan maqsadga erishsh uchun uning mazmuniy jihatlariga 
alohida e’tibor qaratish lozim.Psixolog patsient bilan tanishib olgandan so’ng psixolog ixtiyorida mavjud vaqt 
haqida ma’lumot berishi lozim bo’ladi. 
Bunda psixolog quyidagilarga alohida ahamiyat qaratishi darkor: 

Verbal hamda noverbal rag’batlantirish
; ya’ni psixolog mijozni tinglayotganini “qulog’im 
sizda”, “sizni eshityapman”, “ho’sh, keyin nima bo’ldi” kabi jumlalar bilan unga empatiya hissi bildirayotganini 
ko’rsatib turishi kerak. Psixolog nutqida ishlatayotgan so’;zlar, savollar tabiiy chiqiqshi, natijada, patsient o’zini 
qiynayotgan psixologik muammoni to’laligicha unga ayta olishi muhimdir. Shu bilan birga psixolog konsultatsiya 
jarayonida faqat verbal muloqot bilan cheklanib qolmasdan noverbal signallardan ham samarali foydalanishi 
muhimdir. Buni psixolog patsientga boshi orqali gaplarini tasdiqlash yoki ko’zlarini patsient ko’zlariga qaratib uni 
tinglayotgani ifodasini ko’rsatish orqali amalga oshiradi. 


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə